Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi:
Nuritdinov Maxmudxo‘ja Nizamovich
Falsafa fanlari doktori. kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Har kuni 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 90 176 62 48  &&  +998 71 268 19 14 
E-mail:   nmakhmudkhodja@yahoo.com



       Men Nuritdinov Maxmudxo‘ja Nizamovich 1949 yil 20 martda Toshkent shaxrida ziyoli oilasida tug‘ildim.

        1967 yili 38 sonli  o‘rta maktabni tamomlab, shu yili Toshkent Davlat Universiteti sharq tillari fakulteti arab tili va adabiyoti kafedrasiga o‘qishga kirdim. 1972 yil institutni muvofaqiyatli bitirdim.

       1972-1974 yillarda Suriya Arab Respublikasi harbiy havo kuchlari bosh shtabida arab tili tarjimoni, 1975-1977 yillarda Toshkent davlat tibbiyot instituti qoshidagi “Bilim” jamiyati raisi lavozimlarida ishladim.

     1977-1979 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti aspiranti bo‘ldim.

       1981 yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqladim.

     1980-1988 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodimi, 1988-1991 yillarda Suriya Arab Respublikasidagi Sovet savdo palatasida bosh referent va sinxron tarjimon sifatida faoliyat olib bordim.

      1994 yili Doktorlik dissertatsiyasini yoqladim.

      1995-2005 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, “Islomshunoslik va ijtimoiy fikrlar” bo‘limi mudiri va shu bilan birgalikda 1977-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Islom tadqiqotlari markazi direktori, 1999-2000 yillar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Gumanitar fanlar bo‘yicha vitse prezidenti xizmatining rahbari kabi turli lavozimlarda ishlab keldim.

       2000 yili Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini bitirdim va shu yili Amerika Biografiya instituti ilmiy maslaxatchilar Kengashi aʻzoligiga qabul etildim.

     2001-2005 yana O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga qaytdim, 2005-2011 yillar davomida AQShning Nyu York shahrida yashab, o‘sha yerda ishladim.  2005 yili Nyu-York (AQSh) fanlar Akademiyasining haqiqiy aʻzosi bo‘ldim. 2011 yili O‘zbekistonga qaytib, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida, 2013 yilan hozirgi vaqtgacha shu kafedraning mudirlik lavozimida ishlayapman.

    1973 yil 6-oktyabr Suriya Arab Respublikasining “Jangovor” ordeni bilan mukofotlanganman.

      Uylanganman. Xotinim – Nuritdinova (Zokirova) Feruza, 1949 yilda tug‘ilgan. Pensiyada.

     Qizim – Muminova (Nuritdinova) Malika, 1973 yilda tavallud topgan. O‘g‘lim – Nuritdinov Abror, 1979 yilda tug‘ilgan.

Mening turar joyim Toshkent shahri, Yunus-obod tumani, Iftixor 6-tor ko‘cha, 10-uy.


      Tibbiyot xodimlarining ilmiy-falsafiy dunyoqarashini kengaytirish hamda davolash jarayonida mavjud bo‘lgan baʻzi o‘ziga xos jihatlarni tadqiq qilish maqsadida 1948 yili birinchi marta ToshVMOI tizimida “Tibbiyotning falsafiy muammolari” kafedrasi tashkil etildi.

       Kafedraning ilk rahbari S. Berger (1948-1951 yillar) bo‘lgan. Keyingi yillarda kafedraga: I.B.Sinelnikov (1951-1953yillar), A.M.Smirnov (1953-1954yillar), V.F.Sorokin (1955-1969 yillar), A.I.Luneva (1969-1971yillar), A.A.Fayziev (1971-1976 yillar) kabi mashhur olimlar mudirlik lavozimlarida ishlab kelgan.

1976 yilda kafedraning nomi “Biologiya va tibbiyotning falsafiy muammolari” deb o‘zgartirilgan.

1978-1992 yillar mobaynda kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ibrohim Murtazoevich Haydarov boshqardi. Shu davrda kafedrada dotsent D.V.Biryukov, katta o‘qituvchilar V.I.Luzin, M.I.Sulaymanova, V.K.Xripunov, A.I.Kapitanov kabi taniqli pedagoglar faoliyat ko‘rsatgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1992 yil 17 avgustdagi  440-sonli buyrug‘iga asosan kafedra “Falsafa va sog‘lom turmush tarzi” nomi bilan  qayta tuzilgan. Kafedra mudirligi lavozimiga tanlov asosida I.M.Haydarov o‘tgan. 2000 yildan boshlab kafedrada falsafa kursidan tashqari chet tillarni o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

2001-2005 yillarda kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Ozoda Mo‘minovna Agzamova rahbarlik qilgan.

2006 yilning fevral oyida ToshVMOI rektori, professor J.M.Sabirovning kafedrani saqlab qolish tashabbuslari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va ToshVMOI  Ilmiy Kengashining 25 yanvardagi  122-sonli qaroriga muvofiq “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi nomi bilan qayta tashkil etilgan va bugungacha faoliyat olib bormoqda.

2006-2013 yillarda kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent Polvonxon Porsaevich Chuliev boshqarib kelgan.

2013 yilning may oyida kafedra mudirligi  lavozimiga eʻlon qilingan tanlov natijasida ToshVMOI Ilmiy Kengashi qarori falsafa fanlari doktori M.N.Nuritdinov saylangan.

 Kafedrada tarix fanlari nomzodi, dotsent M.I.Sulaymonova, falsafa fanlari nomzodi, dotsent  M.Bo‘rieva, falsafa fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi M.S.Hidoyatov, ingliz tili o‘qituvchilari assistent Saidova J.A., stajer o‘qituvchi N.A.Isamuxamedova, stajer o‘qituvchi I.Isroilova kabi tajribali professor-pedagoglar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

 

Kafedraga quyidagi olimlar rahbarlik qilishgan:

     Sinelnikov I.B.            Smirnov A.M.              Sorokin V.F.             Lunyova A.I.
1951-1953                  1953-1954                1955-1969                1969-1971

       Fayziev A.A.              Xaydarov I.M.           Agzamova A.M.          Chuliev P.P.
1971-1976                1976-1992                 2001-2005              2006-2013


Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi:
Sulaymanova Maʻmura Islamovna

Tarix fanlari nomzodi, dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 90 903-50-24
E-mail:


Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi:
Burieva Mavluda
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Qabul kunlari: Chorshanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 94 600-20-95
E-mail:


Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi:
Xidoyatov Maqsud Saidalievich
Falsafa fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi
Qabul kunlari: Seshanba-Shanba 14:00 – 17:00
Telefon:   +998 97 330-34-94
E-mail:   kaf._gumanitar@tipme.uz


Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi:
Saidova Jamila Aminovna
Stajer o‘qituvchi
Qabul kunlari: Dushanba-Payshanba 14:00 – 17:00
Telefon:  +998 90 371-18-48
E-mail:



Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani,

Parkent ko‘chasi, 51-uy,

asosiy binoning 4 qavati.