Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
“Sizga ta’zim o’zbek o’g’lonlari”
13.01.2022    08:32 431 Чоп этиш

TIBBIYOT XODIMLАRINING KАSBIY MАLАKАSINI RIVOJLАNTIRISH MАRKАZI

“MENEJMENT VA IJTIMOIY SOG’QNI SAQLASH” FAKULTETI

MА'NАVIYAT VА MА'RIFАT BOʼLIMI

Toshkent sh.                                                                                  12.01.2022 yil

   Markazning Menejment va ijtimoiy sog’liqni saqlash fakultetining Markaz 90 – yilligi oldidan hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirning kirish qismi - Madxiya, bilan boshlanib, Markazning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari professor M.S.Kasimova tabrik so’zi bilan davom ettirdi. “Harbiy tibbiy ekspertiza asoslari va o’smirlar tibbiyoti” kafedrasi mudiri t.f.n, polkovnik E.E.Xojimurodovning bayram tabrigi va sohaga oid qiziqarli ma’lumotlari yig’ilgan barcha kursant tinglovchi shifokorlarda katta taassurot qoldirdi.

   Tadbirning badiy qismida Ozbekiston davlat filarmoniyasining  Respublikada xizmat korsatgan bir guruh solistlari ozlarining Ona vatan haqidagi qoshiqlari bilan ishtirok etishlari ham bayramga ozgacha kork bagishladi. Bugungi tadbir uchun taniqli rejissyor, mutaxassis N.N.Muinov ijodi mahsulivideo roliklar  tadbirga ozgacha joziba bagishladi.

   Tadbir songida Markaz direktori, professor X.A.Akilov Hozirgi ogir pandemiya sharoitida harbiylarning jasorati, ularning oz Vataniga bolgan muhabbati, shifokorlarning kasbiga sadoqati, ota-onalarimiz, farzandlarimiz sogligi yolida tunu kun qilayotgan mehnatlari barchamiz uchun yuksak jasorat namunasidir deya, “Xolbuki, armiya xalqning joni, gurur iftixori bolishi butun kuch qudratini el-yurtimizdan olishi shart. Boshqacha bolishi mumkun emas. Shundagina hech qanday yovuz kuch qurolli kuchlarimizni yenga olmaydidegan Prezidentning purmano fikrlari bilan yakunladi.

 

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi                            Sh.R.Maksudova

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi metodisti                  А.X.Xaydarova