Ultratovush diagnostikasi kafedrasi

Ultratovush diagnostikasi kafedrasi:
Fazilov Akram Akmalovich
T.f.n., Dotsent  kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Har kuni 09:00 – 14:00
Telefon:  +998901883824
E-mail:  fazilovuz@gmail.com



         Professor Akram Fozilov 1938 yilda tug‘ilgan. Umumiy mehnat staji 56 yilni tashkil etib, shu yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot fanida ultratovush diagnostikasining ilmiy va amaliy rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan olim, zakovatli mohir pedagog, murabbiy, o‘quv va ilmiy tadqiqotlar jarayonining tashkilotchisidir.

       A.Fozilov 1961-1987 yillarda O‘zbekiston onkologiya va radiologiya ilmiy-tekshirish institutida kichik ilmiy xodimlikdan mehnat faoliyatini boshlab, sobiq Ittifokdagi yetakchi bo‘lgan ultratovush laboratoriyasiga rahbarlik qilish darajasiga erishgan.

        1967 yil mart oyida SSSR tibbiyot fanlari Akademiyasining eksperimental va klinik onkologiya institutida «Sut bezi kasalliklari ultratovush diagnostikasi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.

      1975-1982 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy kengashida bosh mutahassis lavozimida, Ilmiy kengash raisi muovini vazifasida o‘rindoshlik asosida ishlagan va O‘zbekiston olimlarining ilmiy ishlarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etishga katta hissa qo‘shgan.

         1981 yil may oyida SSSR tibbiyot fanlari Akademiyasining Butunittifok onkologiya ilmiy markazida «Onkologiyada ultratovush diagnostikasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 1983 yil aprel oyida A.A.Fozilovga «Onkologiya» soxasi professori unvoni berilgan.

      A.A.Fozilov o‘zining keng qamrovli bilimi, iqtidori va tashkilotchilik qobiliyati bilan tibbiyot fani va amaliyotida yangi yo‘nalish bo‘lgan O‘zbekiston ultratovush diagnostikasi ilmiy maktabini yaratdi. Uning onkologiya faniga qo‘shgan hissasi ham beqiyosdir.

      A.A.Fozilovning fundamental ilmiy izlanishlarining klinik tamoyillari kichik intensivlikdagi ultratovushning biologik taʻsirini va biologik obʻektlarning akustik tasniflarini o‘rganishga qaratilgan. Bu izlanishlar tibbiyot amaliyotiga ultratovush diagnostikasining yangi usul va uslublarini – kontrast, funktsional va narkozli exografiya, shuningdek bu usullarni boshqa usullar bilan birgalikda ishlatish texnologiyalarini yaratish va amaliyotga tadbiq etishga asos bo‘ldi. A.A.Fozilovning bu izlanishlari tibbiyotda ultratovush diagnostikasining rivojlanishiga, hamda printsipial yangilikka ega bo‘lgan ko‘p funktsiyali yumshoq exo-zondlar, kogerent va akustik golografiya usullari, kompyuterli ultratovush tomografiyasi, ultratovush diagnostikasi mutaxassisining avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini yaratishga va tadbiq etishga asos bo‘ldi. Bu ishlardan  14 tasi patentlar bilan ximoya qilingan, shu jumladan yaratilgan ultratovushli akustik qurilmaga Yevropa sertifikati berilgan.

        Turli kasalliklarni exografik xususiyatlarini o‘rganish natijasida patologik jarayonning maxalliy, regional va umumiy tarqalishi, asosiy kasallikni va uning asoratlarini aniqlash sistemasi asoslab berildi. A.A.Fozilov tomonidan birinchi bo‘lib o‘sma kasalliklarni davolash samarasini baholavchi exografik belgilari aniqlangan. Bunda o‘smaning nur yoki dori bilan davolash patomorfozi bosqichlari yoritilgan. Aholiga ultratovush diagnostik yordam ko‘rsatish kontseptsiyasi yaratilgan.

       Professor A.A.Fozilovning jonkuyarligi va so‘nmas quvvati, zamonaviy ilmiy kashfiyotlar va maʻlumotlarni bilishi, alohida ilmiy istikbollarni xis etishi uning yangi avlod shogirdlari tomonidan ilmiy izlanishlarni davom ettirishiga yordam bermoqda. A.Fozilov rahbarligida 3500 dan ortiq ultratovush diagnostikasi mutaxassislari tayyorlangan yoki malaka oshirgan. Xozirgacha 450 ga yakin ilmiy ishlar chop etilgan, jumladan 17 ta monografiya va qo‘llanmalar, ultratovush diagnostika, onkologiya va kadrlar tayyorlash muammolari bo‘yicha 49 ta meʻyoriy-uslubiy qo‘llanmalar matbuotda nashr etilgan. Professor A.Fozilov shogirdlaridan 11 nafari fan doktori, 42 nafari esa – fan nomzodi xisoblanadilar. Professor S.A.Balter takidlaganidek, hamdo‘stlik davlatlarida ultratovush diagnostikasi bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishlarining har uchinchisi – O‘zbekistondandir.

       A.A.Fozilov 1987 yildan xozirgi kungacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida faol mehnat qilib kelmoqda. Uning 56 yillik mehnat va ijtimoiy faoliyatining 30 yili Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutidagi faol xayotiy bosqichiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston vrachlarini diplomdan keyingi tayyorlash va malakasini uzluksiz oshirishga xizmat qiluvchi ushbu dargohda olimning ilmiy, pedagogik va tashkilotchilik qobiliyatining yangi qirralari ochildi.

        A.A Fozilov 1987-1998 yillar davomida institutning dastlab ilmiy ishlari, keyingi 6 yil davomida o‘quv ishlari prorektori lavozimida sidqidillik bilan mehnat qilib, Respublikamizda ilmiy va pedagogik kadrlar, hamda vrachlarni diplomdan keyin tayorlash ishiga ulkan xissa qo‘shib kelayotgan olimdir. Bu davrda institut kafedralarining faoliyati zamonaviy tibbiyot texnologiyalaridan foydalanish asosida, yuqori darajada tashkillashtirildi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar Respublikamizning va hamdo‘stlik davlatlarining ilmiy tekshirish institutlari, hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borildi.

        1987-1998 yillar davomida onkologiya va ultratovush diagnostikasi kafedrasi mudiri lavozimida, 1998-2004 yillar davomida ushbu kafedra professori sifatida, 2005-2009 yillar davomida yangi tashkil etilgan ultratovush diagnostikasi kafedrasi mudiri,  2009-2016 yillarda – kafedra professori, 2017 yildan  kafedra mudiri lavozimida mehnat qilib kelmoqda.

         A.A.Fozilov rahbarligida kafedra ultratovush diagnostikasi bo‘yicha yirik ilmiy, o‘quv va amaliy markazga aylandi. Kafedra bir qancha ko‘p tarmoqli shifoxonalarda klinik bazalarga ega va zamonaviy jihozlar bilan taʻminlangan. Ixtisoslik, umumiy va mavzuiy malaka oshirish bo‘yicha Davlat standartlariga mos ravishda o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. Ultratovush diagnostikasi sohasida O‘zbekistonda vrachlarni tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirib borish Kontseptsiyasi va Dasturi ishlab chiqilishida professor A.A.Fozilovning qo‘shgan xissasi beqiyosdir. O‘quv jarayonida zamonaviy pedogogik va innavatsion texnologiyalardan keng foydalanish tarafdori bo‘lgan A.A.Fozilov doimiy ravishda o‘qitish va amaliy kunikmalar sifatiga eʻtibor qaratib keladi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar xalqaro talablarga mos va Uzbekiston sharoitiga xos tartibda amalga oshiriladi.

         Kafedra xodimlari chet ellarda vrachlarni diplomdan keyingi tayyorlashning andoza va tajribalarini chuqur o‘rganib bormoqdalar. Rossiya diplomdan keyingi uzluksiz taʻlim tibbiyot Akademiyasining ultratovush diagnostika kafedrasi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ishlarini boshqarish apparati qoshidagi o‘quv markazi, Ostona Davlat tibbiyot Akademiyasi (Qozog‘iston), I.N.Ulyanov nomli Chuvashiston universiteti (Cheboksarы), Grats Universitet klinikasi (Avstriya), Tomas Jefferson nomli Universitet qoshidagi tibbiyot va biologiyada ultratovush instituti (AQSh) kabi yo‘nalishdosh o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatilgan. Kafedra AQSh, Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina kabi davlatlarning yirik o‘quv markazlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

         1998-2005 yillarda AQShning YuSAID tashkiloti «3dravplyus» loyihasida maslahatchi sifatida umumiy amaliyot vrachlarini diplomdan keyin tayyorlashda jaxon andozalariga xos va O‘zbekiston tibbiyoti islohatlariga mos bo‘lgan o‘quv dasturlarini tayyorlash va ularni amalga oshirishda salmoqli mehnat qildi. Bu davrda A.A.Fozilov xalqaro ekspert va mutaxassislar bilan birgalikda Respublikaning tanlab olingan viloyatlarida trenerlar va umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlashning yo‘nalishlarini belgilash va tadbiq etish sohasida keng ko‘lamli ish olib boradi. Uning rahbarligida anemiya, gipertoniya va sog‘liqni saqlashning boshqa dolzarb yo‘nalishlarida qator o‘quv dasturlari tayyorlangan, ona va bola salomatligini himoya qilish muammolari, ko‘krak suti bilan boqish, bolalik davri kasalliklarini olib borish, davolash vositalaridan ratsional foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar chop etilgan. Uning ishlari Prezident Farmonlarini, Jahon banki «Salomatlik-1» loyihasini, Sog‘liqni saqlash vazirligi va vrachlar malakasini oshirish instituti buyruqlarini bevosita amalga oshirish va davom ettirishga bag‘ishlangan.

       Tibbiyot fanlari doktori, professor A.A.Fozilov ilmu-fanimizni jaxonga tanitgan yirik olimdir. Rossiya tibbiy-texnika Akademiyasining akademigi  va Qozog‘iston tibbiy Akademiyasining Akademigi xisoblanib, Amerikada taʻsis etilgan Jaxon ultratovush instituti va Assotsiatsiyasining «Ultratovush pioneri» Faxriy diplomini olishga sazovor bo‘lgan. Tibbiyot texnologiyalari va mutaxassislar tayyorlashdagi ulkan hissasini eʻtiborga olib Kembridj universiteti A.Fozilovni «2000 – 2001 yillarning ilg‘or insoni» sifatida Xalqaro 29 jildga nomini kiritgan va kumush medal bilan taqdirlagan. A.A.Fozilov – Rossiya diplomdan keyin malaka oshirish tibbiy akademiyasining Faxriy   maʻruzachisi, Rossiya ultratovush diagnostikasi mutaxassislarining va Qozog‘iston radiologlar Assotsiatsiyasining faxriy diplomlari bilan taqdirlangan. O‘zbekiston   va   Rossiyada   nashr   etiladigan   bir qancha   tibbiyot   jurnallarining tahririyat aʻzosi sifatida faol ishtirok etmoqda.

       A.A.Fozilov yirik olim, ultratovush diagnostikasi sohasining pioneri bo‘lishi bilan birga o‘zining kamtarligi, oliy janobligi, jonkuyarligi, insonparvarligi, sof dil va rost go‘yligi bilan doimo ajralib turadi. Yosh olimlarga sidqidildan ilmiy maslahatlar va ilmiy g‘oyalar beradi. Namunali, totuv va xamjixat  oila boshlig‘i.


Uzbekistan ultratovush texnologiyalarini klinik amaliyotga birinchilardan bulib tatbik etgan mamlakatlardan biri xisoblanadi. 1961 yilda rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tekshirish institutida (xozirda SSVning Onkologiya ilmiy markazi) ultratovushning diagnostik imkoniyatlarini urganish buyicha prof. D.M.Abdurasulov raxbarligida ilmiy tatbikotlar utkazilishi boshlangan.

      1364 yil 15 sentyabrda ushbu institutda ultratovush diagnostikasi laboratoriyasi tashkil topgan. Laboratoriya ilmiy-tatbikot ishlarini utkazish bilan bir katorda ultratovush texnologiyalarini ishlab chikarish markaziga va vrachlarni malakasini oshirish bazasiga aylangan. Laboratoriyada Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti yullanmasi bilan sobik ittifokning turli regionlaridan vrachlar va tibbiy-ilmiy xodimlar 2-6 oylik ukuv tsikllarida malakalarini oshirganlar va ixtisoslikka kayta tayyorgarlikdan utganlar. 1964-1987 yillarda laboratoriyaga klinik ultratovush diagnostikasi asoschilaridan biri, xozirgi kunda tibbiyot fanlari doktori, professor A.A.Fazilov raxbarlik kilgan. Shu davr mobaynida laboratoriyada uzok va yakin xorijlik 200 nafardan ortik vrachlar uz malakalarini oshirganlar va ixtisoslikka ega bulganlar.

1990 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti onkologiya kafedrasi koshida prof. A.A.Fazilov raxbarligida keyinchalik ultratovush diagnostika kursiga aylantirilgan asbob-instrumental diagnostika kursi tashkil etildi. Bu kadam ultratovush diagnostika vrachlarini tizimli va uzluksiz tayyorlashni taʻminladi. Vrachlarni tayyorlash va kayta tayyorlashga bulgan talablarning oshishi natijasida 1999 yilda faoliyat yuritayotgan onkologiya kafedrasi koshidagi ultratovush diagnostika kursi katorida institutda ultratovush diagnostika kafedrasi tashkil etildi. 2005 yilning yanvaridan esa ushbu kafedra kurs bilan birlashtirildi va unga 2009 yilgacha prof A.A.Fazilov raxbarlik kildi.

 2009 yildan boshlab kafedraga t.f.n., dotsent S.A.Fazilova mudirlik kilib kelmokda. U 2006 yilda «Sut bezi saratoni kompleks klinik-exografik diagnostikasida dopplerografiya» mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini yoklagan. Yevropa va SNG mamlakatlarida bulib utgan kuplab maktab, seminar va ilmiy Forumlarning ishtirokchisi. Butunjaxon, Yevropa, Rossiya tibbiyotda ultratovush diagnostika mutaxassislari assotsiatsiyalari va Uzbekiston radiologlari uyushmasi aʻzosi. Ilmiy va amaliy faoliyati doirasida ayollar reproduktiv tizimi aʻzolari, sut bezi, kalkonsimon bez ultratovush diagnostikasi masalalariga bulgan kizikishlar kiritilgan.

      Klinik kunikmalar va interaktiv ukitish usullarini mukammal egallagan, maʻruzalar ukiydi va seminarlar utkazadi. Pedagogik faoliyatida, ilmiy izlanishlarida va klinik amaliyotda dopplerografiyaning zamonaviy texnologiyalaridan, 3D/4D exografiyaning yukori texnologiyalaridan, ultratovush elastografiya texnologiyalaridan samarali foydalanadi. Yukori toifali UZD vrachi. Uzbekiston radiologlari uyushmasi aʻzosi. SSVning ultratovush diagnostikasi soxasida Bosh maslaxatchisi.

     U tomonidan matbuotda 45 dan ortik ilmiy ishlar chop etilgan, shu jumladan 4 ta monografiya/kullanma, 2 ta uslubiy tavsiyanomalar. Xozirgi kunda Rossiyalik ilmiy izlanuvchilar –  t.f.d. A.N.Sencha va t.f.d. Ye.V.Evseeva bilan birgalikda «Sut bezi patologiyalari multiparametrik ultratovush diagnostikasi» nomli monografiya tayyorlangan va chop etishga topshirilgan («GEOTAR-media», Moskva sh, , 200-250 bet. Tiraj – 1000 ekzemplyar. Bosmadan chikishi – 1 kvartal 2017 y. rus tilida). 2 ta EXM dasturi patentiga xammualliflik kilgan. Ingliz tilini yaxshi biladi. Doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormokda.

      Kafedrada 1 nafar professor, 3 nafar fan doktorlari, 3 nafar fan nomzodlari, 1 nafar katta ukituvchi, 3 nafar assistent pedogogik, ilmiy va amaliy faoliyat olib bormokdalar.

Kafedrada ukitish «Ultratovush diagnostikasi» mutaxassisligi buyicha ishlab chikarilgan vrachlarni kasbiy kayta tayyorlash va malakasini oshirish yagona ukuv dasturi asosida olib boriladi. Ushbu dastur asosini Uzbekistonda ultratovush diagnostikasi mutaxassislarini diplomdan keyingi tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish kontseptsiyasi (mualliflar prof. D.M.Sabirov i prof. A.A.Fazыlov) tashkil etadi. Shuningdek SSV taklifi va talablariga asosan ultratovush diagnostikasining dolzarb va yangi texnologiyalari buyicha kiska muddatli tsikl va seminarlar utkaziladi. Oxirgi vaktlarda maxalliy vrachlarni malakasini uzluksiz taʻminlash maksadida joylarda master-trenerlar (ustozlar) tayyorlashga katta eʻtibor karatilmokda va shu yul bilan Respublikamizning yirik shaxarlari va viloyatlar markazlarida yangi texnologiyalar buyicha amaliy kunikmalarni mustaxkamlashga erishilmokda. Telemeditsina texnologiyalarini yulga kuyish orkali maʻruzalar va maslaxatlar uyushtirilmokda.

      Kafedra Tomas Djefferson nomli Universitetning ultratovush diagnostika instituti (AKSh), Grats Universitet klinikasi (Avstriya), Rossiya diplomdan keyingi tibbiy taʻlim akademiyasining ultratovush diagnostika kafedrasi (Moskva), Rossiya Prezidenti boshkaruv apparatining ukuv-ilmiy-amaliy markazi (Moskva), Smolensk tibbiyot akademiyasi, Chuvash davlat universiteti (Cheboksarы), yukori texnologiyali ultratovush diagnostikasi rivojlantirish va tatbik kilish markazi (Yaroslavl), Asfendiyarov nomli Olmota tibbiyot akademiyasining va Olmota vrachlarni malakasini oshirish institutining mos kafedralari bilan, Akmola tibbiyot akademiyasi (Ostona), Uzbekistonning kuplab ilmiy va ukuv markazlari, Butunjaxon, Yevropa, Rossiya, Ukraina, Gruziya ultratovush diagnostika mutaxassislari assotsiatsiyalari, Uzbekiston radiologlari uyushmasi, Uzbekiston vrachlar assotsiatsiyasi kabi tashkilotlar bilan uzviy alokalarga ega.

         Kafedraning ilmiy faoliyati «Novыe texnologii i metodы korrektsii v xirurgii: chastnoy, obshey i ekstrennoy meditsine» (gos. reg. 02090009) – 2014-2018 gg. mavzulariga mos keladi. Prof. A.Fazilov raxbarligida 11 nafar fan doktorlari, 44 nafar fan nomzodlari, 10 nafar klinik ordinatorlar va magistrlar tayyorlangan. Oxirgi 10 yil (2006-2016 yillar) davomida kafedra izlanuvchilari tomonidan 2 ta doktorlik, 6 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya kilindi; 5 ta monografiya/kullanma, 3 ta elektron ukuv kullanmasi, 5 ta uslubiy kullanma/tavsiyanoma; 7 ta ixtiro va EXM dasturlari; 200 ga yakin ilmiy makola va tezislar chop etildi. Xozirgi kunda 3 nafar izlanuvchi tibbiyot fanlari doktori dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormokdalar. 2012-2015 yillar davomida kafedra xodimlari dots. S.A.Fazilova raxbarligida «Sovremennыe texnologii ultrazvukovoy diagnostiki zabolevaniy molochnoy jelezы» (ID: c1456883514) mavzusida Davlant granti asosida ilmiy-tatbikot ishlari olib borganlar.


Ultratovush diagnostikasi kafedrasi:
Rasulova Munisa Mirmislimovna 
T.f.n. dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998935517216
E-mail:  munisa17@mail.ru


Ultratovush diagnostikasi kafedrasi:
Nodira Murodullaevna Normurodova
T.f.n. dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998903274931
E-mail:  normuradovanodira@mail.ru


Ultratovush diagnostikasi kafedrasi:
Rustam Raximovich Alimov
T.f.n. assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +998977770395
E-mail:    alimov.1958@bk.ru


Ultratovush diagnostikasi kafedrasi:
Anna Leonidovna Cherepnina
T.f.n. assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: 
E-mail: 


Ultratovush diagnostikasi kafedrasi:
Miryusupov Mirkosim Mirsamatovich
katta ukituvchi.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +998977443223
E-mail:  mirkasim.miryusupov@mail.ru


Ultratovush diagnostikasi kafedrasi:
Ikramova Zulfiya Tulkinovna
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


Ultratovush diagnostikasi kafedrasi:
Alimardonov Orifjon Ruzimurodovich
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:  orifjon0704@mail.ru



Manzil: O’zbekiston Respublikasi,

Toshkent shahri, Yashnabod tumani,

Lisunova ko’chasi 29 uy,

TVMOIning o’quv tibbiy diagnostika markazi.

E-mail: kaf_uzd@Tipme.uz