Maʼnaviyat va Maʼrifat boʼlimi
Terapiya fakulteti
Toshkent sh 28 yanvar
Maʼnaviyat kuni asosan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil, 19 yanvarь kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʼyicha videoselektor yigʼilishi xususida bulib, tadbirni fakultet dekani professor F.I.Xamrabaeva kirish soʼzi bilan ochib, kun tartibi xamda mexmonlar bilan tanishtirib yigʼilgan kursant- tinglovchilarga va klinik ordinatorlarga yaxshi kayfiyat tilab soʼzni Markaz Ichki nazorat va monitoring boʼlimi boshligʼi R.K.Salixodjaevaga berdi. R.K.Salixodjaeva Shifokorlarning siyosiy ongi va xukuqiy madaniyatini oshirishga karatilgan Prezident qaror, farmonlari SSV qarorlarini oʼrganish boʼyicha prezentatsion maʼruza qildi
Nobelfarm Saonat kompaniyasi Marketing boʼlimi boshligʼi Choriev Otabek Normoʼminovichning xam farmsanoatdagi yangiliklar xususidagi reklama roliklari xam mazmunli yetkazib berildi
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Xuzuridagi Katagʼon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, Shaxidlar xotirasi jamoat fondi raisi, tarix fanlari doktori, professor Xasanov Baxtiyor Vaxobovichning “Аjdodlar xotirasini yod etib” mavzusidagi prezentatsion maʼruzasida “Biz yaratayotgan yangi Oʼzbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm gʼoyasi boʼladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, – degan davlatimiz rahbarining fikrlari ilgari surilgan xamda 1937-39 yillarni oʼz ichiga olgan maʼrifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga bagʼishlangan filьm namoyishi xam baxs munozaralarga, shifokor- kursant tinglovchilarda tarixga bir nazar tariqasida mazmunli maʼruza boʼlib yigʼilganlarda katta taassurot qoldirdi.
“Covid-19 pnevmoniya profilaktikasi” mavzuidagi maʼruza bilan Markaz Pulьmonologiya va klinik allergologiya kafedrasi mudiri N.N.Ubaydullaevaning xam maʼruzasi oʼta dolzarbligi bilan baxs- munozaralarga boy boʼldi. Bugungi maʼnaviy- maʼrifiy tadbirda kursant- tinglovchilar xamda klinik ordinatorlarga maʼnaviy ozuqa yetkazildi.
Maʼnaviyat- maʼrifat boʼlimi boshligʼi: Sh.R.Maksudova
Maʼnaviyat- maʼrifat boʼlimi metodisti: А.X.Xaydarova
ТОШКЕНТ ВРАЧЛАР МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ИНСТИТУТИ МАЪНАВИЯТ ВА МАЪРИФАТ БУЛИМИ МЕНЕЖМЕНТ, ИЖТИМОИЙ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ФАКУЛЬТЕТИ
26.12.2020 4100 YangiliklarTibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
03.02.2021 4095 YangiliklarKLINIK ORDINATURAGA TANLOV E'LON QILADI
26.07.2021 3597 E'lonlarМурожаатга марказнинг изоҳи
27.11.2020 2804 YangiliklarШавкат Мирзиёев Кўксаройда давлат мукофотларини топширди
29.12.2020 2685 Yangiliklar