Helpline:
+998 71 268-17-44
Muqaddassan ey aziz Ayol!
07.03.2022    09:15 473 Чоп этиш

Muqaddassan ey aziz Ayol!

TIBBIYOT HODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO’LIMI

Toshkent sh.                                                                                         07.03.2022

 

    Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Aslida oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barakat kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar, munis onalarimiz, opa-singillarimizdir.

Joriy yilning 7 mart kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantrish Markazi rahbariyati  “8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan barcha Makraz ayol hodimlarini tantanali ravishda gullar dastasi va eng samimiy niyatlar bilan hushnud etdilar.

    Markaz rahbari X.A.Akilov o’z tabrik so’zida quyidagi iliq fikrlarni bildirib nafaqat markaz jamoasi ayollari, balki butun Respublika ayollarini ushbu ayyom bilan chin qalbidan tabrikladi: “Istagimiz shuki, qalbingizdan quvonch, yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Xayrli va savobli maqsadni diliga tukkan fidoyilar safida dadil qadam tashlayotgan ekansiz, bugungidek tiniq orzular, beg‘ubor maqsadlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin”.

   Xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, mashaqqatli mehnatlarini qadrlash va munosib rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyalash biz uchun ham qarz, ham farzdir.

  Ma’naviyat va Ma’rifat bo’limi boshlig’i                                           Sh.R.Maqsudova

Ma’naviyat va Ma’rifat bo’limi metodisti                                                              А.Х.Хaydarova