Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
“Innovative Developers” hamkorlik memorandumi
18.02.2022    09:41 363 Чоп этиш

2022 yil 17 fevral kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va “Innovative Developers” MChJ o‘rtasida telemeditsina xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum doirasida olis xududdagi bemorlarga masofadan turib tashxis quyish, davolash ishlarini olib borish orqali malakali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish, shifokorlarning maslahatlashuvi va konsiliumini olib borish, tibbiyot muassasalarini ixtisoslashgan tibbiyot markazlari hamda xorijiy klinikalar bilan integratsiyasini ta’minlash ko‘zda tutilgan.