Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
«Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»
06.01.2022    04:52 386 Чоп этиш

Toshkent sh.                                                                                        05.01.2022 yil

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida 2022 yilni qanday nomlash bo‘yicha o‘z taklifini ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev yangi 2022 yilni O‘zbekistonda «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e’lon qildi.

«Inson qadrini ulug‘lash — yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi», — dedi u. Shavkat Mirziyoyev bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish faoliyatning bosh mezoniga aylanishini ta’kidladi.