Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Ma’naviyat va Ma’rifat bo’limi
Toshkent sh. 10.12.2021
Joriy yilning 10-dekabr kuni Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi (TXKMRM) xodimlarining O’zbek Milliy Akademik teatrga tashrifi tashkil etildi. U yerda “O’zgalar dardi” nomli spektakl namoyish etildi.
Spektakl ota-onaning qadriga yetish, ularni hayot ekanligida e’zozlash, ular uchun eng keraklisi – diydor ekanini unutmaslikka chorlaydi. Shunga hamohang milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘z aksini topgan.
“Teatr – bu ibratxonadir”, teatrni maʼrifatparvar Mahmudxoʻja Behbudiy ana shunday atagan boʻlsa, bugun yurtboshimiz, teatrni maʼnaviyat oʻchogʻi, ijod ahlini esa inson qalbining muhandislari deya yuksak taʼriflaydilar. Inson maʼnaviyatini yuksaltirishda teatrning alohida oʻrni bor. Dunyoqarashni boyitadigan maʼnaviy mavzular har sohada ildamlayotgan kasb egalari uchun muhim oʻrin tutadi, jumladan, shifokorlar uchun ham.
Spektakl qiziqarli va mazmunli bo’lishi bilan birga barcha tomoshabinlarga birdek manzur bo’ldi.
Biz ushbu ajoyib spektaklga tashrif buyurish imkoniyati uchun, Markazimiz rahbariyatiga, teatrning sahnalashtiruvchi jamoasiga ham tashakkur bildiramiz!
Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Sh.R.Maksudova
Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi metodisti А.X.Xaydarova
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
03.02.2021 3253 YangiliklarТОШКЕНТ ВРАЧЛАР МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ МАЪНАВИЯТ ВА МАЪРИФАТ БУЛИМИ МЕНЕЖМЕНТ, ИЖТИМОИЙ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ФАКУЛЬТЕТИ
26.12.2020 3197 YangiliklarKLINIK ORDINATURAGA TANLOV E'LON QILADI
26.07.2021 2396 E'lonlarМурожаатга марказнинг изоҳи
27.11.2020 2249 YangiliklarШавкат Мирзиёев Кўксаройда давлат мукофотларини топширди
29.12.2020 2102 Yangiliklar