Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
"Assalom tong"
29.12.2021    07:52 406 Чоп этиш

Toshkent                                                                                  25.12.2021 yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi PF-6099 son “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi  yuzasidan Markazda “Assalom tong” sog‘lomlashtirish ishlari fakultetlar kesimida amalga oshirilishi yo’lga qo‘yilgan.

25 dekabr tongida “Terapiya” fakulteti kafedralari mudirlari, professor- o‘qituvchilari, kursant tinglovchilari, klinik ordinatorlari ishtirokida “Assalom tong” sport mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Sport mashg‘ulotlari qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Bugungi kunda mamlаkatimizning barcha hududlarida zamonaviy va foydalanish qulay bo‘lgan sport infratuzilmalari barpo etilmoqda. Shu ma’noda, biz jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor berishimiz lozim. Jismoniy sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish bizning vazifamiz va biz bunga bor kuchimiz bilan harakat qilmog‘imiz darkor.