Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

         Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi direktori - Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi deputati, tibbiyot fanlari doktori. professor, X.A. Akilov.

Hozirgacha markazda 650 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Diplomdan keyingi taʼlim tizimida tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash 60 ta tibbiyot mutaxassisligi boʻyicha amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, TXKMRM ilmiy platformasida 3 nafar akademik, 57 nafar professor, 124 nafar tibbiyot fanlari doktori, 68 nafardan ortiq dotsent, 155 nafar tibbiyot fanlari nomzodi faoliyat yuritmoqda.

Markaz ilmiy salohiyati bugungi kunda 68,92% ni tashkil etadi.

Markaz faxri Respublikaning yetakchi olimi, oftalmolog, professor Kamilov Xolidjon Maxamadjanovich, O'zbekiston Respublikasi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Akademiklardan A.M.Ubaydullayev, S.M. Baxramov, F.G.Nazirov. Shu bilan birga mamlakat Sogʻliqni saqlash tarixiga professor-oʻqituvchilarimizdan: D.A. Asadov, A.M. Xadjiboev, D.M. Sabirov, X.A. Akilov, A.A. Fazilov, Sh.E. Ataxanov, M.M. Asatova, M.S. Kasimova, A.A. Gʻaybullayev, B.G. G’ofurov, Sh.Sh. Shamansurov, A.N. Aripov, U.K.Kayumov, S.S.Arifov, F.I.Xamraboyeva, G.N. Rahimova, D.A. Zaretdinov va boshqalar katta hissa qoʻshmoqdalar. Bu esa hurmat va e'tirofga loyiqdir. Bugungi kunda Markaz ilmiy darajaga va salohiyatga ega yosh kadrlar bilan to‘ldirilayotgani quvonarlidir.

         Bugungi kunga qadar TXKMRMda 52 ta kafedra va 9 ta kursni birlashtirgan 5 ta: “Tibbiy-profilaktika”, “Terapiya”, “Xirurgiya”, “Pediatriya”, “Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog'liqni saqlash” fakultetlari mavjud. 2017 -yilda ikkita kafedra: “Oliy ma’lumotli hamshiralar” va “Innovatsion texnologiyalar uchun tibbiy asbob-uskunalar va muhandis kadrlar” kafedralari diplomdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hukumat qaroriga asosan tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasining yetakchi tibbiyot muassasalarida 60 dan ortiq klinik yo‘nalishlarda o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Klinik stajirovka o'qish muddati - 2 yil.

Mutaxassislik bo'yicha kurslar o'qish muddati 1,5 oydan 24 oygacha.

Malaka oshirish kurslari o'qish muddati 18 dan 144 soatgacha

Tibbiyotning turli yo'nalishlari bo'yicha amaliyot o'tiladi.

Masofaviy ta'lim o'quv maydonchasi, tele-video konferensiya, video-audio konferensiya shaklidagi sikllar ko’rinishida amalga oshiriladi.

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.

-     Katta ilmiy xodimlar instituti (doktorantura).

- Mustaqil tadqiqotchilar. Markazda Xitoy, Afg‘oniston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasidan kardiologiya, onkologiya, fizioterapiya, akupunktur, urologiya, ultratovush, akusherlik, ginekologiya va perinatal tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kursantlar tayyorlanmoqda.