Helpline:
+998 71 268-17-44
"Teach your children the science of the future, not just today"
28.04.2022    04:51 298 Чоп этиш

TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

                        MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BOʼLIMI    

Toshkent sh.                                                                                    27.04.2022 yil

 

Markaz olimlar ilmiy kengashining navbatdagi yigilishi bo’lib o’tdi.

      Yig’ilishni Markaz direktori, professor X.A.Akilov kirish soʼzi bilan ochib berdi. Soʼngra Markaz “Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo’limi” boshlig’i, dotsent R.K.Salixodjaeva “Sog‘liqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish” yuzasidan o’zining prezentatsion taqdimotini keng, mazmunli tarzda yetkazdi.

    

“Tibbiy profilaktika fakulteti” dekani  proffessor G.T. Iskandarova Markaz fakultetida olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy va davolash ishlari, ma’naviy- ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar xususida o’z hisobotini prezintatsion tarzda bayon qildi.

 

         Keyingi hisobot ham Markazning “Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash fakulteti” kesimida olib borilayotgan o’quv uslubiy, ilmiy ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar xususida bo’ldi. Bu hisobotni fakultet   dekani professor B.A Magrupov keng jamoatchilikga yetkazdi.

“Markaz Xalqaro bo‘limi” boshlig’i t.f.d U.F. Nasirova tomonidan, bo’lim faoliyati hamda olib borilayotgan qator ishlar, yutuqlar yuzasidan o’zining prezentatsion hisobotini bayon qildi. Yig’ilish davomida Markaz direktori, professor X.A.Akilov tomonidan xodimlarga fan nomzodi, fan doktori ilmiy unvonlari, faxriy yorliqlari hamda yubilyarlarga esdalik sovg’lari qator shifokorlarimizga topshirildi.

  

  

  

 

 

Kun tartibida belgilangan ilmiy ma’ruzalar, hisobotlar bahs munozaralarga boy bo’ldi.

                                                    Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi                            Sh.R.Maksudova

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi metodisti                 A.X.Xaydarova