Klinik farmakologiya kafedrasi

Klinik farmakologiya kafedrasi:
Mavlyanov Iskandar Rahimovich
Professor, tibbiyot fanlari doktori. Kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Shanab 09:00 – 13:00
Telefon:  +99871 2894451
E-mail:


Mavlyanov Iskandar Raximovich , tibbiyot fanlari doktori, professor

      I.R.Mavlyanov 1958 yil 2 iyulida Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. U 1965 yilda o‘rta maktabga kirib, 1975 yilda uni “oltin medal” bilan muvafaqiyatli tugatadi. U maktab yoshlaridanoq tibbiyot sohasiga qiziqishi yuqori bo‘lganligi tufayli ushbu yili Toshkent Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetining talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiratadi. Tibiyot bilimiga chanqoqligi tufayli, talabalik davrining boshlang‘ich davrlaridanoq har tomonlama bilim olishga va tibbiyot sohasi fanlarini o‘rganishga hamda aʻlo baholar olib o‘qishga intiladi. Turli fanlar yo‘nalishi, ayniqsa fundamental fanlarga qiziqishi uni talabalar ilmiy to‘garagiga qatnashishga, dastlabki ilmiy izlanishlarda ishtirok etishga va ilmiy maʻruzalar bilan talabalar ilmiy-anjumanlarida maʻruzalar bilan chiqishga undaydi. I.R.Mavlyanov talabalar ilmiy jamiyatining faol ishtirokchisi sifatida uzining dastlabki ilmiy izlanish materiallarini turli to‘plamlarda chop etishga erishadi. Keyinchalik esa institut talabalar ilmiy kengashining targ‘ibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ham jamoat ishini olib boradi. U talabalik davrida barcha fanlarni aʻlo baholarga o‘zlatiradi va institutni 1981 yili “imtiyozli” diplom bilan tugatadi va institut rektori tomonidan iqtidorli talabalar uchun taʻsis etilgan “Hurmat diplomi” bilan taqdirlanadi.

      I.R.Mavlyanov 1981 yili Toshkent Davlat Tibbiyot instituti rektori buyrug‘iga binaon institut klinik farmakologiya kafedrasi stajer-tadqiqotchi sifatida tasdiqlanadi. 1983 yilda u stajer-tadqiqotchilik kursini tugallab klinik farmakolog ixtisosligini egallaydi. U ushbu ixtisoslik bo‘yicha o‘z mehnat faoliyatini ushbu institut klinik farmakologiya kafedrasi katta laboranti lavozimidan boshlaydi. O‘ziga yuklatilgan funktsional vazifalar bilan bir qatorda I.R.Mavlyanov  klinik farmakologiya fanini o‘qitish  metadologiyasini o‘rganish bilan ham shug‘ullanadi.  U 1981-84 yillar mobaynida ToshDavTI qoshidagi Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida “Kuyish jarohatlarida , jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalari farmakodinamikasi va farmakokinetikasi xususiyatlari” ga bag‘ishlangan mavzu bo‘yicha eksperimental va klinik tadqiqotlar olib boradi. 1987 yilda ushbu mavzu yo‘nalishida olingan maʻlumotlar asosida I.R.Mavlyanov nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqiyatli himoya qiladi va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi.

     I.R.Mavlyanov 1986 yildan boshlab ToshDavTI klinik farmakologiya kafedrasi asissenti lavozimida ishlay boshlaydi. U 1989 yilga kelib Respublikada ilk bor dori vositalari nojuya taʻsirotini o‘rganish axborot- taxlili Respublika Markazi ochilishi munosabati bilan ushbu markazning klinik farmakokinetika laboratoriyasi mudiri lavozimiga o‘tkaziladi. Ushbu yo‘nalishda dori vositalarini klinik sharoitda o‘rganish, ularning qondagi miqdorini aniqlash usullarini amaliyotga tadbiq etish va dori bilan davo samaradorligi va xavfsizligi masalalari bilan faol shug‘ullanadi.

     1990 yil ToshDavTI negizida ikkita tibbiyot instituti, 1 va 2-ToshMI shakllantirilishi munosabati bilan I.R.Mavlyanov 1-ToshMI qoshidagi Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasiga ishga o‘tkaziladi. U avval katta ilmiy xodim, so‘ng bo‘lim rahbari va keyinchalik esa ushbu laboratoriya rahbari lavozimlarida ishlaydi. Ushbu davr I.R.Mavlyanovni olim sifatida shakllanishida, eksperimental va klinik tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlarni shakllantirish va ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish tizimini chuqur o‘rganish va tahlil etish bo‘yicha I.R.Mavlyanov uchun  o‘ziga xos tajriba davri bo‘ldi.

    I.R.Mavlyanov  tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgandan so‘ng o‘z ilmiy izlanishlarini “Chaqaloqlar Respirator distress sindromini monooksigenaz tizimi induktorlari orqali antenatal profilaktikasini klinik-eksperimental asoslash”mavzusida davom ettirdi va 1994 yili ushbu mavzu bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olishga sazovor bo‘ldi. U o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida   chaqaloqlar respirator distress sindromi kelib chiqishining asosiy sababi bo‘lgan surfaktant tizimini nosozligini ilk bor o‘pka ho‘jayralari monooksigenaz tizimi holati bilan bog‘laydi va shu asnoda ushbu xastalikni kelib chiqishini oldini olish uchun yangi yondashuv, yaʻni monooksigenaz tizimi induktorlarini qo‘llashni klinik-eksperemental asoslab bergan.

     I.R.Mavlyanov 1-ToshMI qoshidagi Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi rahbari lavozimida ishlagan kezlarida dori vositalarini samaradorligi va havfsizligi yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlar uchun qator farmakodinamika va farmakokinetikani baholovchi usullarni tadbiq etdi. Farmakologiya va klinik farmakologiya, ichki kasalliklari fanlari kesimida  ilmiy izlanishlarni davom ettirdi, shogirdlar bilan ishladi. I.R.Mavlyanov 1994 yilga kelib nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha 2 ta izlanuvchilarga rahbarlik qilib, shogird tayyorladi.

     I.R.Mavlyanov ilmiy faoliyati turli patologik holatlarda organizm spetsifik va nospetsefik tizimlari orasidagi o‘zaro munosabat va ushbu munosabat  buzilishlarini farmakologik korrektsiyasi muammolariga  bag‘ishlangan nazariy yo‘nalish hamda dori bilan davo samaradorligi va xavfsizligini taʻminlashga yo‘naltirilgan amaliy muammolarni hal qilishga qaratilgandir.

      1998 yilda I.R.Mavlyanov 14.00.42 – klinik farmakologiya ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonida tasdiqlandi. U 2000 yildan boshlab 1-Toshkent Tibbiyot instituti klinik farmakologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tasdiqlanadi. Ushbu davrdan boshlab  I.R.Mavlyanov ilmiy faoliyat bilan bir qatorda faol pedagogik faoliyat bilan  shug‘ullana boshlaydi. Klinik farmakologiya fanini o‘qitish bo‘yicha qator qo‘llanma va uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv rejalari va dasturlar ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. O‘sha davrda Oliy taʻlim tizimida qator yangiliklar kiritilishi munosabati bilan Oliy tibbiy taʻlim tizimi uchun “Taʻlim standartlari” , “Umumiy amaliyot shifokolar uchun malakaviy  talab”, davolash ishi bo‘yicha barcha fanlar yo‘nalishida namunaviy dasturlarni shakllantirishni  tashkil qilishda ishtirok etadi.

     I.R.Mavlyanov 2007 yili Yevropa Tabiiy Fanlar Akademiyasini haqiqiy aʻzosi, 2008 yil 16 oktyabrida esa Rossiya Federatsiyasi Tibbiyot va Texnika Akademiyasining muxbir aʻzosi etib taʻyinlangan.

       U 500 dan ortiq chop etilgan ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya, 5 ta darslik, 20 dan ortiq qo‘llanma, 10 ta uslubiy tavsiyanoma, 6 ta patentlar muallifidir. Bir necha bor Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fundamental va amaliy grantlar kesimida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borgan.  I.R.Mavlyanov  rahbarligida 12 ta fan doktori va 22 ta fan nomzodlari tayyorlangan.

     I.R.Mavlyanov Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmakologik qo‘mitasi, ichki kasalliklari bo‘yicha ilmiy-texnik kengashini aʻzosidir. U O‘zbekiston farmakolog va klinik farmakologlari jamiyati raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston terapevtlar assosatsiyasi boshqaruvi aʻzosi, Milliy bioetika qo‘mitasini, Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklari fani bo‘yicha muammo kengashi aʻzosi sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi.  Shu bilan bir qatorda  I.R.Mavlyanov «Nazariy va klinik tibbiyot jurnali», «Infektsiya, immunitet va farmakologiya» jurnallarining bosh muxarriri o‘rinbosari va boshqa qator tibbiyot  sohasi bo‘yicha jurnallarning redkollegiya aʻzosi sifatida ham  xizmat qilib kelmoqda.

      Ilmiy va jamoat sohalari yo‘nalishi bilan bir qatorda I.R.Mavlyanov klinik farmakologiya fani sohasida pedagogik faoliyatini davom ettirib kelmoqda. U ushbu yo‘nalishda bakalavr talabalar, klinik ordinator va magistrlarga ratsional va havfsiz  farmakoterapiya tamoyillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar singdirib kelmoqda.  Sog‘liqni saqlash tizimi davolash profilaktika muassasalariga farmakoterapiya samaradorligini oshirish  usullari hamda dori bilan davolash natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojuya taʻsir xavfini olish yondashuvlarini tadbiq  etmoqda.

      I.R.Mavlyanov 2012-2016 yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bulimi boshlig‘i lavozimida ishladi.

       2015 ilda Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i asosida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Klinik farmakologiya” kafedrasi tashkil etilishi munosabati bilan ushbu kafedra mudiri lavozimiga tasdiqlandi.

        I.R.Mavlyanov hozirgi kunda “Klinik farmakologiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borish bilan bir qatorda Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi direktori o‘rinbosari sifatida xam ishlamoqda.


KLINIK FARMAKOLOGIYa KAFEDRASI 

Klinik farmakologiya kafedrasi Toshkent vrachlar malaka oshishirish institutning tarkibida 2015 yilda tashkillashtirilgan. Kafedra o‘zining tarixini Toshkent tibbiyot akademiya qoshidagi 1982 yilda sobiq ittifoq oliygohlari davolash fakulteti o‘quv rejasiga klinik farmakologiya fani kiritilgandan so‘ng tashkil topgan klinik farmakologiya kafedrasidan boshlagan.

Kafedra 1982 yilda sobiq ittifoqda birinchilardan bo‘lib, ToshDavTI rektorati tashabbusi bilan O‘zbekiston SSR da hizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor R.A. Katsenovich rahbarlik qilayotgan subordinatorlar uchun terapiya kafedrasi huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan klinik farmakologiya kursi bazasida tashkil etildi. 1980-1982 yillarda kursni tibbiyot fanlari doktori O‘zSSR FA IXRV farmakologiya laboratoriyasi mudiri N.T. To‘laganov boshqardi.

1982 yilda mustaqil kafedra tashkil etilgach, shu vaqtgacha ToshDavTI farmakologiya kafedrasi professori bo‘lib kelgan tibbiyot fanlari doktori, professor K.N.Nadjimutdinov kafedra mudiri etib tayinlandi, u 1996 yilgacha rahbarlik qildi. 1996 – 2000 yillarda kafedra mudiri bo‘lib tibbiyot fanlari nomzodi dotsent Babaeva N.G. tayinlandi.

Kafedraga 2000 yildan buyon tibbiyot fanlari doktori professor I.R.Mavlyanov rahbarlik qilmoqda.


Klinik farmakologiya kafedrasi:
Kats Paina Sidneevna
Dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +99871 2894451
E-mail:


Klinik farmakologiya kafedrasi:
Qosimov Abror Shokirovich
Dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +99871 2894451
E-mail:   drkosimov@inbox.ru


Klinik farmakologiya kafedrasi:
Yakubov Alisher Karimovich
Assistent, tibbiyot fanlari nomzodi
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +99871 2894451
E-mail:   dr.alisher.yakubov@mail.ru


Klinik farmakologiya kafedrasi:
Mavlyanov Zafar Iskandarovich
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   +99871 2894451
E-mail:


Manzil:

Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi,
O‘zbekiston, Toshkent sh, Taraqqiyot k, 103

Umumiy terapiya,
Asosiy davolash binosi
1-qavat. Binoning ichki tomonidan kiriladi.
Mo‘ljal: Rentgenologiya bo‘limi