25 C
Tashkent
20 - Iyun, 2018 04:53

Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi

Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi:
Sabirov Djurabay Marifbaevich
T.f.d. Professor, Kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 71 150-39-01
E-mail:  sabirovdm@mail.ru


     Sabirov D. M. 1946-yilda tug`ilgan.1968-yil Toshkent Davlat tibbiyot institute tomomlagandan so`ng Qoraqalpalpog`iston Respublikasida tuberkulyoz dispanserida anesteziolog bo`lib ishlaydi. 1970-1973-yillarda Toshkent shaxar 1-klinikada anesteziolog bo`lid ishlaydi. 1973-yildan boshlab Tosh VMOI da ilmiy va pedagogik ishlarini boshlaydi.1973-1975-yillarda anesteziologiya va reanimatologiya raaedrasi ordinaturasiga o`tadi. Shu kafedrada 1975-1976-yillarda vrach labarant, 1976-1989-yillarda assistant va 1989-yilning aprel oyidan kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bordi 1990-yilda o`zini doktorlik ishini ximoya qilib, 1991-yil professor maqomini olgan. Sabirov D. M fajliyati davomida qo`shimcha 1989-yilda, Tez va shoshilinch tibbiy yordam” kafedrasini tashkil qilishga xissa qo`shgan. 1992-yil anesteziologiya- reanimatologiya vatez yordam kafedrasi mudiri lavozimida ish olib brogan.Sabirov D. M 1992-yil 27- apreldan boshlab TVMOI ilmiy ishlar prorektori lavozimida ish boshladi. Sabirov D.M prorektorlik davrida ilmiy ishlarni tashkil qilishga katta e’tibor bergan. Sabirov D. M 1997-2017-yilda TVMOI da rektorlik lavozimida faoliyat olib brogan.Uning tashabbuskorligi bilan simpoziumlar, konfirensiyalar, respublikaning ko`zga ko`ringan mutaxasislari va chet el olimlari ishtirokidagi seminarlar o`tkazilgan, yangi ilmiy ishlanmalar va yangi dori vositalarini amaliyotga joriy qilgan. Be’vosita Sabirov D. M qo`l ostida O`zbekiston  anesteziolog va reanimatologlarning 5-syezdi tashkil etildi.  Bundan avval bu syezd MDX davlatlarida bo`lmagan, faqatgina Germaniya, Yaponiya, Turkiya, Fransiya, Italiyada bo`lgan. Sabirov D. M tashabbuskorligi bilan 1999-yilda O`zbekistonda anisteziolog va reanimatologlar assotsiyatsiyasi  tashkil qilindi, shu bilan birga jaxon anisteziolog va reanimatologlar assotsiyatsiyasiga a’zo bo’ldi. O`zbekistondagi anisteziolog va reanimatologlar assotsiyatsiyasi boshqaruv raisi etib tayinlandi. Uning mualliflik  faoliyatida 200dan ortiq ilmiy ish,13ta monografiya, 3ta mualliflik boshqaruvi, 3ta tashkil qilish ishlari, 10ta ilmiy metodik maqolalari, 1 qo`llanma tashkil qilgan. Uning qo`l ostida 3ta doktorlik, 12ta kondidatlik dissertatsiyasi yoqlangan. 3ta doktorlik dessertatsiyasi tayorlanmoqda.



Kafedra tarixi

     1996 yilda II xirurgiya kafedrasi dotsent M.A.Romanova rahbarligi ostida anesteziologiya va reanimatologiya kursi ochildi. 1970 yilda professor A.S. Zarzar kurs bazasida anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasini tashkil qildi. 22 yil kafedra rahbarligi davomida vrachlarning diplomdan keyingi tayyorgarligi, respublikada anesteziologiya va reanimatologiya xizmatiga aylanishi va rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shdi. 1978 yilda kafedrada  dotsent X.N.Muxitdinova rahbarligi ostida bolalik davri anesteziologiya va reanimatologiya kursi tashkil etildi. 1988 yilda kafedra sifatida qayta tashkil qilindi va institutning mustaqil bo‘limi sifatida ajralib chiqdi.

       1989 yilda ToshVMOIda “Shoshilinch tibbiy yordam” kafedrasi ochildi va 1992 yilda anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi bilan birlashtiril. 2004 yili “Shoshilinch tibbiy yordam” kafedrasi kayta tashkillashtirilganidan sung kafedra yana “Anesteziologiya va reanimatologiya” deb nomlana boshlandi. 1992 yili kafedra raxbarligi  professor D.M.Sabirovga topshirildi va xozirgi kungacha professor Sabirov D.M. kafedraga raxbarlik kilib kelmokdalar.

         “Kritik holatlarda anesteziologik va intensiv terapiya muolajalarini ishlab chikish va uni tadbik etish” kafedraning ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi. Kafedra xodimlari tomonidan 1000 dan ortiq ilmiy ishlar, 10 monografiya, 85 ta metodik tavsiyalar va ukuv metodik kullanmalar nashr etilgan. Kafedraning 12 ta ishlanmasiga mualliflik guvohnomalari olingan.

      Kafedradan 5 nafar tibbiyot fanlari doktori va 14 nafar tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlangan.

           Hozirgi kunda kafedrada professorlar – Sh.E.Ataxanov, A.A.Semenixin, dotsentlar – U.B.Batirov, M.B.Krasnenkova, assistentlar – M.A.Maxmudov, A.S.Saidov, F.A.Yuldashev, S.K.Tarayan, A.L.Rosstalnaya hamda stajer-o‘qituvchi S.E.Xaydarovalar faoliyat olib boradi.

           Kafedra o‘quv jarayonida qorin bo‘shlig‘i gipertenziyasida intensiv terapiya usullari, qo‘l-oyoqlarning turli zararlanishida o‘zakli va segmentar blokadalar, bosh-miya jarohati bo‘lgan bemorlarda intensiv terapiya va respirator yordamning yangi usullari, turli kritik holatlarda detoksikatsiyaning samarali usullari kabi ilmiy ishlanmalardan foydalaniladi.


Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi:
Batirov Ulugbek Beshimovich
T.f.n. dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:  kaf_anesteziologiya@tipme.uz


Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi:
Krasnenkova Marianna Borisovna
T.f.n. Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:  kaf_anesteziologiya@tipme.uz


Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi:
Maxmudov Maxamadjan Axmadjanovich
Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:   kaf_anesteziologiya@tipme.uz


Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi:
Rosstalnaya Alla Leontevna
Stajor-o’qituvchi.
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:   kaf_anesteziologiya@tipme.uz



Manzil: O’zbekiston Respublikasi.

Toshkent shahri, Chilonzor tumani.

Farxod – 2.