Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
Doktoranturaga qabul
24.09.2021    11:07 223 Чоп этиш

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

quyidagi ixtisosliklar boʼyicha 2022 yil uchun tayanch doktorantura, doktoranturaga qabul eʼlon qiladi:

 

Tayanch doktorantura:

14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya – 1 oʼrin;

14.00.08 – Oftalmologiya – 1 oʼrin;

14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya – 1 oʼrin;

14.00.13 – Nevrologiya – 1 oʼrin;

14.00.27 – Xirurgiya – 2 oʼrin;

14.00.28 – Neyroxirurgiya – 1 oʼrin;

14.00.31 – Urologiya – 1 oʼrin.

 

Doktorantura:

14.00.13 – Nevrologiya – 1 oʼrin.

 

Kerakli xujjatlar:

1.      TXKMRM direktori nomiga Аriza

2.      Qisqacha biografik maʼlumotnoma-obʼektivka

3.      Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun bakalavriat hamda magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi

4.      Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi

5.      Ilmiy ishlar roʼyxati va ularning nusxasi

6.      Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi

7.      Ish joyidan tavsifnoma

8.      Pasport nusxasi

9.      3x4 hajmdagi 4 ta fotosurat

 

Tayanch doktoranturaga kirmoqchi boʼlgan talabgorlar chet tili va ixtisosligi boʼyicha kirish imtihonlari topshiradi, doktoranturaga kirmoqchi boʼlgan talabgorlar ixtisoslik boʼyicha suhbatdan oʼtadi.

 

Hujjatlar 2021 yilning 15 oktyabrigacha qabul qilinadi.

 

Kirish imtixonlari va suhbatlar joriy yilning 5-25 noyabr kunlari boʼlib oʼtadi.

 

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʼbek tumani, Parkent koʼchasi, 51 uy. Telefon: (71) 2682549.

 

Barcha talabgorlar Innovatsion rivojlanish vazirligining //phd.mininnovation.uz/ veb-saytida roʼyxatdan oʼtishlari lozim.