Urologiya va nefrologiya kafedrasi

Urologiya va nefrologiya kafedrasi:
Gaybullaev Asilbek Asadovich 
T.f.d. professor, kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 11:00 – 14:00
Telefon:  +998 93 631-30-36   
E-mail:  gaybullaiev52@mail.ru



      Gaybullaev Asilbek Asadovich

       Olim. Tibbiyot fanlari doktori, professor.Shifokor-urolog. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti  Urologiya va nefrologiya kafedrasi mudiri. (ToshVMOI).

    1952yil 20 aprelda Toshkent shaxrida tug‘ilgan. 1975 yili Toshkent Davlat Tibbiyot institutini davolash fakultetini tamomlagan.

     1975 yildan 1976 yy. TDTI normal anatomiya kafedrasida faoliyat yuritgan. 1976 – 1979 Toshkent shaxar 1 №  klinik shifoxonasi urologiya bulimida ordinator shifokor.  1979 yildan xozirgi vaktgacha ToshVMOI urologiya va nefrologiya kafedrasida ishlab kelmokda. 1985 yili «Diagnostika i lichenie kriptorxizma»  Tibbyot fanlar nomzodligi dessertatsiyasini yoklagan. 1989 dan 1992 yy. Rossiya Federatsiyasi SSV ITI urologiyasida doktorantura utagan. 1992 yili akademik N.A Lopatkin kul ostida «Estrogenizatsiya mujskogo organizma prirodnыmi garmonami» mavzusda doktorlik dissertatsiyasini yoklagan. 1990  yildan ToshVMOI urologiya va nefrologiya  kafedrasi mudiri. 1989 dan 2001 yy da UzR  Urologlari Ilmiy Jamiyati raxbari bulib faoliyat yuritgan. 1990 yildan UzR  Toshkent shaxar bosh urologi. 2003 yildan Yevropa Urologlar Assotsatsiyasi faxriy azosi. 2005 dan 2010 yy. UzR SSV bosh urologi. Professor Gaybullaev A.A  UzR urologlari  ilmiy anjumani tashkilotchisi va aktiv katnashchisi.  Professor Gaybullaev A.A. Yevropa Urologlar Assotsiatsiyasi xar yilgi Kongreslarida katnashib keladi. 144 ilmiy makola, 4 monografiya, 12 metodik kullanma  muallifi. Prof Gaybullaev A.A kul ostida 9 ta kandidatlik dissertotsiyasi  yoklangan,  ximoya uchun 2 ta doktorlik dissertotsiyasi tayyorlangan. Professor Gaybullaev A.A UzR SSV tomonidan  tasdiklangan  urologik kasalliklar diagnostikasi va davosi standartlari  muallifi.

    2009 yildan  A.A. Gaybullaev  « akad B.U.Djarbusыnov nomidagi Kozogiston Urologiya Ilmiy Markazi» faxriy professori.

    Professor A.A. Gaybullaev kul ostida kafedrada yangi dars berish uslublari kiritilgan,  monotematik tsikllar tashkil etilgan, dars berish jarayonida Yevropa Urologlar Assotsiatsiyasi  va Amerika  Urologlar Assotsiatsiyasi  materiallaridan foydalaniladi. 2004 yildan UzR  birinchilardan bulib  kafedrada masofadan ukitish tsiklini tashkillashtirgan.

     Professor A.A.Gaybullaev uzini pedagogik faoliyati bilan birgalikda Uzbekistonda dolzarb muammo bulgan siydik yullari infektsiyasi, siydik tutolmaslik va siydik tosh kasalligi mavzusida ilmiy ishlar olib boradi


Kafedra xakida maʻlumot.

Dotsent Igron Samuil Markovich  (1891-1963)

 Kafedra mudiri 1938-1941,  1946-1952

1938-1941 yildan urologiya klinikasi dotsenti. 1939 yilda dotsent unvoni berildi.

1938-1941 yildan ToshVMOI direktorii  Ulug Vatan urushi davrida (1941-1945yy) evakogospital boshligi bulib ishladi. 1946 yildan – 1952 yilgacha ToshVMOI urologiya klinikasi dotsenti. 1953 yil Toshkent Meditsina Instituti urologiya klinikasi assistenti, keyinchalik dotsenti.

d.m.n. Frakman Elizar Abramovich (1896-1978)

Kafedra mudiri  1952-1955

1924 yilda Urta-Osiyo Davlat dorilfununining meditsina fakultetini bitirdi. 1924-1926 yillarda Samarkand Davlat dorifununini teri-tanosil kasalliklari klinikasida ordinator lavozimida ishladi vash u yerda urologiya fanini urgana boshladi. 1927-1930 yillarda Toshkntdagi teri-taʻnosil kasalliklari dispanserining urologiya bulimii mudiri lavozimida ishladi. Keyinchalik professor N.S.Pereshivkin raxbarlik kilgan Toshkent Meditsina instituti urolgiya klinikasi ordinatori, 1932 yildan shu klinika assistenti. 1936 yili E.A.Frakman t.f.n. ilmiy darajasini oldi. 1939 yilda ToshMI urologiya klinikasi dotsenti.

d.m.n. Koysman Asir Abramovich (1919-1971)

 Kafedra mudiri  1961-1971

1942 yilda 1-chi Kiev meditsina institutining davolash fakultetini tugatib Sovet Armiyasiga xizmatga chakirildi va 1961 yilga kadar xizmat kildi. 1953 yildan 1961 yilgacha 340 sonli xarbiy gospitalda urologiya bulimii mudiri lavozimida ishladi. 26 fevral 1961 yilda ToshVMOI urologiya kafedrasining vaktincha mudirlik vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlanadi. 1951 yilda «Kovuk yopik shikastaligining klinikasi va davolash usullari» degan mavzuda kandidatlik dissrtatsiyasini ximoya kildi. 1963 yilda dotsent lavozimiga tayinlandi.

Professor Muxtarov Odil Muxtorovich (1928-1988)

 Kafedra mudiri 1972-1988

1949 yil ToshMI ning davolash fakultetini tugatdi. 1949 yildan 1951 yilgacha meditsina institutining fakultet jarroxlik kafedrasi urologiya kursida ordinator bulib ishladi. 1953-1964 yillarda ToshMI normal anatomiya kafedrasida aspirant, keyinchalik assistent bulib ishladi. 1963 yilda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kildi. 1965 yildan SSSRdagi yirik Lenin ordenli II Moskva Davlat meditsina institutining urologiya klinikasida ishladi. 1970 yilda O.M.Muxtorov «Utkir yiringli pielonefrit» degan mavzuda doktor dissertatsiyasini ximoya kildi.

        1972 yilda O.M.Muxtorov ToshVMOI urologiya kafedrasining mudiri etib saylandi. 1988 yil 30 martgacha shu lavozimda ishladi. Professor O.M.Muxtorov raxbarligida 130dan ortik ilmiy ishlar chop etildi, shu jumladan 4 ta monografiya, 15 tomli Uzbekiston Sovet Entsiklopediyasida 50ta ilmiy makolalar. O.M.Muxtorov raxbarligida 1-ta doktorlik va 4 nomzodlik dissertatsiyalari ximoyaga tayerlangan edi. 16 yil davomida professor O.M.Muxtorov Uzbekiston urologlar ilmiy jamiyatining raisi, xamda butunittifok urologlar ilmiy jamiyatining rais muovini bulib ishladi.

      U «Urologiya va nefrologiya», «Uzbekiston meditsina jurnali», «Fan va turmush» jurnallarining taxririyat kengashining aʻzosi. Uzbekiston urologlarining I-II-III  jumxuriyat ilmiy anjumanlarining tashkilotchisi (1976,1980,1987).

Professor O.M.Muxtorov Uzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi.


Urologiya va nefrologiya kafedrasi:
Dadabaev Abdulvaxap Kadirovich
Tibbiyot fanlar nomzodi, dotsenti
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba  12:00 – 14:00
Telefon:  +998 90  176-17-18       
E-mail:  Dr_Dadabaev_@mail.ru


Urologiya va nefrologiya kafedrasi:
Otamurodov Xamid Mirzaevich
Tibbiyot fanlar nomzodi, assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba  12:00 – 14:00
Telefon:  +998 90 121-92-37
E-mail:  Ass_otamurodov@mail.ru


Urologiya va nefrologiya kafedrasi:
Abdurizaev Abdumalik Abdugaffarovich
Tibbiyot fanlar nomzodi, Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 12:00 – 14:00
Telefon:  +998 90 909-71-17  
E-mail:  Abdurizaev@mail.ru


Urologiya va nefrologiya kafedrasi:
Gaybullaev Odilbek Asilbekovich
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 99 821-08-65
E-mail:  dr.odilbek@mail.ru


Urologiya va nefrologiya kafedrasi:
Berdiboev Toxir Mansurovich
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Shanba  12:00 – 14:00
Telefon:    +998 90 320-57-58
E-mail:   takhir.berdibaev@mail.ru



Urologiya va nefrologiya kafedrasi:
Kuchkarov Azizbek Kaxramonovich
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Shanab 12:00 – 14:00
Telefon:  +998 90 327-64-34
E-mail:   dr.akk1988@mail.ru



I am text block. Click edit button to change this text. Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.