Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
"Prezident saylovi - Kelajak tanlovi"
26.10.2021    08:13 147 Чоп этиш

PREZIDENT SAYLOVINING NATIJALARI E’LON QILINDI

   Kuni kecha boʼlib oʼtgan muhim siyosiy jarayon – Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarining dastlabki natijalari eʼlon qilindi. Аlisher Navoiy nomidagi simpoziumlar saroyida siyosiy partiya yetakchilari va OАV ishtirokida saylov yakunlariga bagʼishlangan matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjaev saylov yakunlari boʼyicha hisobot berdi.

  Mazkur prezident saylovi ilk bor 2019 yilda qabul qilingan “Saylov toʼgʼrisidagi kodeks” asosida oʼtkazildi. Saylov qonunchiligiga kiritilgan oʼzgarishlarga koʼra, eng avvalo, saylov jarayonida ishtirokchilar, siyosiy partiyalar, OАV hamda kuzatuvchilarning huquqlari va kafolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Pandemiya sharoitida saylovchilar salomatligini ishonchli himoya qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Prezident saylovlarini 20ga yaqin xalqaro tashkilotlari, 50 yaqin xorijiy davlatlardan, jami 100 ga yaqin xaqaro kuzatuvchi hamda 1672 nafar mahalliy va xorijiy OАV vakillari bevosita kuzatib, yoritib borishdi. Mamlakatimizning 207 ta tuman va shahar saylov uchastkalarida 414 ta videokamera orqali millionlab kuzatuvchilar uchun onlayn translyatsiya amalga oshirildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida saylovchilar roʼyxatiga kiritilgan 20 158 907 nafar saylovchilardan va chet ellarda ovoz bergan yurtdoshlarimiz bilan birga hisoblaganda jami 16 212 343 nafar saylovchi ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 80.4% tashkil qiladi. 424 176 nafar saylovchi joriy yilning 14 oktyabridan 20 oktyabrgacha boʼlgan davrda muddatidan oldin ovoz bergan. Saylovda konsullik roʼyxatida turgan yoki turmaganidan qatʼiy nazar xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz 37 ta davlatda tashkil etilgan 54 ta saylov uchastkasida ovoz berish imkoniyatiga ega boʼlishdi.

Siyosiy partiyalar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʼrsatilgan nomzodlar saylovchilarning quyidagi miqdordagi ovoziga ega boʼldi:

Oʼzbekiston “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod – Bahrom Аbdurahimovich Аbduhalimov – 3.4%;

Oʼzbekiston Ekologik partiyasidan nomzod – Narzullo Naimovich Oblomuradov – 4.1%;

Oʼzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod – Аlisher Keldievich Qodirov – 5.5%

Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod – Maksuda Аzizovna Varisova – 6.6%;

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod – Shavkat Miromonovich Mirziyoev – 80.1%.

   Oʼzbekiston Respublikasi “Saylov kodeksi”ga koʼra, saylovchilarning 50% ortiq ovoziga ega boʼlgan nomzod Prezident deb saylangan topiladi. Yuqoridagi maʼlumotlarga tayanib, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoev saylovchilarning eng koʼp ovoziga ega boʼlib, ishonchli ravishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani maʼlum qilindi.