Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
Institut tarixi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti haqida

         O‘rta Osiyo vrachlar malakasini oshirish instituti (hozirgi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti) O‘rta Osiyo Respublikalaridagi shifokor kadrlarning malakasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, Prezidium Kengashining 1932 yil 22-iyunida №459 Qaroriga asosan tashkil topgan. Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining maqsad va vazifalari faoliyatning ilk davridanoq aniq belgilab olindi. Bular:
– shifokorlarni malakasini oshirish va ixtisoslashtirish;
– ilmiy kadrlarni tayyorlash;
– sog‘liqni saqlash tizimiga tashkilotchi rahbarlarni tayyorlash;

     Institutning rivojlanish bosqichlari sog‘liqni saqlash tizimining eng qiyin davrlariga to‘g‘ri keldi. O‘sha davrlarda respublikaning shahar va qishloqlarida vrachlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, milliy kadrlarni shakllantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatini oshirish, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish va ularni bartaraf yetish masalalari eng katta muammolardan biri bo‘lgan.

     Mashaqqatli bir  davrda institutda kafedralarning o‘quv uslubiy, ilmiy-amaliy  faoliyatini tashkil qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kabi vazifalar og‘ishmay amalga oshirib kelindi. Birinchi marotaba 6 ta kafedra ish boshladi va 84 ta vrachning malakasi oshirildi. Hayot bilan hamnafas tarzda institut ham taraqqiy yetib bordi va sog‘liqni saqlash tizimida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘z faoliyatini takomillashtirib bordi.

         Institutga tamal toshini qo‘ygan, uning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yirik fan arboblari, professor-o‘qituvchilar, assistentlar o‘zlarining fidoiy mehnatlari bilan institut hayotida o‘chmas iz qoldirdilar. Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining sobiq rektorlari J.S. Pulatov, M.B. Sultonov, Z.A.Daminov, M.A.Mirzamuhamedov, Q.S.Zoirov. X.X.Xusanov  va A.R.Raximjonovlarning ushbu  dargohni bugungi nufuziga erishishida benazir mehnatlari bor.

       Uzoq yillar davomida shakllanib, rivojlanib, davr talabiga moslashib borgan Toshkent  vrachlar malakasini oshirish institutida turli davrlarda faoliyat olib borgan mohir  ustoz pedagoglarning xotirasi, bizga qoldirgan bilim va tajribalari doimo yodimizda saqlanadi. Ularning nomlarini ehtirom ila tilga olamiz, professorlar S.A.A’zamxo‘jaev, N.A.Shamatov, K.Yu.Yuldashev, N.K.Boboxo‘jaev, Z.M.Jamolova, A.S.Zarzar, G.T.Ibragimov, D.S. Karimov, A.A.Kalanxodjaev, X.N. Muratova, A.R. Mansurov, Sh.Sh. Shomansurov va boshqalar.

       Prezident  Farmonlari  va  Qarorlarida,  “O‘zbekiston  Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi” , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Sog‘lom avlod uchun” Davlat dasturlarida uzluksiz ta’limni takomillashtirish, mutaxassislarni butun mehnat faoliyati davomida kasbiy mahoratini oshirib borishga imkon yaratadi. Kadrlarni malakasini oshirish va ixtisoslashtirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sanaladi.

       Yillar davomida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining nufuzi ortib bordi, ammo maqsad va vazifalari o‘zgarmadi. Institutda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar, yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar diplomdan so‘ngi o‘qitish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga va yuqori malakali vrach kadrlarni tayyorlashga xizmat qildi.

      Hozirgi kunda ToshVMOIda 49 ta kafedra va 5 ta kursni qamrab olgan 5 ta fakultet faoliyat olib boradi: Tibbiy profilaktika va UASh tayyorlash fakulteti; Terapiya fakulteti; Xirurgiya fakulteti; Pediatriya fakulteti; Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash fakulteti.  

       Respublikadagi eng nufuzli, yetakchi ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida institutning o‘quv bazalari joylashgan bo‘lib, RShTTYoM, RIKIM, Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot instituti, V.Vohidov nomidagi xirurgiya ilmiy markazi, Teri-tanosil kasalliklari ITI, Ftiziatriya va pulmonoligiya ITI, Pediatriya IATM, Travmatolgiya va ortopediya ITI shular jumlasidandir. 1-ShKSh ToshVMOIning asosiy klinik bazasidir.

      VMning 04.04.2017dagi №174 Qarorini ijrosi borasida TVMOIda Markaziy tashkiliy uslubiy kengash tuzilib, uning tarkibida nafaqat institut xodimlari, balki Respublikaning barcha malaka oshirish fakultetlari xodimlari jamlangan.

       Institutda  xormay – tolmay  mehnat  qilib  kelayotgan  418 ta professor-o‘qituvchilar tarkibida 3 ta akademik, 86 ta tibbiyot fanlari doktori, 110 ta professor va 170 dan ortiq tibbiyot fanlari nomzodi, 78 ta dotsent bor. Ularning ko‘pchiligi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” nishoniga sazovor bo‘lishgan.     Institutimizda O‘zbekiston Qaxramoni professor Kamilov Xolidjon Maxamadjonovich ham mehnat qiladilar.

        TVMOI jamoasida el yurt tanigan,  ko‘zga ko‘ringan olimlar:   O‘zbekiston Qaxramoni prof. X.M.Komilov, O‘zFA Akademigi, professor A. M. Ubaydullaev, professor F. G. Nazirov,professor Sabirov Dj.M.,  professor X. A. Akilov,  sog‘liqni saqlash tashkilotchisi  professor Asadov, professor Baxramov S.M. , professor Fazilov A.A.  «El-yurt xurmati» ordeni sohibi professor Gafurov B.G, va boshqalar fidokorona mehnat qilmoqdalar.

        Rauf Abdullaevich Abdullaev Sovet va o'zbek kardiologi, terapevti, professor (1960), tibbiyot fanlari doktori, O'zbekiston SSRda xizmat ko'rsatgan fan arbobi.1952 yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining “Terapiya” bo'limida ishlagan, 1961-1992 yillarda ushbu bo'limni boshqargan.

       Vrachlarni malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish 60 ta tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha olib boriladi. Institut olimlari tomonidan uzluksiz ta’limning sog‘liqni saqlash tizimidagi asosiy tamoyillari yaratilgan bo‘lib, kunduzgi va sirtdan-masofadan o‘qitish uslublari joriy qilingan va 400ga yaqin vrach kadrlar masofadan o‘qitildi. Kafedralarda o‘quv jarayoni yangi texnologiyalar asosida olib boriladi.

Institutda ta’lim turlari:

klinik ordinatura-2 yil

Ixtisoslashtirish tsikllari- muddati 1.% oydan 24 oygacha

Malaka oshirish tsikllari- muddati14 satdan 144soatgacha

Tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha stajirovkalar

          Masofadan turib o‘qitish ta’lim sayti, tele-videokonferentsiyalari,sirtki-kunduzgi, sayr va masofaviy tsikllar (video-audio konferentsiyalar) yordamida amalga oshiriladi.

       Institutning  fundamental  kutubxonasi  bugungi  kunda 150  mingdan  ziyod  tibbiyot sohasidagi adabiyotlar va  xorijiy davriy nashrlar  bilan ta’minlangan.

      Institutda ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi yosh olimlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, so‘ngi 3 yil davomida  50 dan ortiq aspirant va doktorantlar muvaffaqiyatli ilmiy dissertatsiya ishlarini nihoyasiga yetkazdi. Klinik ordinaturani 800 dan ortiq yosh vrach kadrlar o‘zlari tanlagan ixtisosliklar bo‘yicha tugalladi.

Institut kafedralari xodimlari respublika miqyosidagi innovatsion yarmarkalarda ishtirok etadilar, WEB OF SCIENCE platformasida ilmiy nashrlarga egadirlar.

Institutda ma’naviyat targ‘ibot bo‘limi faoliyat olib boradi,  yoshlar orasida ta’lim-tarbiya ishlari, ma’naviyat va ma’rifat sohasida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda, Shuningdek, Faxriylar kangashi,Xotin qizlar kengashi, hamda Yoshlar kengashlari faoliyat olib boradi.

       Institutda Xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyat olib boradi. Professor-o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi xorijiy mamalakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-anjumanlar, o‘quv seminarlar, malaka oshirish kurslarida ishtirok etishgan. Vena Tibbiyot Oliygohi,Avstriyaning Gray tibbiyt oliygohi, Germaniyaning “Sharite” universiteti, Branderburg instituti, Germaniyaning Vitten\Xerdeke onkologiya universiteti, Italiyaning  San-Camillo-Forlani gospitali, Koreyaning Yensey stomatologiya universitetlari bilan aloqalarni o‘rnatgan va ko‘plab hamkorlik shartnomalarini imzolagan.

       Hozirda nafaqat xodimlar xorijda malaka oshiryaptilar, balki chet ellarda stajirovkalar o‘tyaptilar, xorijiy xamkorlar bilan ko‘shma tsikllar va mahorat saboqlarini o‘tayaptilar.  Xalq salomatligini saqlashdek muqaddas vazifani o‘z oldiga qo‘ygan ToshVMOI qo‘lga kiritilgan yutuqlardan to‘xtamay, doimo olg‘a bormoqlikni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

     O‘rta Osiyo vrachlar malakasini oshirish instituti (hozirgi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti) O‘rta Osiyo Respublikalaridagi shifokor kadrlarning malakasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, Prezidium Kengashining 1932 yil 22-iyunida №459 Qaroriga asosan tashkil topgan.

  Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining maqsad va vazifalari faoliyatning ilk davridanoq aniq belgilab olindi. Bular:
– shifokorlarni malakasini oshirish va ixtisoslashtirish;
– ilmiy kadrlarni tayyorlash;
– sog‘liqni saqlash tizimiga tashkilotchi rahbarlarni tayyorlash;

        Institutning rivojlanish bosqichlari sog‘liqni saqlash tizimining eng qiyin davrlariga to‘g‘ri keldi. O‘sha davrlarda respublikaning shahar va qishloqlarida vrachlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, milliy kadrlarni shakllantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatini oshirish, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish va ularni bartaraf yetish masalalari eng katta muammolardan biri bo‘lgan.

       Mashaqqatli bir davrda institutda kafedralarning o‘quv uslubiy, ilmiy-amaliy  faoliyatini tashkil qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kabi vazifalar og‘ishmay amalga oshirib kelindi. Birinchi marotaba 6 ta kafedra ish boshladi va 84 ta vrachning malakasi oshirildi. Hayot bilan hamnafas tarzda institut ham taraqqiy yetib bordi va sog‘liqni saqlash tizimida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘z faoliyatini takomillashtirib bordi. 

        Institutga tamal toshini qo‘ygan, uning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yirik fan arboblari, professor-o‘qituvchilar, assistentlar o‘zlarining fidoiy mehnatlari bilan institut hayotida o‘chmas iz qoldirdilar. Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining sobiq rektorlari J.S. Pulatov, M.B. Sultonov, Z.A.Daminov, M.A.Mirzamuhamedov, Q.S.Zoirov. X.X.Xusanov  va A.R.Raximjonovlarning ushbu  dargohni bugungi nufuziga erishishida benazir mehnatlari bor.

       Uzoq yillar davomida shakllanib, rivojlanib, davr talabiga moslashib borgan Toshkent  vrachlar malakasini oshirish institutida turli davrlarda faoliyat olib borgan mohir  ustoz pedagoglarning xotirasi, bizga qoldirgan bilim va tajribalari doimo yodimizda saqlanadi. Ularning nomlarini ehtirom ila tilga olamiz, professorlar S.A.A’zamxo‘jaev, N.A.Shamatov, K.Yu.Yuldashev, N.K.Boboxo‘jaev, Z.M.Jamolova, A.S.Zarzar, G.T.Ibragimov, D.S. Karimov, A.A.Kalanxodjaev, X.N. Muratova, A.R. Mansurov, Sh.Sh. Shomansurov va boshqalar.

        Prezident Farmonlari va Qarorlarida, “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi” , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Sog‘lom avlod uchun” Davlat dasturlarida uzluksiz ta’limni takomillashtirish, mutaxassislarni butun mehnat faoliyati davomida kasbiy mahoratini oshirib borishga imkon yaratadi. Kadrlarni malakasini oshirish va ixtisoslashtirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sanaladi.

     Yillar davomida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining nufuzi ortib bordi, ammo maqsad va vazifalari o‘zgarmadi. Institutda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar, yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar diplomdan so‘ngi o‘qitish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga va yuqori malakali vrach kadrlarni tayyorlashga xizmat qildi.

      Hozirgi kunda ToshVMOIda 49 ta kafedra va 5 ta kursni qamrab olgan 5 ta fakultet faoliyat olib boradi: Tibbiy profilaktika va UASh tayyorlash fakulteti; Terapiya fakulteti; Xirurgiya fakulteti; Pediatriya fakulteti; Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash fakulteti.  

       Respublikadagi eng nufuzli, yetakchi ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida institutning o‘quv bazalari joylashgan bo‘lib, RShTTYoM, RIKIM, Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot instituti, V.Vohidov nomidagi xirurgiya ilmiy markazi, Teri-tanosil kasalliklari ITI, Ftiziatriya va pulmonoligiya ITI, Pediatriya IATM, Travmatolgiya va ortopediya ITI shular jumlasidandir. 1-ShKSh ToshVMOIning asosiy klinik bazasidir.

      VMning 04.04.2017dagi №174 Qarorini ijrosi borasida TVMOIda Markaziy tashkiliy uslubiy kengash tuzilib, uning tarkibida nafaqat institut xodimlari, balki Respublikaning barcha malaka oshirish fakultetlari xodimlari jamlangan.

   Institutda xormay-tolmay mehnat qilib kelayotgan 418 ta professor-o‘qituvchilar tarkibida 3 ta akademik, 86 ta tibbiyot fanlari doktori, 110 ta professor va 170 dan ortiq tibbiyot fanlari nomzodi, 78 ta dotsent bor. Ularning ko‘pchiligi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” nishoniga sazovor bo‘lishgan.     Institutimizda O‘zbekiston Qaxramoni professor Kamilov Xolidjon Maxamadjonovich ham mehnat qiladilar.