Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va fan sektori.

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va fan sektori mudiri:
Shofayzieva Hilola O‘tkirovna

Qabul kunlari: 
Dushanba-juma 9:00-17:00
Telefon:  +998 71  267-32-69
E-mail:   hilola_shofayziyeva@mail.ru


Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va fan sektori

       Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va fan sektori oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni va bu sohadagi hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi. Hozirgi kunda institutda 388 nafar professor-o‘qituvchi, ulardan 284 nafari asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib, 173 nafari fan nomzodlari, 100 nafari fan doktorlari va 65 nafari yosh olimlar hisoblanadi.

       Institutda oliy o‘quv yurtidan keyingi taʻlim tizimining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi taʻlim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF 4958-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi taʻlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Institutda tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Institutda, qolaversa, kafedralarda ilmiy-tadqiqotlarni olib borish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar yaratilgan, kerakli asbob-uskuna, material, axborot-kommunikatsiya vositalari, kompyuter texnikasi, orgtexnika va boshqalar bilan taʻminlangan. 2017 yilda jami 7 nafar ilmiy tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. Ulardan 4 nafari tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori va 3 nafari tibbiyot fanlari doktori ilmiy unvonini oldi.

     Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan Radiologiya ilmiy-tadqiqot tajriba laboratoriyasi, O‘quv-ilmiy tadqiqot laboratoriyasi va Bakteriologik laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqot olib borish uchun zarur asbob-uskunalar bilan to‘liq taʻminlangan.

       Ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar va mahorat darslarini tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatib, unda ilmiy xodimlarning faol ishtiroki taʻminlanadi.

      Institutda amalga oshirilayotgan ilmiy, amaliy, fundamental va innovatsion loyihalarga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, shartnomalarni rasmiylashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish ham sektor faoliyat yo‘nalishlaridan biri sanaladi.