O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi

O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi:
Gofur-Ohunov Mirza-Ali Аliyarovich
T.f.d., professor, kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: (371) 273-04-39 &&  (+99890) 351-95-65
E-mail: drgofurohunov@gmail.com                      



MEHNAT FAOLIYATI

1974-1980 yy. – Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi

1980-1981 yy. – O‘zbekiston Onkologiya va radiologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi vrachi-interni

1981-1983 yy. – O‘zbekiston Onkologiya va radiologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi klinik-ordinator

1983-1986 yy. – SSSR tibbiyot fanlar akademiyasi, Butunittifoq onkologiya ilmiy markazida aspirant

1986-1987 yy. – O‘zbekiston Onkologiya va radiologiya ilmiy tekshirish instituti kichik ilmiy xodim

1987-1990 yy. – Toshkent Davlat tibbiyot instituti assistent

1990-1990 yy. – O‘zbekiston Onkologiya va radiologiya ilmiy tekshirish instituti  katta ilmiy xodim

1991-1992 yy. – Butunittifoq onkologiya ilmiy markazi (AMN SSSR) doktorant

1992-2001 yy. – O‘zbekiston Onkologiya va radiologiya ilmiy tekshirish instituti yetakchi ilmiy xodim, laboratorya mudiri

2001 y.x.v. –      O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Respublika onkologiya ilmiy markazi Umumiy va bolalar onkologiyasi bo‘limi raxbar

2000 y. –  h.v.  – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Onkologiya kafedrasining mudiri (o‘rindoshlik asosida)

Vrachlar malakasini oshirish institutining
«Onkologiya UZD kursi bilan» kafedrasi tarixi

       Kafedrа 1946 yili Тoshkent  Davlat  Тibbiyot  Institutining  klinikasida  professor L.D.Vasilenko tomonidan tashkil etilgan.

         Keyinchalik kafedraga аssistent B.N.Kalmikov (1949y), professor А.А.Epshteyn (1950-1952yillar), t.f.n. Т.Х.Hаsаnоv (1953y). Yuqorida ko’rsatilgan mudirlar оnkologiyani fan sifatida, vrach оnkologlarni yetishtirishda o’z hissalarini qo’shganlar.

      1959-1972 yillar professor B.L.Bronshteyn boshchiligida kafedra keng miqyosda o’quv аmaliyot ishlar bilan bir qatorda, ilmiy ishlar olib borilgan. B.L.Bronshteyn mohir pedagog va amaliy onkolog bo’lish bilan bir qatorda , u yirik ko’zga ko’ringan onkolog olim ham edi. Sobiq Ittifoqda birinchilar qatorida 1962 yilda «To’g’ri ichak saratoni» nomli monografiya chop etildi.

Kafedrada 10dan ortiq tibbiyot nomzodi va doktorlari tayyorlangan.

      1973 yildan 1986 yilgacha onkologiya kafedrasini professor V.G.Xodjayev boshqargan. V.G.Xodjayev Sobiq Ittifoq davridan bosh va bo’yin xavfli o’sma kasalliklarida regionar kimyoviy terapiya bilan davolashga asos slogan. U birinchilar qatorida ushbu usulni amaliyotga tadbiq etgan va uni boshqa usullardan afzallikka ega ekanligini ko’rsatib bergan.

       1987 yildan 2000 yilgacha onkologiya kafedrasiga professor A.A.Fozilov rahbarlik qilgan. 1988 yil kafedra ultratovush diagnostikasi kursi ochilgan. Shu yillar mobaynida kafedra pedagog va amaliy ishlar jadal sur’atlar bilan rivojlantirildi.

      Shu yillar mobaynida o’qish dasturlarida yangi mavzuiy sikllar tashkil qilindi. Ilmiy ishlarga e’tibor kuchaytirildi va 30dan ortiq vrach kandidatlik va doktorlik dissetatsiyalarini yoqladilar, 700dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi.

          2001 yildan onkologiya kafedrasini t.f.d. professor M.A.G’ofur-Oxunov boshchilik qilib kelmoqda. Shu yillar mobaynida kafedra ixtisoslashtirildi, mavzuiy sikllar dasturi qayta ko’rib chiqildi va qayta tasdiqlandi. Klinik ordinatorlar uchun o’quv dastur ishlab chiqildi, test savollari qayta ko’rildi va to’ldirildi. 2007 yilda kafedra qoshida qaytadan ultratovush diagnostikasi kursi tashkil qilindi. O’tgan davr mobaynida 15ga yaqin kishi kandidatlik dissertatsiyasi yoqladi.

Kafedraning hozirgi kuni

      Bugungi kunda 6 nafar tibbiyot fanlari doktori , 3 nafar tibbiyot fanlar nomzodi, 3 dotsent va 3 nafar kafedra assistentlari faoliyat ko’rsatmoqda.

       Kafedra hodimlarining ilmiy salohiyati 90%ni tashkil qiladi. Kafedraning har bir hodimi Toshkent shahar va viloyat o’sma kasalliklari dispanserining klinik bo’limlarini ilmiy va amaliy ishlarida faol ishtirok etadilar. Shu jumladan, bo’limlarda va maslahat poliklinikasida amaliy va ilmiy yo’nalishlarda faoliyat yuritadilar.

       Kafedra hodimlari amaliy pedogogik ishlar bilan birgalikda Respublikaning barcha viloyatlarda joylashgan viloyat onkologik dispanserlariga konsultativ amaliy yordam ko’rsatadilar.

         Oxirgi yillarda keng miqdorda kafedrada ishlab chiqilgan dastur asosida KVP va oilaviy shifokorlar bilan onkologik sezgirlikni oshirish borasida ish olib borilmoqda va mavzuiy malaka yo’lga qo’yilgan. Ushbu borada oxirgi 2 yil ichida 500 nafardan ortiq vrachlar o’qitilib, guvohnoma berildi.

          Kafedra hodimlari onkologiya amaliyotiga, bemorlarga zamonaviy tashxis qo’yish va davolash usullarini qo’llashda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, yo’g’on ichak, sutbezi, teri va suyak o’smalarida immunogenetik, molekulyar biologik, ginetik usullarni kassalarni barvaqt aniqlash, davolashda samaradorlikni baholash va monitoring o’tkazishni keng miqyosda qo’llanilmoqda.

        Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, O’rta Osiyo Davlatlari ichida birinchi bo’lib kafedra hodimlari ishtirokida inson papilloma virusi (HPV) bachadon bo’yni saratonida ayollarda aniqlandi.

2010-2015 yillarga mo’ljallangan ilmiy ishlar:

«Turli xavfli o’sma kasalliklarini barvaqt aniqlashda diagnostika va davolash usullarini».

        Ushbu dasturda suyak va yumshoq to’qima, sut bezi, oshqozon – ichak tizimi, ayollar jinsiy a’zolari xavfli o’smalarida diagnostikasida zamonaviy usullarni tadbiq qilish, uni samaradorligini oshirish va o’sma oldi kasalliklarini o’z vaqtida aniqlab davolash (ikkilamchi profilaktika), xavfli o’smalarini dastlabki boshqichlarida aniqlash maqsad va vazifalari yoritilgan.

        Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar doktorant onkologiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan ilmiy ishlarni olib bormoqdalar.

         Kafedraning ultratovush kursida oxirgi ikki yil ichida to’rtta mutahassislik sikli va ikkita tematik malaka oshirish kurslari o’tkazildi, 111 nafar kursantga guvohnoma berildi.

      Тоshkent vrachlar malakasini oshirish instituti onkologiya kafedrasi va ultratovush tekshiruv kursida «Ма’rifat va ma’naviyat» yo’nalishida salmoqli ishlar olib borilmoqda.

       Har bir o’tkazilgan sikllarda kursantlarga O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari to’g’risida ma’ruzalar olib borildi.

             Охirgi ikki yil ichida «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch», va «Jahon moliyaviy inqirozi O’zbekiston sharofatida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarlari kursantlar, doktorantlar va klinik ordinatorlar o’rtasida keng muhokama qilinmoqda. Kafedramizda ma’naviyat va ma’rifat burchagi qilingan bo’lib, president asarlari va tegishli adabiyotlar, na’munaviy ko’rgazmalar bilan jihozlangan.


O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi:
Muhamaminov Shuxrat  Karimovich
T.f.d. professor.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: +998 90 962 26 75
E-mail:


O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi:
Tadjibaeva  Yulduz Tadjibaevna                     
T.f.d. professor.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 98 312 19 12
E-mail:


O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi:
Abdihakimov Abdulla Nusratillaevich           
T.f.d. professor.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 90 919 51 42
E-mail:  abdikhakimov@list.ru 


O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi:
Mamadalieva Yashnar Mamasolievna
T.f.d. UZD kursi mudirasi
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: +998 90 345 03 66
E-mail:


O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi:
Abdurahmanov Kamil Fazilovich          
T.f.n. Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 90 960 97 57
E-mail:


O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi:
Mirzamuhamedov  Xojiakbar Kamalovich         
T.f.n., kafedra assistenti
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 90 947 47 82 
E-mail:


O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi:
Egamberdiev Salim Karimberdievich                      
T.f.n., kafedra assistenti
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 94 609 00 01
E-mail:  doctor_salim@mail.ru       


O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi:
Pulatova Iroda Zakirhodjaevna                
doktorant
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


O’sma kasalliklar kafedrasi, UZD kursi:
F.I.SHShamsieva Lorida Erkinovna
doktorant
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:



Manzil: O’zbekiston Respublikasi
Toshkent shaxri,
Olmazor tumani,
Taxtapul darvoza kuchasi 341-uy.