Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
Xirurgiya
02.10.2021    06:52 278 Чоп этиш

Toshkent sh.                                                                                     10.09.2021 yil

       Markaz dekani S.S.Kariev TXKMRM (TVMOI – 90 y.) yubiley oldidan “Xirurgiya” fakulteti tarixi, uning kelib chiqishi, rivojlanishi va hozirgi kundagi mavqeyi haqida gapirib o’tdilar.

Soʼngra Markaz dotsenti R.K.Salixodjaeva Prezidentimiz Sh.M.Mirzieyovning “Yangi Oʼzbekiston” gazetasi muxbiriga bergan intervyusi, Qibray tumanida ochilgan “Yangi Oʼzbekiston” bogʼidagi mustaqillik monumentining ochilishi va bayram tabriklarini keng, mazmunli tarzda prezentatsion shaklda yetkazdilar.

Ushbu kengashda ”Anesteziologiya va reanimatalogiya” kafedrasi mudiri D.M.Sabirov Markazni 90 yilligi yubileyga bag’ishlangan “Ustoz – shogird” an’anasi ruknida “Ustoz hayoti yo’liga bir nazar” mavzuyida davra suxbati o’tkazdilar.

 Shu bilan birgalikda O.Choriyev O’zbekiston farmaseftika sohasida ishlab chiqarilayotgan yangi dori vositalari, ushbu sohaning hozirgi kunda tobora rivojlanib borishi haqidagi maruzalarini prezintatsion tarzda namoyish etdilar.

Markaz maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi tomonidan jamoani bayram bilan yangi oʼquv yili bilan tabriklab, Oʼzbekiston xalq artisti,davlat mukofotlari sovrindori ustoz san’atkor Erkin Komilov tabrikladilar bu tabrik yig’ilgan professor- oʼqituvchilarimizda koʼp vaqtgacha qalblaridan chuqur oʼrin oladi deb oʼylaymiz.

Bugungi bayramona tadbir oldidan professor- oʼqituvchilar uchun tom ma’nodagi maʼnaviy ozuqa boʼldi desak mubolagʼa boʼlmaydi.