Ishonch telefoni:
+998 71 268-17-44
Xotira bor ekan, tirikdir millat, Tirikdir iftixor, tirikdir gʼurur.
11.05.2021    10:18 277 Чоп этиш

Xotira bor ekan, tirikdir millat,

Tirikdir iftixor, tirikdir gʼurur.

Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,

Xotira — ertani yoritguvchi nur.

 

Hatto maysaning ham xotirasi bor,

Maysa xotirasi — nurga intilmoq.

Koʼkarsa — ikkiga boʼlib tashlaydi

Yoʼlining ustida tursa hatto togʼ.

 

To quyosh osmonda porlab turarkan,

Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!

Har bir fojiaga,har bir sharafga,

Baho bermoqqa ham yolgʼiz sen haqli!

 

Xotira – ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug’. Shu man’noda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi rahbariyati,  kasaba uyushmasi qo’mitasi, fakultet dekanlari, markaz ma’muriyati va xodimlari  9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Markazda uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan faxriylarni bayram bilan muborakbod etishdi.

Oftalmologiya kafedrasining bir guruh yetakchi mutaxassislari, professor - dotsentlari ushbu kafedra mudiri professor “Oʼzbekiston qaxramoni” Xolidjon Muhammadjonovich Komilovni bayram bilan qutladilar.

UZD kafedrasi assistenti, pandemiya davrida xalq xizmati yoʼlida Zangiota TTB da faoliyat olib borgan, marhum O.Аlimardonovni xotirlab bayram munosabati bilan markaz kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovgʼa bilan marhumning oilasiga topshirildi.

Mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o`lmas qadriyatlari, bebaxo ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. O’ylaymizki markazning bu kabi an’analari hali uzoq yillar amal qiladi va Yoshi ulug’ ustozlarimiz xotirasi doim qadr-qimmatda yod olinadi.