KASIMOVA MUNIRAXON SADIKJANOVNA
tibbiyot fanlari doktori, TVMOI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori.
1967 yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan, millati o‘zbek. M.S. Kasimova 1990 yilda Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini a’lo baholar bilan tugatib, ushbu institutning oftalmologiya kafedrasiga klinik ordinaturaga qabul qilingan.
1996 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oftalmologiya kafedrasiga aspiranturaga qabul qilindi va 1998 yilda professor X.M. Kamilov rahbarligi ostida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
M.S. Kasimova 2000 -2017 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oftalmologiya kafedrasi assistenti, dotsenti, 2017 yilda kafedra professori lavozimiga tayinlandi.
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oftalmologiya kafedrasida ko‘ruv nerv va to‘r parda tomirlaridagi o‘tkir qon aylanish yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda tashxislash va davolash yangi usullarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashni patogenetik asoslash bo‘yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirdi.Ushbu ilmiy tadqiqotlar natijasi sifatida M.S. Kasimova 2009 yillarda professor M.S.Kamilov rahbarligi ostida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2013 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti xalqaro ishlar bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Xozirda ikkita falsafa doktorlarini (PhD)tayyorlagan.
Stomatologiya, oftalmologiya va LOR mutaxassisliklari bo‘yicha ixtisoslashgan kengash a’zosi, TVMOI olimlar kengashining rais o‘rinbosari. “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” “O‘zbekiston Mustaqiligining 26 yilligiga” medallari bilan taqdirlangan.
2017 yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o‘kuv ishlari bo‘ -yicha prorektori va o‘rindoshlik asosida oftalmologiya kafedrasi professori sifatida faoliyat olib bormoqda.
Et et consectetur ipsum labore excepteur est proident excepteur ad velit occaecat qui minim occaecat veniam. Fugiat veniam incididunt anim aliqua enim pariatur veniam sunt est aute sit dolor anim. Velit non irure adipisicing aliqua ullamco irure incididunt irure non esse consectetur nostrud minim non minim occaecat. Amet duis do nisi duis veniam non est eiusmod tempor incididunt tempor dolor ipsum in qui sit. Exercitation mollit sit culpa nisi culpa non adipisicing reprehenderit do dolore. Duis reprehenderit occaecat anim ullamco ad duis occaecat ex.