Toshkent sh. 12.05.2022 yil
2022 yil 12 may kuni Toshkent shahridagi «Cortyard Marriott Tashkent» nomli mehmonxonada “Inson salomatligini himoya qilishda hamshiralik ishining nufuzini oshirish” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqat”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishda hamshiralarning vazifalarini takomillashtirish xamda 12 may halqaro hamshiralar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi hamda Xalqaro aloqalar bo‘yicha Germaniya jamiyatining O‘zbekistondagi ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish loyihasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Shu bilan birga tadbirda: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari - E.I.Basitxanova; «O‘zbekistonda ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish» loyixasi(GIZ) rahbari - Korneliya Bekker; Sog‘liqni saqlash vazirligining Fan va ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i - O‘.S.Ismailov; Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori - X.A.Akilovlar o‘z chiqishlari bilan ishtirokchilarga tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish va ularning tarmog‘ini kengaytirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, o‘rta tibbiyot xodimlarining maqomi va nufuzini oshirish, hamshiralarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy bilimlarni oshirish, tibbiyot xodimlarini litsenziyadan o‘tkazish kabi mavzularda ma’ruzalar orqali tajribalar almashish xamda hamshiralik ishini takomillashtirish yuzasidan guruhlarda ishlash orqali kelgusi reja va vazifalarni belgilash xaqida atroflicha ma’lumot berishdi.
Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining hamshiralik va akusherlik ishi bo‘yicha maslahatchisi - Margrieta Landing (Daniya) «Yevropada hamshiralik ishi» mavzusida qiziqarli taqdimot qildi.
Konferensiya tashkilotchisi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari” kafedrasi mudiri dotsent R.K.Salixodjaeva «Inson salomatligini himoya qilishda hamshiralik ishining nufuzini oshirish» mavzusida sermazmun va mavzuga oid so‘nggi ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan chiqishini konferensiya ishtirokchilari taqdim etdi.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) «O‘zbekistonda ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish» loyixasi uzluksiz tibbiy ta’lim komponenti menedjeri - A.S.Jalmagambetova “Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) «O‘zbekistonda ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish» loyihasi hakida umumiy ma’lumot berdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish doirasida Tibbiyot kadrlari salohiyatini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro konsultant Yoxanna Xeykkila (Finlyandiya), Litva universitetining hamshiralik ishi kafedrasi mudiri Aureliya Blajyavichene xamda JSST Yevropa mintaqasi byurosining hamshiralik va akusherlik ishi bo‘yicha maslahatchi Margrieta Landing (Kopengagen) ma’ruza bilan ishtirok etishi nazarda tutilgan. Shuningdek hamshiralarni litsenziyadan o‘tkazish, o‘quv dasturlarga yangi texnologiyalarni kiritish, amaliy hamshiralarning tibbiy ko‘nikamalarini takomillashtirish bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazildi.
Konferensiyada Qoraqolpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalarining bosh hamshiralari, respublika tasarrufidagi tibbiyot muassasalari bosh hamshiralari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari oliy hamshiralik ishi fakulteti dekanlari, Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish markazi va filiali direktorlari, Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino tibbiyot texnikum va kollej rahbarlari ishtirok etdilar.
O‘tkazilgan “Inson salomatligini himoya qilishda hamshiralik ishining nufuzini oshirish” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya doirasida mahorat darsi o‘tkazildi. Unda hamshiralik ishini takomillashtirish yo‘llari, birlamchi tibbiy sanitariya tizimida tibbiy brigadalar ishini tashkil etish, hamshiralarni malakasini oshirishda yangi texnologiyalarni joriy etish, tibbiyot hamshiralari faoliyatida innovatsion yondashuvlar, shuningdek, tibbiy asbob uskunalarda ishlatiladigan sterilizatsiya oldi tozalovi va sterilizatsiya qilish algoritmlari, tozalash turlari va ularning bosqichlari, dezinfeksiyalovchi vositalarni tanlashdagi yondashuvlar kabi mavzularni yoritish va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha yagona algoritmlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘ylaymizki bu kabi yuqori xalqaro darajada tashkil qilingan hamda bugungi kunda dolzarb ahamiyatga molik bo‘lgan konferensiyalar bundan buyon xam soha vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
03.02.2021 3729 YangiliklarТОШКЕНТ ВРАЧЛАР МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ МАЪНАВИЯТ ВА МАЪРИФАТ БУЛИМИ МЕНЕЖМЕНТ, ИЖТИМОИЙ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ФАКУЛЬТЕТИ
26.12.2020 3621 YangiliklarKLINIK ORDINATURAGA TANLOV E'LON QILADI
26.07.2021 2854 E'lonlarМурожаатга марказнинг изоҳи
27.11.2020 2511 YangiliklarШавкат Мирзиёев Кўксаройда давлат мукофотларини топширди
29.12.2020 2426 Yangiliklar