Ишонч телефони:
+998 71 268-17-44
2023-yil 1-25 noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasining tarixida birinchi marta sodir bo’layotgan muhim ijtimoiy xodisa aholini ro’yxatga olish jarayoni bo’lib o’tadi.
12.08.2022    04:10 244 Чоп этиш

2023-yil 1-25 noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasining tarixida birinchi marta sodir bo’layotgan muhim ijtimoiy xodisa aholini ro’yxatga olish jarayoni bo’lib o’tadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11 noyabrdagi 710-son qarorining ijrosini ta’minlash maqasadida, Toshkent shahar statistika boshqarmasi tumanlarida ro’yxatga olish bo’limlari tashkil etilib, yangi hodimlar ishga qabul qilindi. Yangi qabul qilingan hodimlar Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan 3 kunlik o’quv jarayonlarini muvafaqqiyatli yakunlab o’zlarining mehnat jarayonlarini boshlashdi.

Mazkur hodimlarnig asosiy vazifalaridan biri 2022-yil 1-avgustdan 31-avgustiga qadar “aholi punktlarida turar joylar va binolar ro’yxatini tuzish hamda registratorlik uchastkasi hududining sxematik rejasiga aniqlik kiritish” hisoblanadi. Buni amalga oshirish maqsadida har bir tumanda tashkil etilgan yangi ro’yxatga olish bo’limlari, o’zlarining tumanlaridagi mavjud mahallalarning turar joylari va binolari ro’yxatini hamda aholi soniga aniqlik kiritish, bir oylik muddatga fuqarolik –huquqiy tusdagi mehnat shartnomasi asosida uy-joylar roʻyxatini tuzuvchilarni ishga qabul qilinadi.

Muddatli jalb qilinadigan registrlar aholi punkitlarida yashovchilar soni ko’rsatilgan turar joylar va binolar ro’yxatlarini tuzish hamda sxematik rejalarni joyiga chiqqan holda o’rganib, aniqlik kiritish uchun shartnoma sosida qabul qilingan, maxsus o’quvdan o’tgan va voyaga yetgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridir.

Registrlar bir oy muddatlik ishlarini boshlashdan avval 2022-yil 1-avgustdan 3- avgustiga qadar turar joylar va binolar ro’yxatini tuzish va registratorlik uchastkasining sxematik rejasiga aniqlik kiritish bo’yicha maxsus o’qitiladi va amaliy mashg’ulotlardan o’tkaziladi. 2022 yilning 4-avgustidan 31-avgustigacha joylarda uy joylar va binolarni to’liq tekshirib chiqish ishlarini amalga oshirishadi.

Asosiy aholini ro’yxatdan o’tkazish 2023-yilning 1-25 noyabr kunlari bo’lib o’tadi va bundan keyin ushbu hodisa har 10 yilda bir marta tashkil qilinisha reja qilinmoqda.

 

Shayxontoxur tuman statistika boʻlimi