Kilinik laborator diagnostika kafedrasi

Kilinik laborator diagnostika kafedrasi:
Aripov Abdumalik Nigmatovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, Kafedra mudiri
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:  +99871   268-24-49
E-mail:  а-malik8@mail.ru



      A.N. Aripov 1969 yilda ToshTIning stomatologiya fakultetini tamomlagan. 1976 yilda «Биохимические аспекты компенсаторно-приспособителных процессов» nomli nomzodlik, 1989 yilda «Povrejdenie membran endoplazmaticheskogo retikuluma pecheni pri gepatitax i metodы ix korrektsii» nomli doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1991 yilda unga professorlik unvoni berilgan.

     Mehnat faoliyatini 1969 yilda ToshTI bioximiya laboratoriyasining ilmiy xodimi sifatida boshlagan. 1976-1998 yillarda  Pediatriya RIIATM laboratoriya bo‘limining mudiri lavozimida ishlagan.  1998 yildan to hozirgi kungacha ToshVMOI Klinik laborator diagnostika kafedrasiga mudirlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga 2003-2012 yillarda  ToshVMOI ilmiy ishlar prorektori lavozimida ham ishlagan.

      U 4 monografiya, 250 dan ortiq maqola, 20 ta uslubiy tavsiyanomalar va 5 ta mualliflik guvohnomasi muallifi.  Uning raxbarligida 6 ta  doktorlik va 3 ta nomzodlik dissertatsiyalari  himoya qilingan.  O‘zR SSVning klinik laborator diagnostika bo‘yicha bosh mutaxassisi hisoblanadi. «Sog‘liqni saqlash aʻlochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.


ToshVMOI Klinik laborator diagnostika kafedrasi

     Klinik laborator diagnostika kafedrasi klinik tibbiyotda va avvalambor XX asrning 20-30 yillarida O‘rta Osiyoda keng tarqalgan tropik va parazitar kasalliklar diagnostikasida laborator tadqiqotlar usullarini kengaytirishga bo‘lgan ehtiyoj tufayli tashkil  qilingan.

       A.N.Kryukov, keyinchalik  I.A.Kassirskiy rahbarligidagi  ToshTI ning  gospital terapiya kafedrasi qoshida parazitologiya kursi tashkil qilinadi va unga I.I.Xodukin  rahbarlik  qiladi. Keyinchalik ToshVMOIda mustaqil tropik kasalliklar kafedrasi tashkil qilingan va unga professor A.S.Mnushkin rahbarlik  qilgan.

     Kafedrada  shifokorlarni gematologik, umumklinik va parazitar tekshirish usullari bo‘yicha o‘qitish olib borilgan.

      Laborator xizmatni yaxshilash, vrach-laborantlarning malakasini oshirish uchun sharoit yaratish maqsadida 1958 yilda  “Klinik laborator diagnostika va parazitar kasalliklar kafedrasi” tashkil qilingan va unga t.f.n., dotsent N.R .Rahimov boshchilik  qilgan.

       Keyinchalik kafedra “Klinik laborator diagnostika kafedrasi” deb nomlana boshlangan. 1961 yilidan 1998 yilgacha kafedraga professor M.M.Mahkamova rahbarlik  qilgan. 1998  yildan  hozirgi  kungacha  kafedraga professor A.N. Aripov rahbarlik  qilmoqda.

Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

      «Lipoproteidlar va ateroskleroz», «Qandli diabet va buqoq kasalligida zardob ferment tizimlari», «Oshqozon yarasi va oshqozon saratoni bilan kasallangan bemorlarda eritropoez hujayralarining ultrastruktur tasnifi», «Fermentlar va xomiladorlik»  va boshqalar.

    Kafedra tashkil qilinganidan buyon 400 dan ziyod bosma ishlar chop etilgan, 7 monografiya, 30 metodik qo‘llanma, 5 ratsionalizatorlik takliflari, shular  jumlasidandir. 10 nomzodlik va 2 doktorlik dissertatsiyalari himoya  qilingan.

      Kafedra institutning maʻmuriy binosida joylashgan. Pediatriya RIIATM, RShTYoIM, shahar diagnostika markazi kafedraning bazalari hisoblanadi.

       Kafedra O‘zR DPM KDL, Moskva  biotibbiy kimyo ITI, Rossiya tibbiyot akademiyasining diplomdan keyingi taʻlim  Klinik laborator diagnostika kafedrasi bilan doimiy hamkorlikda.


Kilinik laborator diagnostika kafedrasi
Borzova Nina Sergeevna
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


Kilinik laborator diagnostika kafedrasi
Aripov Orifjon Abdumalikovich
Tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


Kilinik laborator diagnostika kafedrasi
Axmatxodjaeva Dilnoza Anorovna
katta o‘qituvchi
Qabul kunlari: Dushanba-Juma14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


Kilinik laborator diagnostika kafedrasi
Muxamedjanova Nodira Ismaildjanovna
Tibbiyot fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


Kilinik laborator diagnostika kafedrasi
Sha-Axmedova Liliya Rashidovna
Tibbiyot fanlari nomzodi, assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


Kilinik laborator diagnostika kafedrasi
Matyakupova Gulnora Radjabovna
Assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


Kilinik laborator diagnostika kafedrasi
Usmanova Zaxro Abduvalievna
Doktor filosofii (PhD), assistent
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 – 17:00
Telefon:
E-mail:


Manzil: O‘zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri,
Mirzo-Ulug‘bek tumani,
Parkent ko‘chasi-51,
Toshkent vrachlar malkasini oshirish instituti,
O‘quv binosi – 8 qavat.