Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
«Pediatriyada innovatsion texnologiyalar» III XALQARO FORUMI
12.05.2022    13:30 219 Чоп этиш

Toshkent sh.                                                                               11.05.2022 yil

      Bola organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari, bolalar kasalliklarining kelib chiqish sabablari va ularning rivojlanish mexanizmlarini oʻrganadi; kasalliklarni aniklash, davolash va ularning oldini olish usullarini ishlab chiqadi.

Bolalarni ovqatlantirish, parvarish qilish, ba’zi bolalar kasalliklarini davolash to‘g‘risida ayrim fikr va maslaxatlar Gippokrat, Galen, Abu Ali ibn Sino va boshqa asarlarida uchrasa ham, u 19-asrning 2-yarmida mustaqil fan sifatida shakllandi.

2022 yil 11 may kuni Toshkentning «Wyndham Tashkent» mehmonxonasida «Pediatriyada innovatsion texnologiyalar» III xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqat”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va yosh bolalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi hamda bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

O‘ylaymizki, bu kabi yuqori  darajada tashkil qilingan hamda bugungi kunda dolzarb ahamiyatga molik bo‘lgan forumlar bundan buyon xam soha vakillari tomonidan amalga oshiriladi.