Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
“Mustaqillik shukuhi davom etmoqda”
27.09.2021    08:46 133 Чоп этиш

“Mustaqillik shukuhi davom etmoqda”

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi.

     Toshkent sh                                                                                 26.08.2021 yil.

         26-avgust 2021 yil soat 17:00 ga Toshkent shahar Mirzo ulug’bek tumanida joylashgan TATI (Toshkent Axborot Texnologiya Inistituti) ga qarashli ilmiy tekshirish markazi majlislar zalida “Baxor mahalla” fuqarolari bilan birgalikda Respublika madaniyat va san’at Institutini bir qator xodimlari ishtirokida ulug’ va aziz vatanimiz mustaqilligini 30 yilligiga bag’ishlangan kata tantanavor bayram tadbiri o’tkazildi va men mahallada ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha javobgar shaxs – Toshkent vrachlar malakasini oshirish inistituti 2 – ichki kasalliklar kafedrasini professori A.B. Fozilov – Respublikamizni 30 yilga bosib o’tgan “Yangi O’zbekiston”  yaratilishidagi ulkan zafarlar haqida “Yangi O’zbekistonga erkin va farovon yashaylik “ deb nomlangan mavzuda nutq so’zladi. So’ngra bu tantanavor yig’ilishni olib borishni mahallamiz rayisi Po’latov Faxriddin Muhiddinovichni iltimosiga muvoffiq menga topshirildi.

   Majlisda Respublikaning madaniyat va san’at inistitutining bir qator milliy qo’shiqchilik kafedrasining rahbari – O’zbekiston QKAR ga xizmat ko’rsatgan san’atkor Xayrulla Lutfullaev va shu kafedrani xodimi – O’zbekiston va QKAR da xizmat ko’rsatgan san’atkor Axmadjon Shukurov va shu kafedrani kata o’qituvchisi – xonanda Ma’murjon Abdullaevlar qatnashdi.

   Bular bilan birganilda mahallamiz a’zosi Respublikada xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimasi Respublikada taxrir etiladigan “Saodat” jurnalining a’zosi Qutlibeka Rahimboboevalar qatnashishdi.

 Ular Respublikamizni taraqqiyot yo’llari va o’zlarini xayot yo’llari haqida namunalar keltirib gapirib berdilar va yozgan sherlari hamda bastalagan kuslaridan baxraman etdilar

  O’yin, kulgu, raqs, mushoiralar avjiga chiqdi. Kecha so’ngida bir qator mahalla fuqarolariga mahallada olib borayotga ma’naviy va ma’rifiy ishlarida faol qatnashganliklari uchun bayram tashakkurnomasi berildi. 

 

 

 

 

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi                            Sh.R.Maksudova

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi metodisti                 А.X.Xaydarova