Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
Rektor tabrigi

Hurmatli hamkasabalar, portalimizga tashrif etuvchilar!

       Portalimizga xush kelibsiz!

     O‘ylaymanki, portalimiz bilan tanishish jarayonida Siz azizlar, Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Instituti  to‘g‘risida kerakli axborotga ega bo‘lasiz va bu axborot Sizga qiziqarli bo‘libgina kolmay, balki amalda foyda keltirishiga umid qilaman.

   Bizning ishimiz halq salomatligini  saqlash uchun mutaxassislarni diplomdan keyingi tayyorlashga yo‘naltirilgan. Bu ish bilan 85 yildan ortiq vaqt davomida shug‘ullanib kelayapmiz. Jamoamizning ko‘p yillik tarixi mobaynida institut tuzilmasi hamda faoliyat yo‘nalishlarini takomillashtirish davom ettirilmoqda. Bugungi kunda ToshVMOI istalgan ixtisoslikdagi vrachga ilg‘or tibbiyotga doir eng yangi bilimlarni taklif yetishi mumkin. Institutimiz umumiy amaliyot vrachlaridan tortib, sog‘liqni saqlashning yuqori bo‘g‘ini rahbarlarigacha bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashning katta tajribasiga ega.

     O‘qitish quyidagi qoidaga asoslanadi: tibbiyot oliygohi bitiruvchisi, xususan amaliyot vrachi olimlik  tafakkuriga, menejerlik qobiliyatiga, tibbiyotga oid bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

    Bizning jamoamiz uchun o‘qitishning sifati juda muhimdir, shuning uchun u yetkazilayotgan axborotning teranligi va taqdim yetilgan bilimlarning turli-tumanligi bilan ajralib turadi.   Bunga xodimlar tomonidan nafaqat ishning an’anaviy va yangi usullarini bilish, balki klinik bazalarimizning a’lo darajada texnik jihozlanganligi hamda zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanganligi ko‘maklashadi.

    Muayyan bilimlarni taqdim etishdan tashqari biz tinglovchilarni tibbiyotdagi uzluksiz ta’lim diplomdan keyingi ta’limning muhim jihati ekanligiga ishontirishga va amaliyotda ularga ko‘maklashishga harakat qilamiz.

    Ma’lumki, tabiiy fanlarda tibbiyotdagi so‘nggi yutuqlardan xabardor bo‘lmagan  holda sifatli tibbiyot yordam ko‘rsatish amri mahol. Oqil xitoyliklar bekordan-bekorga «O‘qish xuddi oqimga qarshi eshkak eshishga o‘xshaydi, qachon to‘xtashing bilan seni orqaga qaytaradi» degan naqlni qaytarishdan charchamaganlar.

     Sizning istaklaringiz, mulohazalaringiz va takliflaringiz jamoamiz ishini takomillashtirishga yordam beradi va minnatdorlik bilan qabul qilinadi.

Xurmat bilan institut rektori, professor X.A.Akilov.