Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
Markaz ilmiy kengashi
02.10.2021    06:33 247 Чоп этиш

Toshkent                                                                                                28.09.2021yil

 

Markaz olimlar ilmiy kengashining navbatdagi yangi oʼquv yiliga bagʼishlangan yigilish.

Ushbu ilmiy kengashni Markaz direktori, professor X.A.Akilov kirish so’zi bilan ochib, 1-Oktyabr “O’qtuvchi va murabbiylar bayrami” munosabati bilan barchani qutladilar.

Mazkur ilmiy kengashda Ultra Tovush Diagnostikasi kafedrasi professor, akademik A.A.Fozilov O’zbekistonda ultra tovush apparatlari, radiologik vositalarni kirib kelishida hamda ularni tadbiq etishda o’z hissasini qo’shganligi tufayli ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

So’ng Ma’naviyat va Ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.R. Maksudova ustoz va murabbiylarni qadir qimmati, ularni yoshlarga berayotgan beminnat bilimlarini qadrlab bayram tabriklarini keng, mazmunli tarzda prezentatsion shaklda yetkazdilar.

Ilmiy kengashda Markaz direktori, professor X.A.Akilov TXKMRM 2020 – 2021 yildagi hisobotini olib bordilar.

Ushbu hisobotda Markazdagi barcha fakultetlar haqidagi malumotlar, olib borilayotga ishlar, yuksalishlar hamda yutuq va kamchiliklar haqida o’z ma’ruzalarini prezentatsiya shaklida olib bordilar.

Ushbu kengashda Uralogiya va andrologiya kafedrasi professori A.A. Gaybullaev hamda ishchi guruh raisi tomonidan hisobot olib borildi.

Bundan tashqari “Nevralogiya” kafedrasi mudiri professor B.G.Gafurov nevralogiya sohasida qo’shgan hissalari, hozirgi kundagi o’zgarishlar hamda o’tgan umrlari haqida so’zlab berdilar.

Kengashda X.A.Akilov yangi monografiya 2 tomli kitob taqdimotini olib bordilar va shu bilan birgalikda Markaz qator xodimlariga fan nomzodi, PhD va bir qancha unvonlar o’z egalariga topshirildi.

 

“Bolalar anestizalogiya va reanimatalogiya” kafedrasi mudiri dotsent Sh.Xamrayeva ko’p yillik xizmatlari hamda 60 yillik yubileyi munosabati bilan tabriklandi.

Bugungi bayramona ilmiy kengash yangi oʼquv yili oldidan professor- oʼqituvchilar uchun tom ma’nodagi maʼnaviy ozuqa boʼldi desak mubolagʼa boʼlmaydi.