TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BOʼLIMI
Toshkent sh. 27.04.2022 yil
Markaz olimlar ilmiy kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishni Markaz direktori, professor X.A.Akilov kirish soʼzi bilan ochib berdi. Soʼngra Markaz “Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo’limi” boshlig’i, dotsent R.K.Salixodjaeva “Sog‘liqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish” yuzasidan o’zining prezentatsion taqdimotini keng, mazmunli tarzda yetkazdi.
“Tibbiy profilaktika fakulteti” dekani proffessor G.T. Iskandarova Markaz fakultetida olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy va davolash ishlari, ma’naviy- ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar xususida o’z hisobotini prezintatsion tarzda bayon qildi.
Keyingi hisobot ham Markazning “Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash fakulteti” kesimida olib borilayotgan o’quv uslubiy, ilmiy ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar xususida bo’ldi. Bu hisobotni fakultet dekani professor B.A Magrupov keng jamoatchilikga yetkazdi.
“Markaz Xalqaro bo‘limi” boshlig’i t.f.d U.F. Nasirova tomonidan, bo’lim faoliyati hamda olib borilayotgan qator ishlar, yutuqlar yuzasidan o’zining prezentatsion hisobotini bayon qildi. Yig’ilish davomida Markaz direktori, professor X.A.Akilov tomonidan xodimlarga fan nomzodi, fan doktori ilmiy unvonlari, faxriy yorliqlari hamda yubilyarlarga esdalik sovg’lari qator shifokorlarimizga topshirildi.
Kun tartibida belgilangan ilmiy ma’ruzalar, hisobotlar bahs munozaralarga boy bo’ldi.
Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Sh.R.Maksudova
Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi metodisti A.X.Xaydarova
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
03.02.2021 3729 YangiliklarТОШКЕНТ ВРАЧЛАР МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ МАЪНАВИЯТ ВА МАЪРИФАТ БУЛИМИ МЕНЕЖМЕНТ, ИЖТИМОИЙ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ФАКУЛЬТЕТИ
26.12.2020 3621 YangiliklarKLINIK ORDINATURAGA TANLOV E'LON QILADI
26.07.2021 2853 E'lonlarМурожаатга марказнинг изоҳи
27.11.2020 2511 YangiliklarШавкат Мирзиёев Кўксаройда давлат мукофотларини топширди
29.12.2020 2426 Yangiliklar