Helpline:
+998 71 268-17-44
Xalqaro hamkorlik aloqalari bardavom bo’lsin…
27.06.2022    05:15 133 Чоп этиш

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va Ma’rifat bo’limi

Xalqaro hamkorlik aloqalari bardavom bo’lsin…

Toshkent                                                                                             25.06.2022

   Markazning 2022 yil 13 iyundagi B-62 ichki buyrug’i asosida Tojikiston davlati tibbiyot mutaxassislarini 13-25 iyun kunlari (ikki haftalik) turli mutaxassisliklar bo’yicha malaka oshirgan mehmon shifokorlariga sertifikat topshirish tadbiri 25 iyun kuni bo’lib o’tdi. Bu tadbirda markaz rahbariyati, professor o’qituvchilari bilan birgalikda sog’liqni saqlash vazirining birinchi o’rinbosari E.E.Basitxanova ham ishtirok etdilar.

 

 

 

    Mehmonlarning bo’sh vaqtlarini unumli va mazmunli o’tkazish maqsadida “Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui” hamda “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif chog’ida mehmonlar o’zlari uchun mazmunli hamda kerakli ma’lumotlarni oldilar va katta tassurotlar bilan qaytdilar. Bugungi tadbirni mazmunli va chiroyli tarzda tashkil etilishida markaz rahbariyatiga, “Xalqaro bo’lim”ga o’z minnatdorchiligimizni bildirib, kelgusida ikki qardosh davlatlar xalqaro hamkorlik ishlari bardavom bo’lishini tilab qolamiz.