Mikrobiologiya kursi

Mikrobiologiya kursi:
Shadmanova Nargiza Abitovna
T.f.n dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  268- 34-65
E-mail:  shadmanova06@yahoo.com



    Shadmanova Nargiza Abitovna  o‘zbek,  1967 yil 23 iyunda Toshkent shahri ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot institutining sanitariya-gigiena va epidemiologiya ishi mutaxassisligi bo‘yicha to‘liq kursini tugatgan.  1993 Toshkent shaxri Chilonzor tumani  sanitariya-epidemiologiya stantsiyasi   qoshida sanitariya shifokori  sifatida  internatura o‘tgan. 1993-1997 yy. O‘zNRITI  kichik ilmiy xodimi, 1997-2001 yy oralig‘ida  shahar poliklinikasi shifokori va  tibbiy bilim yurti o‘qituvchisi sifatida, 2001-2003 yydan TVMOI stajyor-o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan. 2003 – 2008 yillar oralig‘ida  TVMOI “Mikrobiologiya”  kafedrasi assistenti lavozimida ishladi. 2009-2011yy shu kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2012 yildan  dotsent lavozimida ish olib bordi. 2012  yil sentyabr oyidan kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimiga o‘tkazildi.  2014 yildan  hozirgi kungacha mikrobilogiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Qisqacha ish faoliyatida erishgan yutuqlari.

      2006-2007 yillarda  Malayziyaning IMR nomli ilmiy-tekshirish instituti qoshida  mikrobiologiya mutaxasisligi bo‘yicha ixtisoslashtirish o‘tgan.

      2008 yil may oyida «Vozbuditeli bakterialnыx meningitov,  ix nosoglotochnoe nositelstvo, biologicheskie svoystva i antibiotikorezistentnost» nomli nomzodlik ilmiy ishini himoya qilgan. Hozirgi kunda 03.00.04 – «Mikrobiologiya va virusologiya» mutaxassisligi bo‘yicha  “Наиболее проблемные бактериалные патогены госпиталного происхождения; их биология и резистентност к антимикробным препаратам” nomli doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan himoyaga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

    2006-2008 yillar oralig‘ida faoliyat etgan  «Изучение регионарных особенностей распространения  Л.моноcйтогенес в пишевых продуктах и объектах внешней среды» nomli, hamda 2009-2011 yillarga mo‘ljallangan «Видовая структура нозокомиалных инфекций в стационарах хирургического профиля и устойчивост основных возбудителей к антимикробным препаратам», 2012-2014yy oralig‘ida «Разработка и создание импорт заменяюших средств микробиологической диагностики инфекционных заболеваний»  grat loyihasi bo‘yicha  ish yuritgan. Shu jihatdang,    2015-2017yillariga mo‘ljallangan «Распространенност грамотрицателных бактерий, продуцируюших наиболее       значимые  б- лактамазы у болных с нозокомиалной инфекцией и оптимизация методов их фенотипического выявления      (на примере г. Ташкента)», hamda  “Регионарные особенности  патогенных для человека  эшерихий:  изучение фено- и генотипов по  факторам  врулентности,  резистентности к антибиотикам и определение эффективности алтернативных препаратов (фитопрепаратов)” nomli 2017-2020yillarda olib boriladigan fundamental   loyiha yuzasidan bir qator ishlar olib bormoqda.


Mikrobiologiya kafedrasi tarixi

       Mikrobiologiya va epidemiologiya kafedrasi 1936 yilda O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan Fan arbobi A.D.Grekov tomonidan tashkil etilgan. 1948 yilda kafedra ikkita mustaqil kafedraga bo‘linadi. 1954-1965 yillarda kafedrani dotsent Kocherovskiy Yu.E. 1988 yildan to bugungi kungacha esa professor X.I.Isxakova boshqarib kelyaptilar.

GREKOV ALEKSEY DMITRIEVICH

      A.D.Grekov 1837 yilda Novocherkassk shaharida to‘g‘ilgan. 1897 yilda Peterburg harbiy- tibbiyot  akademiyasini imtiyozli tugatkan. Rus-yapon  urushi mobaynida Xabarovsk gospitalida ordinator bo‘lib ishlagan.  Keyinchalik o‘z o‘qishini davom ettirib 1907 yilda doktorlik dissertatsiyani himoya qilgan.  1907 yildan boshlab u Pishpekdagi harbiy statsionarning katta vrachi va konsultanti bo‘lib ishlagan, va shu yerda barcha Turkiston o‘lkasining yosh vrachlariga taʻlim bergan. 1912 yilda uni Eron territoryasida joylashgan Xoran provintsiyasidagi o‘lat epidemiyasi bilan kurashishga yuborishdi.

      U mikrobiologiya va epidemiologiya rivojlanishida faol ishtirok etgan, boshida harbiy sanitriya boshkarmasining aʻzosi bo‘lib , keyin Turknarkomzdrav va uning ilmiy tibbiy kengashida o‘zining hamda tajriba tashkilotchi talanti va kuchini O‘rta Osiyo infektsion kasalliklari o‘lat, bezgak va boshka kasalliklarga bagishlanadi.

       1925 yilda Grekov tomonidan O‘zSSrning mikrobiologlar ilmiy jamoasini tashkil etib uning doimiy mudiri bo‘lib 14 yil mobaynida ishlagan. Respublikamizdagi tibbiyot ishi tarihiga bag‘ishlangan 50 dan ortiq ilmiy ish va ocherklarning muallifi , u tomonidan 5 ta tibbiyot doktori va o‘nlab tibbiyot doktori va o‘nlab tibbiyot nomzodlari tayerlangan.

       Mashhur olim, O‘rta Osiyoda sog‘likni saqlashni tashkilotchisi, faol jamoachi, O‘zSSrda hizmat ko‘rsatgan Fan arbobi (1953 y)Mehnat ordenlar (1943 y.) “Jasorat mehnati ”va “1941-45 yillarda Germaniyaga Qarshi kurashda Ulug‘ Vatan urushi G‘olibi”   medallarini kavaleri (ikkalasi 1946 y.), SSSRning Minmedbiopromni vaktsina va sqvorotkalar Toshkent ilmiy  -tekshiruv institutining asoschisi.

I.I. Ashmarin  t.f.n., dotsent  1954 – 65 y.y. kafedra mudiri.

     1897 yilda tugilgan, 1923 yilda Kozon universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan.

    1938-1941 yillari, keyin esa 1945 yildan boshlab mikrobiologiya kafedrasining assistenti bulib  ishlagan.  1949 yilda ToshDavTIda  tibbiyot nomzodi dissertatsiyasini yoklagan. 1954-65 yillarda mikrobiologiya kafedrasini mudiri.

      1949, 1958, 1960 yillarda dotsent I.I. Ashmarin A gruppali gemolitik streptokokk Xamda leptospiralar buyicha ishlar natijalarini takdim etgan. U tomonidan 1961 yilda nashr etilgan, ikkinchi marotaba 1966 yilda nashriyotda chikkan “Amaliy tibbiy mikrobiologiya” nomli kitobi bakteriolog – vrachlar uchun amaliy kullanma bulib kolgan.

Yu.E. Kocherovskiy t.f.d.,professor

          1915 yilda tugilgan, 1941 yilda Samarqand tibbiyot institutini tamomlagan, 1955 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, 1957 yilda esa ToshDavTIni mikrobiologiya kafedrasiga  dotsent lavozimiga qabul qilingan. 1965 – 88 yillarda TVMOIni mikrobiologiya kafedrasining mudirib bulib  ishlagan.

       Professor Yu.E. Kocherovskiy  tomonidan Bugmani kozgatuvchi bakteriyalar va patogen kokklar tekshirishi   qilingan  (1969 y.). Bug‘ma kassalikning oldini olish uchun utkaziladigan xaraktlar bugma kasallikning  keskin kamayishiga olib keldi.

        U tomonidan  6ta tibbiyot fan nomzodi tayyorlangan, 50dan ortik ilmiy ishlar chop etilgan.

        Albatta mikrobiologiya, infektologiya va epidemiologiyani rivojlanishiga muhim hissasini qushgan olim – pedagoglar professor S.R. Gildin tug‘risida tuhtalib utish zarur. Kafedraning tashkillanish jarayonidan uz ishining fidokori va ustasi bulmish tibbiyot fanlari nomzodlari dotsentlar T.S. Nechmireva, Z.A. Abdumalikova, N.A. Amanov, xamda G.X. Xamidova,  katta uqituvchi M.A. Kadыrova va assistent R.A. Rыsbaevalar ishlab kelishgan.

      1998-2012 yillar oralig‘ida  kafedrani professor X.I. Isxakova boshqardi.   Isxakova Xalida Ilxomovna  1942 yilda Toshkentda tugilgan. 1965 yilda ToshDavTIni tamomlagan, 1969-74 yillari Gematologiya va kon kuyish ilmiy -tekshirish institutini katta ilmiy xodim, 1976-88 yillarda Butun Ittifok Xirurgiya markazining katta ilmiy xodimi.

        1988 yildan boshlab TVMOI kafedrasining mudiri bulib ishlagan. Xozirgi kunda kafedra professori lavozimida ishlab kelmokda.  1971 yilda nomzodlik dissertatsiyasini I.I.Mechnikov nomli vaktsina va sыvorotkalar ilmiy-tekshiruv institutida yoklagan.

   X.I.Isxakova raxbarligida ukuv jarayoniga gospital infektsiya tugrisidagi mikroorganizmlar klassifikatsiyasi, nofermentativ gram –manfiy bakteriyalarni tekshiruvlari, V-guruxli streptokokk, stafilokokk, meningit kuzgatuvchisi, bugma korinobakteriyalari sanitar- mikrobiologik tekshiruvlar buycha maʻlumotlar kiritildi.

         U tomonidan 14 ta nomzodlik va 4 ta doktorlik dissertatsiyalar, ulardan tashkari 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi ximoyaga tayyorlangan va 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanish jarayonida.


Mikrobiologiya kursi:
Isxakova Xolida Ilxamovna
T.f.d. Professor
Qabul kunlari: Dushanba-Chorshanba 14:00 – 17:00
Telefon:  268-34-65
E-mail:  sazonova41@mail.ru


Mikrobiologiya kursi:
Sapaeva Firuza Ruzimbaevna
T.f.n. Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  268-34-65
E-mail:  sapayeva85@mail.ru


Mikrobiologiya kursi:
Abdullaev Asilbek Ongdalievich
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:   268-34-65
E-mail:  kurs.bak@mail.ru



Manzil: O‘zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri,
Mirzo-Ulug‘bek tumani,
Parkent ko‘chasi-51,
Toshkent vrachlar malkasini oshirish instituti,