Epidemiologiya kafedrasi

Epidemiologiya kafedra:
F.I.SH: Iskandarova Gulnoza Tulkinovna
kafedra mudirasi, professor.
Qabul kunlari: seshanba va juma: 14:00 – 17:00
Telefon: +99871 268-34-60 && +99890 185-70-40
E-mail:  gulnoza2874@mail.ru



        Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor 1974 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan.

          1997 yilda II – Toshkent Davlat tibbiyot oliygohining sanitariya-gigiena fakultetini bitirgan.

         1997-2002 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Umumiy va neorganik kimyo” institutida kichik ilmiy xodim lavozimida ishladi.

       2000 yilda «Yangi pestitsid XS-2 ni toksikologik baholash va  atrof-muhit obʻektlaridan gigienik jihatdan meʻyorlash» mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.

     2002-2007 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari Ilmiy tadqiqot institutida “Bolalar va o‘smirlar gigienasi” laboratoriyasida katta ilmiy xodim lavozimida ishladi.

     2006 yilda «18-27 yoshli o‘smirlar organizmining jismoniy qobiliyati va morfofunktsional rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari, qonuniyatlari va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari» mavzuida  doktorlik dissertatsiyasi ishini himoya qildi.

     2007 yildan boshlab hozirgi kunga qadar Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining epidemiologiya kafedrasida professor, kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

      Chop etilgan 367-ta ilmiy ishlarning muallifi. Shulardan: 6-monografiya, 245-maqola (115-ilmiy ishlar to‘plamida; 130-jurnallarda, ulardan 20-tasi chet ellarda chop etilgan). 15-O‘zR sanitariya meʻyorlari, qoida va gigienik normativlari, 2- Qurilish meʻyorlari (KMK), 60- uslubiy tavsiya va qo‘llanma; 30-o‘quv uslubiy qo‘llanma, 20-o‘quv dasturi va 4-ixtiroga mualliflik haqidagi maʻlumotnoma. Hozirgi kunda uning rahbarligida 1-ta nomzodlik va 1-ta doktorlik dissertatsiyasi ishi bajarildi va 2-ta doktorlik dissertatsiyasi ishi bo‘yicha ilmiy maslahatchi bo‘lib hisoblanadi.

Oilali, bitta farzandi bor.


EPIDEMIOLOGIYa KAFEDRASI HAQIDA MAʻLUMOT
Toshkent vrachlar maakasini oshirish institutining Epidemiologiya kafedrasi 1932 yilda tashkil topgan.

«Epidemiologiya» kafedrasiga rahbarlik qilganlar:
1932 yildan1950 yilgacha – professor Grekov A.D.
1950 yildan 1952 yilgacha – professor Gildin S.R.
1952 yildan 1957 yilgacha – professor Grekov A.D.
1958 yildan 1960 yilgacha – professor Badanov M.I.
1960 yildan 1977 yilgacha – dotsent Podgornova P.G.
1977 yildan 2005 yilgacha – dotsent Baxramova R.A.
2005 yildan 2011 yilgacha – professor Niyazmatov B.I.
2011 – 2017 yillar – t.f.n. Saidaliev S.S.
2017 yildan boshlab t.f.d., professor Iskandarova G.T.

      Kafedrada faoliyat yuritgan xodimlar: Diveeva F.X., Sokolova I.S., Lebedeva N.P., Abdusattarov A.A., Ziyaev Sh., Yarmuxamedov M.A., Mustafaev X.M., Xojimirzaev A.X., Xakimov M.M., Burakova Ye.F., Tursunova D.A. va boshqalar.

    Epidemiologiya kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya nazorat Markazlarining mutuxassislari uchun mo‘ljallangan umumiy va mavzuiy malaka oshirish tsikllari, shuningdek, «Epidemiologiya», «Dezinfektologiya», «Parazitologiya» va «Tibbiy entomologiya» yo‘nalishlari bo‘yicha birlamchi va qo‘shimcha ixtisoslashtirish tsikllarini o‘tkazadi.

      Epidemiologiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan Yonsey Universitetining epidemiolog-professorlari bilan hamda Koreya Respublikasining Xalqaro aloqalar bo‘yicha Tashkiloti bilan hamkorlikda faoliyat olib borishmoqda. Muvaffaqiyatli hamkorlik natijasida umumiy malaka oshirish va birlamchi ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shma o‘zbek-koreys o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va ushbu dasturlar asosida o‘quv tsikllari olib borilmoqda.

     TashVMOI Epidemiologiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari Janubiy Koreyada malaka oshirib kelishdi va buni tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

       Epidemiologiya kafedrasida DSENM epidemiologlari, infektsionistlar, jarroh-rabiologlar, travmatolog-rabiologlar uchun mo‘ljallangan «Shifoxona ichi infektsiyalarining epidemiologiyasi va profilaktikasi», «O‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning epidemiologiyasi va profilaktikasi», «Immunoprofilaktika», «Rabiologiya» mavzulariga bag‘ishlangan qisqa muddatli (36-72 soatlik) mavzuiy malaka oshirish tsikllari o‘tkaziladi. Har yili kafedra tomonidan barcha viloyatlarda masofadan turib o‘qitish tsikllari o‘tkaziladi.

    Tibbiy taʻlim sohasida epidemiologiyaning ahamiyatiga eʻtibor oshib bormoqda. «Epidemiologiya» fanini o‘rganish majburiy hisoblanadigan mutaxassisliklarning safi kengayib bormoqda.

     Kafedrada stomatolog vrachlar uchun 1,5 oy (216 soat)ga mo‘ljallangan «Stomatologiya amaliyotida gemokontakt infektsiyalarning epidemiologiyasi va profilaktikasi» mavzusida ToshVMOI Stomatologiya kafedralari bilan hamkorlikda mutlaqo yangi integratsiyalangan tsikl tashkil qilindi.

   Kafedrada faol ravishda «O‘zbekiston Respublikasida bakterial va virusli ichak infektsiyalariga qarshi kurashda profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish» yo‘nalishida ilmiy ish amalga oshirilmoqda.

         Kafedra Respublika, viloyat, shahar davlat sanitariya-epidemiologiya markazlari, Respublika OITSga qarshi kurash Markazi, O‘zFA qoshidagi Botanika va zoologiya Ilmiy tekshirish Instituti, Salomatlik Instituti, Respublika O‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar Markazi, Virusologiya Ilmiy Tekshirish instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar Ilmiy Tekshirish instituti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Epidemiologiya kafedrasi bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Epidemiologiya Ilmiy Tekshirish Markazlari va Sechenov nomidagi Moskva Tibbiyot Akademiyasining Epidemiologiya kafedrasi, I.I.Mechnikov nomidagi Sankt-Peterburg Davlat Tibbiyot Universiteti, Ibn Sino nomidagi Tojikiston Tibbiyot Universiteti, S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy Tibbiyot Universiteti, Janubiy Koreyaning seul shahridagi Yonsey Universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

   Kafedrani kelajakda infektsion va noinfektsion kasalliklarning epidemiologiyasini o‘rganishda ilmiy yo‘nalishlarni kengaytirish, olim va olimalarning avlodini, epidemiolog mutaxassislarni yetishtirish kabi ulug‘ va sharafli ishlar kutmoqdaki, ushbu mutaxassis va olimlarning muvaffaqiyatlaridan kafedraning jamoasi faxrlanib yurishga xaqlidir.


Epidemiologiya kafedrasi:
Saidaliev Saidmurod Saidganievich 
T.f.n. Katta o’qituvchi.
Qabul kunlari: Shanba 12:00 – 15:00
Telefon:  (+99871) 268-34-60
E-mail: kaf_epidemiologiya@tipme.uz


Epidemiologiya kafedrasi:
Raxmanova Jamila Amanovna
T.f.n. Dotsent
Qabul kunlari: Seshanba-Payshanba 14:00 – 17:00
Telefon:  (+99871) 268-34-60
E-mail: jamila.rakhmanova@gmail.com


Epidemiologiya kafedrasi:
Zoirova Nigora Taxirovna
Assistent.
Qabul kunlari: chorshanba – juma  14:00 – 17:00
Telefon: (+99871) 268-34-60
E-mail:  nika-epi@mail.ru


Epidemiologiya kafedrasi:
Latipov Renat Rafailovich
T.f.n., Assistent
Qabul kunlari: Shanba 12:00 – 15:00
Telefon:  (+99871) 268-34-60
E-mail: kaf_epidemiologiya@tipme.uz


Epidemiologiya kafedrasi:
Abdushukurov Abdurashid Abduraximovich
T.f.n., assistent
Qabul kunlari: Shanba 12:00 – 15:00
Telefon:  (+99871) 268-34-60
E-mail:  kaf_epidemiologiya@tipme.uz


Epidemiologiya kafedrasi:
Madaminov Marufjon Madaminovich
Assistent
Qabul kunlari: Shanba 12:00 – 15:00
Telefon: (+99871) 268-34-60
E-mail:  kaf_epidemiologiya@tipme.uz 


Epidemiologiya kafedrasi:
Farmonova Maxfuza Fatulloevna 
Laborant
Qabul kunlari: — — —
Telefon: (+99871) 268-34-60
E-mail:  kaf_epidemiologiya@tipme.uz 



Manzil: O‘zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri,
Mirzo-Ulug‘bek tumani,
Parkent ko‘chasi-51,
Toshkent vrachlar malkasini oshirish instituti,
O‘quv binosi – 5 qavat.