“Inson salomatligini himoya qilishda hamshiralik ishining nufuzini oshirish”
mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya
12 may 2022 yil.
Toshkent shahridagi “Kortyard Marriott Tashkent" nomli mehmonxona
PRESS RELIZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqat”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishda hamshiralarning vazifalarini takomillashtirish xamda 12 may halqaro hamshiralar kuni munosabati bilan “Inson salomatligini himoya qilishda hamshiralik ishining nufuzini oshirish” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi hamda Xalqaro aloqalar bo‘yicha Germaniya jamiyatining O‘zbekistondagi ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish loyihasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Butun dunyoda hamshiralarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, ularning bilimi va mahorati tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini belgilaydi.
Bugungi konferensiya Birlamchi tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish va ularning tarmog‘ini kengaytirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, o‘rta tibbiyot xodimlarining maqomi va nufuzini oshirish, hamshiralarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy bilimlarni oshirish, tibbiyot xodimlarini litsenziyadan o‘tkazish kabi mavzularda ma’ruzalar orqali tajribalar almashish xamda hamshiralik ishini takomillashtirish yuzasidan guruhlarda ishlash orqali kelgusi reja va vazifalarni belgilashga qaratilgan.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish doirasida Tibbiyot kadrlari salohiyatini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro konsultant Yoxanna Xeykkila (Finlyandiya), Litva universitetining hamshiralik ishi kafedrasi mudiri Aureliya Blajyavichene xamda JSST Yevropa mintaqasi byurosining hamshiralik va akusherlik ishi bo‘yicha maslahatchi Margrieta Landing (Kopengagen) ma’ruza bilan ishtirok etishi nazarda tutilgan. Shuningdek hamshiralarni litsenziyadan o‘tkazish, o‘quv dasturlarga yangi texnologiyalarni kiritish, amaliy hamshiralarning tibbiy ko‘nikamalarini takomillashtirish bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Konferensiyada Qoraqolpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalarining bosh hamshiralari, respublika tasarrufidagi tibbiyot muassasalari bosh hamshiralari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari oliy hamshiralik ishi fakulteti dekanlari, Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish markazi va filiali direktorlari, Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino tibbiyot texnikum va kollej rahbarlari ishtirok etmoqdalar.
O‘tkazilayotgan “Inson salomatligini himoya qilishda hamshiralik ishining nufuzini oshirish” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya doirasida mahorat darsi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda hamshiralik ishini takomillashtirish yo‘llari, birlamchi tibbiy sanitariya tizimida tibbiy brigadalar ishini tashkil etish, hamshiralarni malakasini oshirishda yangi texnologiyalarni joriy etish, tibbiyot hamshiralari faoliyatida innovatsion yondashuvlar, shuningdek, tibbiy asbob uskunalarda ishlatiladigan sterilizatsiya oldi tozalovi va sterilizatsiya qilish algoritmlari, tozalash turlari va ularning bosqichlari, dezinfeksiyalovchi vositalarni tanlashdagi yondashuvlar kabi mavzularni yoritish va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha yagona algoritmlar taqdimotini o‘tkazish nazarda tutilgan.
“Inson salomatligini himoya qilishda hamshiralik ishining
nufuzini oshirish” mavzusidagi halqaro konferensiya
O‘tkazish joyi: Toshkent shahri “Kortyard Marriott Tashkent" mehmonxonasi
Manzil: Toshkent sh, Kichik Beshyog‘och ko‘chasi 126
Center for the development of professional qualifications of medical workers
03.02.2021 4204 NewsTASHKENT INSTITUTE OF POSTGRADUATE MEDICAL EDUCATION DEPARTMENT "MANAVIYAT VA MARIFAT" FACULTY OF MANAGEMENT AND HEALTHCARE
26.12.2020 4151 NewsМурожаатга марказнинг изоҳи
27.11.2020 2850 NewsShavkat Mirziyoyev presented state awards at the Kuksaroy complex
29.12.2020 2735 NewsKardiologiya va gerontologiya kafedrasini assistentlari Xusanov A.A.,Nuralieva D.M. KOVID-19 buyicha Toshkent viloyatini tumanlarida KOP,TTB maxsus statsionarlarida tekshiruvda katnashmokda
22.10.2020 1907 News