Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
Xalqaro tajriba almashish
23.09.2021    16:35 179 Чоп этиш

21 -sentabrdan 23 -sentabrgacha Geydelberg global sog'liqni saqlash universitetining Andres Dekert va Katerina Favaretti xalqaro ekspertlari tomonidan Tibbiyot xodimlarinig kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va  yosh olimlar uchun tadqiqot metodologiyasi asoslari va tadqiqot natijalarini statistik tahlil qilish bo'yicha trening o'tkazildi. 
 Uch kun davom etgan seminarda ekspertlar tadqiqotni loyihalash, sog'liqni saqlash tadqiqotlari bo'yicha hisobot berish va statistical asoslariga oid o'z bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashishdi.
 Ushbu master -klass markaz ilmiy xodimlarida katta qiziqish uyg'otdi. Ular treningning amaliy qismida faol ishtirok etishdi va o'zlarini qiziqtirgan dolzarb savollarga javob olishdi.  
 Treningdan so'ng Markaz direktori mutaxassislarga minnatdorchilik bildirdi va  har ikki tomon bundan buyon uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yishga tayyorliklarini bildirishdi.