Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Bo‘lim yangiliklari

 

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi  direktorati yig‘ilishi

                                                                                                       30 mart 2026 yil

 

2026 yil 30 mart kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida direktorati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Markaz Olimlar kengashi tarkibini qayta ko‘rib chiqish, Ilmiy kengash yig‘ilishlarini oyiga bir marotaba o‘tkazish, a’zolar ishtirokini ta’minlash hamda sababsiz qatnashmaganlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish masalasi muhokama qilindi. (Ma’ruzachi: Markaz direktori, prof. X.A. Akilov)

Markaz xodimlari orasida bir vaqtning o‘zida 4 va undan ortiq ish joyida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ish vaqtini tartibga solish yuzasidan takliflar bildirildi. (Ma’ruzachi: Kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.Z. Tursunboyeva)

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2026 yil 2 martdagi 75-son buyrug‘i (“Infarkt va insultga qarshi kurashish” milliy dasturi doirasida), 2026 yil 20 yanvardagi PQ-20-son qarori hamda 2026 yil 17 fevraldagi topshiriq xatlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. (Mas’ullar: Terapiya fakulteti dekani F.I. Xamrabaeva, Registrator ofisi va xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i L.U. Yo‘ldasheva)

Markaz xodimlarini 2026 yil aprel oyidan boshlab 5 kunlik ish tartibiga o‘tkazish munosabati bilan zarur huquqiy-normativ hujjatlarni ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqildi. (Mas’ul: yurist-konsult R.N. Karimov)

Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonida belgilangan indikatorlar ijrosi muhokama qilindi. (Ma’ruzachi: Ta’lim dasturlari va normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i G.Sh. Artikxodjayeva)

Markazda ilmiy-pedagogik (metodik) kengash faoliyati va uning samaradorligi yuzasidan ma’lumot berildi. (Ma’ruzachi: Tibbiy profilaktika fakulteti dekani G.T. Iskandarova)

Yig‘ilish davomida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi va ijro nazoratga olindi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                          M.B.Mustafoyeva