Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
"Til bayrami - Dil bayrami"
18.10.2021    12:12 185 Чоп этиш

O’zbek tili va Davlat tilining 32 yillgiga bag’ishlangan tadbir

Ma’naviyat va Ma’rifat bo’limi

Toshkent                                                                                              15.10.2021 yil

 

   Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.

                                                                                                       Sh.M.Mirziyoyev

 

       Dunyoda inson zoti yaratilibdiki, bir-biri bilan gaplashadi, so‘zlashadi, o‘zaro muomalada bo‘ladi. Bunda tilning o‘rni beqiyos, albatta.  Xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shmoqda. Hozirgi vaqtda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni jahon miqyosida 50 million kishiga yaqinlashib qoldi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

   Innovatsion Sog’liqni saqlash Milliy Palatasining Toshkent shahar bo’limida O’zbek tili va Davlat tilining 32 yilligiga bag’ishlangan mazkur tadbir bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda Tibbiyot Xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi Ma’naviyat va Ma’rifat bo’limi metodisti hamda “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Xaydarova Aqida Xurramovna o’zining til bayramiga bag’ishlangan maruzasi bilan ishtirok etdi.

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi                                     Sh.R.Maksudova

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi metodisti                          А.X.Xaydarova