Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
E'lon
30.06.2022    06:27 281 Чоп этиш

 

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori, professor X.A.Akilovga

 

“Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi mudiri, professor D.A.Asadovdan

 

Bildirishnoma

 

Kafedraning ish rejasiga binoan xududiy sog‘liqni saqlashni boshqaruv organlari bilan xamkorlikni mustahqamlash va yangi o‘quv yiliga faoliyat yo‘nalishlarini aniqlashtirish maqsadida 2022 yil 25 iyun kuni quyidagi kun tartibi bo‘yicha 100 nafar xududiy sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari, jumladan 10 ta xudud sog‘liqni saqlashni boshqaruv organlari rahbarlari  ishtirokida videomuloqot ko‘rinishidagi taxliliy kengash o‘tkazildi.

Kun tartibi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 martdagi F-33 Farmoyishi bilan diplomdan keyingi uzluksiz kasbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar.
  2. 2022/2023 o‘quv yilida “Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash” mutaxassisligi bo‘yicha ixtisoslashtirish, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’limni islohotlariga monand hamda xududlar extiyojlarini inobatga olgan xolda yuqori samara bilan tashkillashtirish.

Ishtirokchilar tarkibi:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i.
  2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari va kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassislari.
  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saklash vazirining, viloyatlar sog‘liqni saklash boshqarmalari boshliqlarining, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarlari.
  4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saklash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassislari.
  5. Xududiy ixtisoslashtirilgan xizmat ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalarining rahbarlari.

6.Mavzuga aloqador bo‘lgan o‘zga mutaxassislar.

 

Videomuloqotda davomida 2021/2022 yil o‘quv yili davomida bajarilgan ish xajmi, xududlar xamkorlik natijalar, xududlar vakillarining Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli meyoriy xujjatlari asosida o‘tkazilgan sikllarda ishtiroki bo‘yicha prezentatsiya ko‘rinishida ma’lumot berildi. Rahbar xodimlarning o‘tkazilnan sikllarda ishtiroki darajasi asosida shakllantirilgan xududlar reytingida eng yuqori ko‘rsatkichlarga Samarqand, Andijon, Farg‘ona viloyatlari   va eng past ko‘rsatkichlarga Sirdaryo viloyati, Toshkent shahri va respublika darajasidagi muassasalar ega bo‘lishgani ko‘rsatib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 martdagi F-33 Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida tibbiyot sohasi rahbar kadrlari zaxirasini shakllantirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Jumladan, 40 kreditlik Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarga oid davlat hokimiyati oliy organlari va Sog‘liqni saklash vazirligining huquqiy-me’yoriy hujjatlari sharhi bo‘yicha maxsus sikl; sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari, davolash-profilaktika muassasalari rahbar xodimlari uchun maxsus Online Maktab  kanalini joriy etish; integratsion umumiy malaka oshirish  hamda mavzuiy malaka oshirish sikllarini tashkillashtirish mexanizmlari; rahbar lavozimga yangi tayinlangan mutaxassislarni tizimli ravishda boshqaruv asoslari bo‘yicha o‘qitish mexanizmi bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

Kun tartibining ikkinchi masalasi bo‘yicha kafedra tomonidan 2022/2023 o‘quv yiliga rejalashtirilgan ixtisoslashtirish, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’lim sikllari bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan taxlilda xududiy sog‘liqni saqlashni boshqaruv organlari rahbarlari tomonidan bir qator takliflar kiritildi.

Yuqori amaliy samara bergan “Boshqaruvchilar maktabi” tizimini qayta tiklash; alohida meyoriy xujjatlar ijrosi, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy natijalarni inobatga olgan xolda boshqaruvchilar uchun maxsus mavzuiy malaka oshirish sikllarini xududlar misolida va xududlarda o‘tkazish takliflari shular jumlasidan.

Videomuloqot bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlar boshqaruvchilarning, xududiy sog‘liqni saqlashni boshqaruv organlari kadrlar bo‘yicha mutaxassislarining Telegram guruhlariga o‘tkazib berildi.

Xududiy sog‘liqni saqlashni boshqaruv organlari 2022 yil 30 iyuniga kun tartibidagi masalalar bo‘yicha takliflarini yozma ravishda taqdim etishlarini ma’lum qildilar.

 

 

 

Kafedra mudiri, professor

 

 

D.A.Asadov

 

 

 

 

 

2022 yil 27 iyun