Akilov Xabibulla Ataullaevich 1957 yilda tug‘ilgan, o‘zbek. Tibbiet fanlari doktori, professor.
Hozirda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining rektori, hamda shu institutning xirurgiya, bolalar xirurgiyasi kafedrasining mudiri bo‘lib ishlaydi.
Respublikada tibbiyot fanining bolalar xirurgiyasi sohasini rivojlantirishga va vrachlarning diplomdan keyingi ta’limi, masovafiy ta’lim va qayta tayyorlash ishlariga rahbarlik qilib, o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan ko‘zga ko‘ringan olimdir.
Prof.X.A. Akilov xirurgiya yo‘nalishida respublikamizda o‘z maktabini yaratgan olimdir. U yaratgan maktab mutaxassislari uning rahbarligida bolalarda portal gipertenziya asoratlarini xirurgik davolash , jigar va o‘t yo‘llari xirurgiyasi bo‘lgan bemorlarga jarrohlik yordami ko‘rsatish, qorin bo‘shlig‘i a’zolarini endoxirurgiyasi, tezkor xirurgiya masalalari bilan shug‘ullanadilar.
Uning rahbarligida 4 ta doktorlik, 14 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan, 6 ta ilmiy ish (PhD) ustida izlanishlar olib borilmoqda.
Prof.X.A.Akilov Respublikada tan olingan olim sifatida bolalarda portal gipertenziya asoratlarini, jigar va o‘t yullari kasalliklari va qorin bo‘shlig‘i tezkor patologiyalarini xirurgik davolash bilan shug‘ullanadi.
O‘z ilmiy va pedagogik faoliyatini zamonaviy texnik innovatsion dasturlar bilan to‘ldirib borishi natijasida Respublikamizda bolalar qo‘shma jarohatlarida nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlari keskin kamayishiga erishildi. Uning rahbarlik qilish jarayonida bolalar qorin bo‘shligi o‘tkir kasalliklarida klinikada endovideoxirurgik operatsiyalarga asos solindi. Bolalar xirurgiyasida X.A.Akilov rahbarligida endovideoxirurgik operatsiyalar rivojlantirilmokda, jumladan, kafedrada ko‘plab endovideo xirurgik operatsiyalarni amalga oshiruvchi mutaxassislar tayyorlanmokda.
Prof.Akilov X.A xirurgiya yo‘nalishida bir necha amaliy va innovatsion grantlarga rahbarlik qilgan, ularning natijalari amaliyotga keng tatbiq etilganligi ahamiyatga molik.
Prof.Akilov X.A. 450 dan ortiq ilmiy nashrlarning muallifi: ulardan 3 ta monografiya, 250 dan ortiq ilmiy maqola, ulardan 45 tasi xorijiy jurnallarda, 13 patentlar, mualliflik guvohnomalari, ratsionalizatorlik takliflari, uslubiy tavsiyanomalar shular jumlasidan hisoblanadi. Web of Science halqaro ma’lumotlar bazasida ilmiy nashrlarga ega.
Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga saylangan, hozirda shu kengashning uchinchi chaqiriq deputati.
Bir qator ilmiy jurnallarning redkollegiya a’zosi.O‘z faoliyatida prof.Akilov yetakchi mutaxassis bo‘lib yetishgan yetuk olim: OAKning ekspert kengashi a’zosi, TVMOI ixtisoslashgan ilmiy kengash raisi, Umumjahon xirurglari Assotsiatsiyasi a’zosi, Pirogov nomli Xalqaro Xirurglar Assotsiatsiyasi a’zosi, Rossiya va Hamdo‘stlik mamlakatlari xirurg-gepatologlari Xalqaro Assotsiatsiyasi boshqaruvi a’zosi,O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam vrachlari Assotsiatsiyasining boshqaruvi a’zosi, O‘zbekiston bolalar xirurglari ilmiy jamiyatining raisi, Rossiya tibbiy texnik akademiyasining akademigi.
Uning mehnatlari munosib taqdirlangan bo‘lib, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash a’lochisi, “O‘zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi”, “O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligi”, “O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi”, ko‘krak nishonlariga ega va Ukrainaning Georgiy “Shon, Shuhrat, Mehnat”medalining sohibi.
Et et consectetur ipsum labore excepteur est proident excepteur ad velit occaecat qui minim occaecat veniam. Fugiat veniam incididunt anim aliqua enim pariatur veniam sunt est aute sit dolor anim. Velit non irure adipisicing aliqua ullamco irure incididunt irure non esse consectetur nostrud minim non minim occaecat. Amet duis do nisi duis veniam non est eiusmod tempor incididunt tempor dolor ipsum in qui sit. Exercitation mollit sit culpa nisi culpa non adipisicing reprehenderit do dolore. Duis reprehenderit occaecat anim ullamco ad duis occaecat ex.