Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
“Mehr muruvvat – fidoyilik timsoli”
15.12.2021    08:39 396 Чоп этиш

“O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida”gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli himoya siyosatining yaqqol isbotidir. Mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda.

Joriy yilning dekabr oyi mobaynida  Toshkent shahri va viloyati qator tuman va muassalaridagi imkoniyati cheklangan hamda tibbiy ko’makga muhtoj bo’lgan qator bolalarga Markazimiz tibbiyot xodimlari tomonidan amaliy yordam berib kelinmoqda. Jumladan,  Ibn Sino jamoat fondi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi (TXKMRM) o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida hamda (TVMOI) ning 90 yilligi oldidan  shifokorlar malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni boshladilar.

 

Toshkent shahar Yashnaobod tumanidagi 52-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari (nogiron bolalar) ni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda Markazning “Endokrinologiya”, “Kardiologiya va gerontologiya”, “Pediatriya”, “Bolalar asab  kasalliklari”, “Otorinolaringologiya”, “Oftolmologiya” kafedralari yetakchi mutaxassis shifokorlari tomonidan beg’araz tibbiy yordamlar ko’rsatildi.

 

Bugungi kunga kelib dunyo aholisining 1 milliarddan ortigʻida, yaʼni yetti kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud. Shularning 100 milliondan ortigʻini bolalar tashkil etadi.

 

Shu bilan birga toshkent viloyati Zangiota tumanida bolalar uchun maxsus tashkil etilgan shifoxonada tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markarkazi “Pediatriya” fakulteti jonkuyar professor o’qituvchilari va klinik ordinatorlaridan iborat fidoyi jamoa tomonidan bugungi og’ir pandemiya sharoitida tibbiy yordamga muhtoj bo’lgan ko’p sonli bolalarga malakali xizmat tashkil etildi.

 

 

Bularning bari Respublikamizda imkoniyati cheklangan, nogironligi bo’lgan malakali tibbiy xizmatga muhtoj bo’lgan yosh avlodga e’tiborning yuqori darajada ekanligidan desak mubolag’a bo’lmaydi.

 Fursatdan foydalanib bizning jonkuyar fidoyi xodimlarimizga samimiy minnatdorchilik bildirib qolamiz va ularning ushbu xayirli ishlarida doim omad yor bo’lishini so’raymiz.