Jarrohlik va bolalar jarrohligi kafedrasi

Jarrohlik va bolalar jarrohligi kafedrasi:
Akilov Xabibulla Ataullaevich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon: (+99871) 268-17-44
E-mail: Kh.Akilov@tipme.uz


 


        Akilov Xabibulla Atullaevich 21 yanvar 1957 yil Toshkent shahrida tavullud topgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Akilov Xabibulla Ataullaevich Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Instituti rektori. 1980 yilda O‘rta Osiyo Pediatriya tibbiyot Institutini aʻlo baxolar bilan tamomlagan.
1983 yilga qadar professor Axundjanov B.A., rahbarligida normal anatomiya va jarroxlik kasalliklari kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan.
1983-1985 yillarda Akademik V. V. Voxidov nomidagi jarroxlik Ilmiy Markazida klinik ordinator, 1985 yildan jigar va o‘t yo‘llari jarroxligi bo‘limida Kichik ilmiy xodim sifatida ishlagan.
1989 yilda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. Shu yili O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Mukofoti bilan taqdirlangan. 1989 yildan Akademik V. V. Vaxidov nomidagi jarroxlik Ilmiy Markazida ilmiy xodim, portal gipertenziya va pankreato-duodenal soxa jarroxlik bo‘limida katta ilmiy xodim.
1998 yilda professor Nazirov F.G. Rahbarlikgida, jigar tsirrozi bilan og‘rigan bemorlarda portal gipertenziya asoratlarini jarroxlik yo‘li bilan davolash mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.
2000 yilda professor unvonini olgan.
1998-2003 yillarda Akademik V. V. Vaxidov nomidagi jarroxlik Ilmiy Markazi direktori, o‘rindoshlik asosida birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot instituti gospital jarroxlik va magistratura kursi kafedrasi professori bO‘lib ishlagan.
2003-2017 yillarda Toshkent Vrachlar Malaka Oshirish Instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlagan; shuningdek, xirurgiya va bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri xamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) bolalar xirurgiyasi bo‘limi raxbari.
2017-yildan. – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori.
Bugungi kunda professor Akilov X. A., ayniqsa, bolalar xirurgiyasida eng yetakchi jarrox xisoblanadi. 450 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta monografiya, ratsionalizatorlik takliflar va uslubiy ishlanmalar muallifi. Professor Akilov X.A. raxbarligida 4 doktorlik, 18 nomzodlik ishlari ximoya qilindi, ayni paytda 6 ta PhD ilmiy ishlar ximoya bosqichida.
Akilov X. A. ilmiy-pedagogik, tibbiy-konsultativ va ijtimoiy faoliyatidagi ishlarni samarali olib bormokda. Uch marotaba Toshkent shaxar xalq deputatlari Kengashi deputati etib saylangan. «O‘zbekiston Xirurgiyasi», «Sixat salomatlik», «Vestnik vracha obshey praktiki», «Limfologiya», «Shpitalna xirurgiya» (Ukraina) nashrlaring taxririyat kengashi aʻzosi. Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Instituti xuzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash raisi. Akilov X.A. dunyo jarroxlar uyushmasi, Pirogov nomidagi jarroxlar uyushmasi, MDX va Rossiya gepatolog-jarroxlar assotsiatsyasi Xalqaro Uyushmasi kengashi, O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiyot shifokorlar uyushmasi kengashi azosi, O‘zbekiston bolalar jarroxlari Ilmiy jamiyati raisi, Rossiya tibbiy-texnika Akademiyasi akademigi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʻlochisi (2000), “O‘zbekiston Mustaqilliligining 10 yilligi”, “O‘zbekiston Mustaqilliligining 20 yilligi” ko‘krak nishoni xamda «Chest, Slava, Trud» (Ukraina) Georgiy medali bilan taqdirlangan.


       Kafedra 1924-yilda O‘rta Osiyo Davlat Universtitetining tibbiyot fakulteti qoshida tashkil topgan. Ikkinchi Jaxon Urushi yillarida kafedraga professor G.A. Rotenberg boshchilik qilgan. Bu yillarda kafedraning asosiy vazifasi xarbiy vrachlar tayyorlash bo‘lgan.

        1941-1945 – yillarda jaʻmi  8000 shifokor kafedrada taxsil olgan. Shuning bilan birga kafedra xodimlari xarbiy jaroxatlarning kechishi, asoratlarning patogenezi, ularni davolash masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, bu borada sezilarli natijalarga erishilgan.

    1953-yilda prof. Rotenberg G.A. taʻtilga chiqishi munosabati bilan kafedra mudiri lavozimiga dots. Gasparyan M.I. (1953-1964yy) tayinlangan. 1960-yildan kafedra bazasi 15-son shaxar shifoxonasiga o‘tkazilgan.

    1963-yilda kafedra qoshida dots. Romanova M.A. boshchiligida anesteziologiya va  reanimatsiya kursi tashkil qilingan, keyinchalik bu kurs aloxida kafedra sifatida ajralib chiqib, unga mudir qilib prof. Zarzar A.S. tayinlangan. 1964 yildan kafedraga t.f.d. Xanifa Nurullovna Muratova raxbarlik qilgan. 1965-yilda unga professor unvoni berilgan, 1969-yilda – O‘zbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi.

1975 – 1996 yillarda kafedraga dotsent Ilyasov Shoqosim Shoxizirovich raxbarlik qilgan. U kafedraning faoliyatiga o‘zining juda katta xissasini qo‘shgan.

1996 yildan boshlab kafedra mudiri lavozimiga professor Nazirov Feruz Gafurovich raxbarlik qilgan (1996-1998 yy), va kafedraning bazasi akad. V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy markaziga o‘tkazilgan. Tajribali xirurg, ko‘p qirrali mutaxassis  Nazirov F.G. Respublika xirurglarining malakasini zamon talabiga javob beradigan darajaga chiqarilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berdi.

 1998 – 2004 yillarda  kafedraga  tibbiyot  fanlari  doktori Xudaybergenov Abdulla Matkarimovich raxbarlik qilgan. Yirik tashkilotchi, katta ilmiy-pedagogik va amaliy tajribaga ega bo‘lgan professor Xudaybergenov A.M. kafedra anʻanalarini davom ettirib, o‘quv jarayonini tashkillashtirdi. Markaz imkoniyatlaridan tuliq foydalangan xolda xirurgiyaning eng zamonaviy yutuqlarini o‘kuv jarayoniga tadbiq qildi.

 Tibbiyot fanlari doktori Professor Xabibulla Ataullaevich  Akilov 2004-yildan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Avvalroq Akademik V. V. Vaxidov nomidagi jarroxlik Ilmiy Markazi Direktori, bir vaqtni o‘zida 1- Toshkent davlat tibbiyot Instituti gospital jarroxlik  kafedrasi mudiri. Professor Akilov X. A., amaliy va o‘quv boshqaruv ishlarida katta tajribaga ega. Shu vaqtda nazariy  va amaliy bilimlar berishni, zamonaviy    yangi shakllari joriy etildi.

       2005-yilda O‘zR SSV buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch  tibbiy yordam ilmiy markazi baʻzasida joylashgan “Bolalar jarroxligi kursi” tarkibida bo‘lgan  4- shaxar shifoxona bazasida joylashgan “Ambulator jarroxlik” kurslari  birlashtirilib “Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi kafedrasi” tashkil etilgan. Kafedra mudiri lavozimida tibbiyot fanlari doktori, professor Xabibulla Ataullaevich Akilov ishlab kelmokda. Xozirgi vaqtda kafedrada kursantlarni bilim malakasini oshirish maqsadida turli tsikllar tashkil etilib unda: abdominal, qon tomir, shoshilinch jarroxlikda yangi texnologiyalar va yo‘nalishlarda o‘z bilim tajribalarini oshirmokdalar. Kursantlarga professorlar  Akilov X.A., Xudaybergenov A.M, Dautov P.A., dotsent Saatov R.R.,  turli mavzularda lektsiyalar o‘qimoќda. Quydagi assisentlar tamonidan  Zakirov K.N., Nizamov Sh.A., Xakkulov Ye.B., Yigitaliev S.X., Primov F.Sh., amaliy mashgulotlar o‘tilmoqda. Kafedra tomonidan bir qator o‘quv – metodik qo‘llanmalar, seminar, lektsiya, amaliy ko‘nikmalar, slayd, o‘quv videofilmlari tayorlandi. Ushbu ishlarni davomida kursantlar tayorlash dasturi xajmi bir shaklga keltirilib mukamallashtirildi.


Jarrohlik va bolalar jarrohligi kafedrasi:
Dautov P.A. 
T.f.n. dotsenti.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:  hirurgiya.tiuv@gmail.com


Jarrohlik va bolalar jarrohligi kafedrasi:
Saatov R.R. 
T.f.n. Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  (+99890) 374-12-52
E-mail:  kaf_jarroxlik@tipme.uz


Jarrohlik va bolalar jarrohligi kafedrasi:
Nizomov Sh.A.
Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  (+99890) 963-84-84
E-mail:  kaf_jarroxlik@tipme.uz


Jarrohlik va bolalar jarrohligi kafedrasi:
Xakkulov  E.B.
Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  (+99891) 131-41-60
E-mail:    kaf_jarroxlik@tipme.uz


Jarrohlik va bolalar jarrohligi kafedrasi:
Yigitaliev S.X.
Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  (+99890)995-09-34
E-mail:  kaf_jarroxlik@tipme.uz


Jarrohlik va bolalar jarrohligi kafedrasi:
Primov F. Sh.
Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  (+99890) 963-67-83
E-mail:  kaf_jarroxlik@tipme.uz



Kafedra manzillari:

“Jarroxlik”

Akademik V.Voxidov nomidagi RIXM

Chilonzor tumani, Kichik xalka yuli 10 uy.

metro “Chilonzor”; avtobus: 8, 34, 48, 69, 70, 79, 86, 125, 131, 135

“Bolalar jarroxligi kursi”

Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Markazida joylashgan.

Chilonzor tuman, Kichik xalka yuli, 2-uy.

metro “Chilonzor”; avtobus: 8, 34, 48, 69, 70, 79, 86, 125, 131, 135

“Ambulator jarroxlik”

Toshkent shaxar  4-son shifoxonasida. (oldingi “TAPOiCh”)
 Yashnobod tum. (Oldin. Xamza)  Birlashgan, 1

Orientir: “AVIASOZLAR” bozor (olding “KADISHEVA” bozor)

Avtobus: 129.22.72.