Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
Ilmiy kengash
31.03.2022    10:21 545 Чоп этиш

Toshkent                                                                                                30.03.2021yil

 

Markaz olimlar ilmiy kengashining navbatdagi yigilishi bo’lib o’tdi.

Ushbu ilmiy kengashni Markaz direktori, professor X.A.Akilov  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun!” mavzusidagi 2022-yil, 18-mart kuni soha vakillari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqoti davomida ko’tarilgan dolzarb mavzular, muloqotning mazmun-mohiyati va sohaga oid yangiliklarga bag’ishlangan prezentatsion nutq bilan so’zga chiqdi.  

Nutqi so’ngida professor X.A.Akilov yurtimizga kirib kelgan Bahor fasli hamda ming yillik tarixga ega “Navro’zi olam”  bilan barcha kengash a’zolarini muborakbod etdi  va Markaz olimlar kengashini ochib berdi. 

Shuningdek Markaz “Pediatriya” fakulteti decani, t.f.n., dotsent Sh.X.Saidazizova fakultet faoliyatiga oid hisoboti, Markaz Uzluksiz ta’lim sifatini monitoring qilish va baholash bo’limi boshlig’i t.f.n., dotsent R.K.Salixodjayeva hamda qator kafedralar nutqlari tinglandi.

Kengashda X.A.Akilov tomonidan Markaz qator xodimlariga fan nomzodi, fan doktori va bir qancha unvonlar topshirildi.

 

Shu bilan birga Markaz Olimlar kengashi a’zolari tomonidan rejalashtirilgan qator masalalar ko’rib chiqildi hamda o’z tasdig’ini topdi.

Bugungi bayramona ilmiy kengash professor- oʼqituvchilar uchun tom ma’nodagi maʼnaviy ozuqa boʼldi desak mubolagʼa boʼlmaydi.