Yuqumli kasalliklari kafedrasi

Yuqumli kasalliklari kafedrasi:
Musabayev Erkin Isakovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri.
Qabul kunlari: Dushanba-Chorshanba-Payshanba 10:00 – 12:00 – Juma. 15:00 – 16:30
Telefon:  +998 71 224-83-26
E-mail:  drmusabaev@rambler.ru



       Musabayev Erkin Isakovich 1956 yilning 23 aprelida Toshkent shahrida tug’ilgan. Millati o’zbek. Ma’lumoti oliy. 1979 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini imtiyosli diplim bilan tugatgan. 1983 yilda fan nomzodi, 1991 yilda fan doktori ilmiy darajalarini olgan. 1995 yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 1973 yildan 1995 yilgacha Epidemioligiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida klinik ordinator, aspirant, kichik ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1995-1996 yillarda 1-Shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida bosh shifokor lavozimida ishlagan. 1996 – 2000 yillarda Epidemioligiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida laboratoriya mudiri bo’lgan. 2000 yildan 2004 yilgacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, 2004 yildan Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimida ishlab kelmoqda. E.I.Musabayev 5 monografiya, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. E.I.Musabaev qo’l ostida 17 ta ilmiy dissertasiyalar yoqlangan.


Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining yuqumli kasalliklar kafedrasi 1939 yilda professor N.I.Rogoza tavsiyasiga ko’ra tashkil etilgan.

1951 yilgacha kafedraga A.Kasenovich va A.Sigal rahbarlik qilgan. 1951 yildan 1988 yilgacha kafedrani O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, Rossiya Federasiyasi tibbiyot fanlar akademiyasi muhbir a’zosi professor Isak Kurbanovich Musabayev boshqargan.

 

       1988 – 2000 yillarda kafedra rahbari tibbiyot fanlari doktori Djuraboy Adilovich Adilov bo’lgan. 2000 yildan hozirgi kungacha kafedra tibbiyot fanlari doktori, professor E.I.Musabaevning qo’l ostida ish olib bormoqda.

Kafedra faoliyati davomida kafedra xodimlari tomonidan ko’pgina yuqumli kasalliklarda mikroelementlar buzulishlarining patogenetik aspektlari o’rganilgan, bu o’z navbatida buzulishlarni tuzatish hisobiga erta bemorlarni sog’ayishiga olib keldi. 1975-1995 yillarda kafedra xomiladorlarda parenteral virusli gepatitlarlar kechishining o’ziga xosliklarini o’rganish bilan shug’ullangan.

          

1995 yildan kafedra surunkali virusli gapatitlar B, C va Delta bo’yicha, OIV infeksiyasi bo’lgan bemorlarni davolash va olib borish, seroz meningitlar mavzulari yuzasidan ilmiy ishlar olib boradi.

Kafedrada 92 ta fan nomzodlari, 16 ta fan doktorlari etishib chiqqan. 24 ta monografiya, 4 tomlik yuqumli kasalliklar bo’yicha qo’llanma chop etilgan.

Yuqumli kasalliklarning barcha yo’nalishlari bo’yicha 10 dan ortiq sikllar tashkil qilingan. 1995 yildan boshlab OIV infeksiyasi bo’yicha alohida sikl tashkil etilgan. Oxirgi yillarda kafedrada “Gepatologiya” mavzusida sikllar rejaga kiritilib olib borilmoqda. Bu sikllarda kursantlar jigarning yuqumli kasalliklarida zamonaviy laborator-instrumental tekshiruv usullari va davolash chora tadbirlari bilan tanishadilar. Oxirgi 5 yilda kafedrada 600 dan ortiq shifokorlar malaka oshirgan.

Kafedra xodimlari baza joylashgan klinika davo-tashxisot ishlarida faol ishtirok etadilar. Professor va dotsentlar Virusologiya ilmiy tekshirish institute klinikasi bo’limlarining ilmiy rahbarlari hisoblanadi. Assistentlar biriktirilgan bo’limlarda bemorlarni ko’rib olib boradilar. Barcha kafedra xodimlari klinikada o’tkaziladigan patologoanatomik konferensiyalarda ishtirok etadilar. Kafedrada ishlab chiqilgan metodik yo’riqnomalar klinika faoliyatida qo’llaniladi.

Kafedra horijiy davlatlar tibbiy muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi (D.I.Ivanovskiy nomidagi Virusolgiya ITI, GRIPP instituti, AQSHning CDC tashkiloti, UNICEF, Global fond, USAID va b.).


Yuqumli kasalliklari kafedrasi:
Kamilov Farhod Xaydarivich
Tibbiyot fanlari doktori. Dotsent
Qabul kunlari: Dushanba – Shanba 11:00 – 14:00
Telefon:  +998901687161
E-mail:  fkamilov@mail.ru


Yuqumli kasalliklari kafedrasi:
Rahimova Visolaxon Shavkatovna
Tibbiyot fanlari nomzodi. Dotsent
Qabul kunlari:  Dushanba – Shanba 11:00 – 14:00
Telefon:   +998909159309
E-mail:   visolasitora@gmail.com


Yuqumli kasalliklari kafedrasi:
Kasimova Rano Ibrohimovna
Tibbiyot fanlari nomzodi. Assistent
Qabul kunlari:   Dushanba – Shanba 11:00 – 14:00
Telefon:  +998946085188
E-mail:   rano_k@list.ru


Yuqumli kasalliklari kafedrasi:
Saydaliyev Saidaziz Saidimuratovich
Assistent.
Qabul kunlari: Dushanba – Shanba 11.00 – 14.00
Telefon:   +998935208414
E-mail:  saydusha@gmail.com


Yuqumli kasalliklari kafedrasi:
Egamova Intizor Normuxammadovna
Stajor-o’qituvchi
Qabul kunlari: Dushanba – Shanba 11.00 – 14.00
Telefon:   +998909803995
E-mail:  egamova76@mail.ru


O’zbekiston Respublikasi
Sog’liqni saqlash vazirligining
Virusologiya Ilmiy tekshirish instituti
100194. Toshkent shahar, Yunus Obod tumani,
Yangishahar ko’chasi, 7A
Tel/Faks: (+99871) 224-83-26
Vebsayt: riv.uz
e-mail: virology.institute@gmail.com
Avtobuslar: 150, 67.
Marshrutkalar: 141