Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
Ma'naviyat va marifat haqida

TIBBIYOT HODIMLАRINING KАSBIY MАLАKАSINI RIVOJLАNTIRISH MАRKАZI

 

MАʼNАVIYAT MАЪRIFАT BOʼLIMI FАOLIYATI HАQIDА

 

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining maʼnaviy-maʼrifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol gʼoyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va masʼuliyat hissini oshirish, yot gʼoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yoʼnaltirilgan targʼibot tizimi shakllandi. Bu jarayonda Respublika Maʼnaviyat maʼrifat markazi, uning joylardagi tuzilmalari hamda Milliy gʼoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim.

Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi miqyosida oʼtkazib kelinayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning barchasi markazda faoliyat olib boruvchi professor-oʼqituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, klinik ordinatorlar va maʼmuriy xoʼjalik boʼlimi hodimlari hamda tinglovchi kursantlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishga, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish va tafakkur doirasini yanada yuksaltirishga yoʼnaltirilgan.

Jamiyatimiz hayotiga dahldorlik hissi bilan yashash, yetuk shifokor va mutaxassis boʼlish bilan birga maʼnaviy dunyosi shakllangan, komil inson boʼlishga intilish tibbiyot sohasining barcha vakillariga xos boʼlgan fazilat hisoblanadi.Shundan kelib chiqib, jahon adabiyoti va sanʼati durdonalarini bilish, tarixni chuqur tahlil eta olish bilan birga davlat siyosatiga munosabatini namoyon qilish, jamiyatda tinchlik osoyishtalik va farovonlikka erishish yoʼlida mehnat va ijod qilish faqat yuksak manaviyatli insonlarga xosdir. Аna shu maʼnoda institutimizda oʼtkaziladigan tadbirlarga taniqli adabiyot namoyondalari shoir va yozuvchilar, koʼzga koʼringan yirik fan va davlat arboblari, sanʼat ustalari tashrif buyurishadi. Markaz yoshlari va respublikamizning turli viloyatlaridan malaka oshirishga kelgan shifokorkursantlar mazkur tadbirlarda faol ishtirok etib yanada oʼzlarining dunyoqarashini shakllanadi. Poytaxtimizda faoliyat yurituvchi teatrlarning institut sahnasida namoyish etgan spektakllari ishtirokchilarda katta taʼsurot uygʼotadi va maʼnaviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Markazimizda har oyda reja asosida maʼnaviyat kunlari , turli xil tadbirlar oʼtkaziladi. Mazkur tadbirlar jamoani hamjixatlikda institutimizni gullab yashnashi va ravnaqi uchun xizmat qilishga undaydi hamda yangi marralar sari chorlaydi, tadbir davomida professor-oʼqituvchilar, xodimlar, aspirantlar va klinik ordinatorlar faol ishtirok etishadi. Markazning barcha kafedralarida tashkil etiladigan oʼquv jarayoni dars jadvaliga 6 soatlik maʼnaviyat va maʼrifat mashgʼulotlari kiritilgan. Mazkur soatlarda Prezidentimiz asarlari va maʼruzalari, davlatimiz siyosati, shifokor maʼnaviyati, komil inson gʼoyasi, milliy istiqlol gʼoyasi kabi mavzularda mashgʼulotlar kafedra professorlari va dotsentlari tomonidan olib boriladi. Markazda olib borilayotgan maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda, rektorat, dekanat, xodimlar kasaba uyushmasi, Faxriylar Kengashi, Xotin-qizlar qoʼmitasi va Oʼzbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlangʼich tashkiloti faol qatnashib kelishmoqda.