Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
TIBBIYOT XODIMLАRINING KАSBIY MАLАKАSINI RIVOJLАNTIRISH MАRKАZI
16.09.2021    07:44 214 Чоп этиш

TIBBIYOT XODIMLАRINING KАSBIY MАLАKАSINI RIVOJLАNTIRISH MАRKАZI

MА'NАVIYAT VА MА'RIFАT BOʼLIMI

Toshkent sh.                                                                  7 sentyabr  2021 yil

   Markaz olimlar kengashining navbatdagi yangi oʼquv yiliga bagʼishlangan yigilish.

  Yigilishni Markaz direktori, professor X.А.Аkilov kirish soʼzi bilan ochib yigʼilganlarni Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami bilan xamda bayram arafasida Prezidentimiz tomonlaridan “Mustaqillikning 30 yilligi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlanganlarni yana bir bor qutladilar.

  Soʼngra Markaz dotsenti R.K.Salixodjaeva Prezidentimiz Sh.M.Mirzieyovning “Yangi Oʼzbekiston” gazetasi muxbiriga bergan intervyusi, Qibray tumanida ochilgan “Yangi Oʼzbekiston” bogʼidagi mustaqillik monumentining ochilishi va bayram tabriklarini keng, mazmunli tarzda prezentatsion shaklda yetkazdilar.

  Markaz maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi tomonidan jamoani bayram bilan yangi oʼquv yili bilan tabriklab, Oʼzbekiston xalq artisti,davlat mukofotlari sovrindori ustazoda sanьatkor Erkin Komilov tabrikladilar bu tabrik yigilgan professor- oʼqituvchilarimizda koʼp vaqtgacha qalblaridan chuqur oʼrin oladi deb oʼylaymiz.

  Kengashda Markaz qator xodimlariga fan nomzodi, fan doktori ilmiy unvonlari oʼz egalariga topshirildi.

   ”Valeologiya” kafedrasi mudiri, professor Sh.B.Irgashevning “Valeologiya” nomli darsligi taqdimoti xam yangi oʼquv yiliga bayram tuxfasi boʼldi.

  Bugungi bayramona ilmiy kengash yangi oʼquv yili oldidan professor- oʼqituvchilar uchun tom maьnodagi maʼnaviy ozuqa boʼldi desak mubolagʼa boʼlmaydi.

 

                        Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi                            Sh.R.Maksudova

                       Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi metodisti                 А.X.Xaydarova