Телефон доверия:
+998 71 268-17-44
Faxriylar kengashi

 

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti    Faxriylar kengshashi raisi

Sabirov Djuraboy Marifbaevich

Tibbiyot fanlari doktori, professor.

 

http://tipme.uz/wp-content/uploads/2018/09/1-3-225x300.jpg

 

 


     Djuraboy Marifbaevich Sabirov tajribali shifokor, ko‘p qirrali olim, mohir pedagog, tashkilotchi rahbar va yuksak insoniy fazilatlarga ega  inson sifatida el-yurt hurmatini qozongan. Mamlakatimizda vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etishga o‘z xissasini qo‘shgan tajribali, oliy toifali shifokor. Mehnat staji 45 yil. ToshVMOIning rektori vazifada 1997 -2017 yil davomida ishlagan.

2007 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Tibbiyot amaliyotida birinchi marta epidural va endotraxeal anesteziya,  turli uslubdagi o‘pkaning yuqori chastotali sunʻiy ventilyatsiyasi kombinatsiyalarini qo‘llashga rahbarlik qilgan.

  Institutda 11 ta amaliy va innovatsion, 3 ta xalqaro grant loyihalari amalga oshirildi. Natijada tibbiyotda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shifokorlar uchun 20 dan ortiq uslubiy tavsiyalar, 14 ta klinik tavsiya, UNISEF, Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti loyixalari doirasidagi 3 ta klinik tavsiya, respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda 1000 dan ortiq maʻruzalar qilingan, xalqaro ilmiy-amaliy jurnallarda               100 dan ortiq maqola nashr etilgan,  xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda 100 dan ortiq maʻruzalar qilingan, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 9 ta monografiya, 2 ta risola, 3 ta atlas yaratilgan, ilmiy yangiliklar uchun 8 ta patent olingan, natijada tibbiyotdagi qator dolzarb masalalarga yechim topilgan.

2013 yili MTTA va Getinge Akademiyasi bilan hamkorlikda Xalqaro markaz tuzildi. Natijada so‘nggi uch yilda O‘zbekistondan 31 nafar vrach Buyuk Britaniya, Rosiya Federatsiyasi, Latviya, Braziliya, Ispaniya, Germaniya, Koreya, Ukraina kabi davlatlarda malaka oshirgan.

2014 yili institutda Molekulyar tibbiyot va nanotexnologiya markazi tashkil etilishiga rahbarlik qildi. Shu davrda 6 ta xalqaro ilmiy tadqiqot olib borildi. Natijada jahon tibbiyotida innovatsiya va texnologiyalarni tibbiyotgan tadbiq etish, ichki kasalliklar laboratoriya diagnostikasiga yangi metodologik tendentsiyalarni kirgazish, radoaktiv manbaalarni jismoniy ximoyalash, gen gistologiyasining zamonaviy metodlarini amaliyotga tadbiq etish kabi dolzarb masalalarga yechim topilgan.

D.Sabirovning ilmiy rahbarligida 10 fan nomzodi va 2 fan doktori tayyorlangan. Shogirdlari mamlakatimizdan tashqari, Rossiya Federatsiyasi, Qrzog‘iston, Qirg‘iziston, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarini davom ettirmoqda.

1999 yildan Anesteziolog-reanimatologlar assotsiatsiyasi raisi. O‘zbekistonda 87 ta anesteziolog va reanimatologlar sʻezdi va konferentsiyalari tashkil qilinishiga boshchilik qilgan.

Jamoat ishlarida faol.

Hamisha davlat siyosatini keng targ‘ib etadi.

Ibratli oila boshlig‘i.

Hozirgi kunda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Faxriylar kengshashi raisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi  “Maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-3160-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʻlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3151-sonli Qarorining 21- bandida  belgilangan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha ToshVMOI Rektorat yig‘ilishi Qaroriga binoan:

  1. Institutda Faxriylar kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va

Kengashning yillik ish rejasi tasdiqlandi.

  1. Faxriylar kengashi raisi etib professor J.M.Sabirov

jamoatchilik asosida tayinlangan.

  1. Kengash tarkibi quyidagicha belgilangan.

Kengash aʻzolari:

  1. professor D.A.Asadov
  2. dotsent L.E.Ataxanova
  3. akademik A.M.Ubaydullaev
  4. akademik F.G.Nazirov
  5. akademik S.S.Gulyamov
  6. professor S.M.Baxramov
  7. professor A.A.Fazilov
  8. professor Sh.B.Irgashev
  9. professor Isxakova X.I
  10. professor X.M.Kamilov
  11. dotsent T.Sh.Mamatova
  12. professor M.Z.Zaxidova
  13. T.M.Maxkamov