Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
Muzeylar oyiligi!
27.06.2022    07:39 190 Чоп этиш

Toshkent sh.                                                                  Iyun 2022 yil

 

Bugungi kunda vatanimiz tarixini o’rganishda, aholining bilimini oshirishda muzeylarning o‘rni muhim. Muzeylar tariximizni o‘rganishga, kechagi va bugungi hayotni taqqoslab, jamiyatimiz taraqqiyoti haqida to‘g‘ri xulosa chiqarishga xizmat qiladi. Muzeylar oʻziga xos ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega maskandir.

Zamonaviy ilmiy tasnifda muzeylar tur va sohalar boʻyicha farqlanadi. Yurtimizda sohalar boʻyicha tarix, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik, adabiyot, texnika va tibbiyotga oid muzeylar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shu ma’noda Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ma’naviyat kunlarini yanada qiziqarli va mazmunli o’tksazish maqsadida may oyi “Muzeylar oyligi” sifatida belgilandi

Barcha markaz fakultetlari va ularda talim oluvchilar oz sohalaridan kelib chiqqan holda Ozbekiston sogliqni saqlash muzeyiga oy davomida tashrif buyurishdi.

Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir. Shuninng uchun muzeyga qadam ranjida qilgan fakultet dekanlari, hodimlar va kursantlarga  muzeyning ekskursiya uchun mas’ul gidlari tomonidan qiziqarli va sermazmun ma’lumotlar so’zlab berildi.

Muzeydagi barcha eksponatlar tarixi, turli davrlargi tibbiyot uskunalari va anjomlari korsatib otildi.

       Markaz hodimlari va ta'lim oluvchilar nafaqat oz sohalariga oid muzeyga, balki shu bilan birga Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ham tashrif buyurishdi.

Shu bilan birga qator fakultet dekanlari, kafedra azolari va tinglovchilar tomonidan poytaxtimizda  bunyod etilgan ochiq osmon ostidagi muzeylarga, sanat muzeyiga, adiblar hiyoboniga ham tashriflar uyushtirildi.

Markazda 14 va 28 may kunlari manaviyat kunlari munosabati bilan bolib otganMuzey oyligida rejalasjtirlgan barcha tashriflar amalga oshirildi va bu soha vakillarining nafaqat hozirgi balki kelajak rejalari uchun ijobiy va ijodiy turtki boladi deb oylaymiz.