Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Xronologiya

TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

“Tinchlik va sog‘liq – bu har bir inson, butun xalqimiz uchun hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan buyuk ne’matdir”

Sh.M.Mirziyoyev

1926

Dastlabki qadamlar

May oyida sog‘liqni saqlash xalq komissarligi va viloyat bo‘limlari xodimlari s’ezdi chaqirildi. Unda bezgak kasalligiga qarshi kurash va epidemiologik kasalliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi.

O‘sha paytgacha mavjud bo‘lgan Moskva, Leningrad va Qozon shahridagi shifokorlarning malakasini oshirish institutlariga kam sonli shifokorlar yuborilgan. Har bir o‘qish muddati 15-30 kun davom etgan. Eng muhimi u yerda kasalliklarning xududiy xususiyatlari o‘rganilmagan.

O‘rta Osiyo respublikalari shifokorlarining malakasini oshirishga bo‘lgan ehtiyoji ortib borishi tufayli respublikaning o‘zida vrachlar malakasini oshirishni tashkil qilish dolzarb va maqsadga muvofiq deb topilgan.

1930-yillar boshlari

Markaziy Osiyo instituti

O‘tgan asrning 1930-yillari boshlarida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyoda shifokorlar malakasini oshirish va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tuzilmasini tashkil etish zarurati tug‘ildi.

Buning natijasida Markaziy Osiyo shifokorlar malakasini oshirish instituti tashkil etildi.

1932

Institutning rasmiy tashkil topishi

O‘rta Osiyo Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumining 1932 yil 22 iyundagi 459-son buyrug‘iga asosan O‘rta Osiyo vrachlar malakasini oshirish instituti (keyinchalik Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, hozirda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi) tashkil etilgan.

Ta’limning birinchi yilida kafedralarning faoliyatini shakllantirish va moddiy texnik bazasini yaratish, o‘quv va ilmiy ishlarni rejalashtirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi.

1933

Birinchi tinglovchilar va natijalar

1933 yilda diplomdan so‘nggi tayyorlash mavjud 6 ta kafedrada boshlandi. Shu yili institutda birinchi bo‘lib 84 nafar shifokor-tinglovchi kerakli mutaxassislik bo‘yicha malaka oshirdi.

Yil sayin yangi kafedralar ochilib, tinglovchilar soni ortib bordi.

1933 yildan 1940 yilgacha institutda jami 1 330 nafar shifokor malakasini oshirdi.

1933 yil boshlanishi Dastlabki yillar
1936

Fundamental kutubxona tashkil etildi

Institutning fundamental kutubxonasi tashkil topgan bo‘lib, ilmiy, o‘quv tarbiyaviy va axborot-resurs manbai hisoblanadi.

U barcha tinglovchi shifokorlar va ilmiy xodimlarni zaruriy kitoblar, xorijiy va mumtoz tibbiyot adabiyotlari bilan ta’minlaydi.

Hozirgi kunda kutubxonadagi ilmiy, o‘quv darsliklari, ijtimoiy-siyosiy va badiiy kitoblar zahirasi 140 000 nusxadan ortadi.

1941–1945

Ulu g‘ Vatan urushi yillari

Institut jamoasi o‘z faoliyatini davr talabiga mos ravishda qaratdi. Tibbiyot xodimlarini tayyorlash 5,5 marotabaga ko‘paydi.

Front va evokogospitallar ehtiyoji uchun 4585 nafar shifokor tayyorlandi. Institut xodimlaridan 24 nafari bevosita Ulu g‘ Vatan urushi qatnashchilari hisoblanadi.

II Jahon Urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari

Urush qatnashchilari Mehnat faxriylari Faxriylar Urush davri Qatnashchilar Faxriylar surati Urush ishtirokchilari Mehnat faxriylari
Urushdan keyin

Urushdan keyingi yuksalish

Institut uchun urushdan keyingi davr bir muncha yo‘qotishlarga qaramasdan, ilmiy-texnik jihatdan yuksalishga imkon berdi.

Birin-ketin yangi fakultetlar tashkil qilindi, 5 ta kafedra joriy qilinib, yangi mutaxassisliklar bo‘yicha malaka oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Markazdan institut uchun yangi bino qurishga ruxsat olinib, uning poydevori qurdirildi.

1982

Yuqori davlat mukofoti

95 yil ichida ToshVMOI zimmamizga tushgan ulkan tarixiy missiyani muvaffaqiyatli ado etdi.

1982 yil 19 avgustda “Mehnat Qizil Bayroq” ordeni bilan mukofotlandi.

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»da: «Institut Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining oliy tibbiy mutaxassislar tayyorlaydigan bazasi hisoblanadi» deb yozilgan.

Orden va faxriylar
1960–1981

O‘sish sur’atlari

1960 yili — 1024 shifokor

1965 yili — 2211 shifokor

1975 yili — 3031 shifokor

1981 yili — 5000 shifokor tayyorlandi.

1932–2017

Rektorlar ro‘yxati

Institut tashkil etilgan 1932 yildan 2017 yilgacha 11 kishi rektorlik lavozimida faoliyat yuritgan:

  • 1932–1938 — Moisey Ilich Slonim
  • 1938–1941 — Igron Samuil Markovich
  • 1942–1945 — Vidutskiy Moisey Yakovlevich
  • 1946–1953 — Jo‘ra Saidovich Po‘latov
  • 1953–1957 — Mahamat Bobojonovich Sultonov
  • 1957–1960 — Ziyad Aminovich Dolimov
  • 1960–1963 — Mannap Atamatovich Mirzamuhamedov
  • 1963–1979 — Hamidulla Husanovich Husanov
  • 1979–1984 — Qayum Sobirovich Zoirov
  • 1984–1997 — Abdumannon Rahmanovich Rahimjonov
  • 1997–2017 — Jo‘raboy Ma’rifboyevich Sobirov
  • 2017 – hozirgi kungacha — Akilo Xabibulla Ataullayevich
Rektorlar Tarixiy suratlar Institut binosi Faxriylar
1963–2018

Yangi kafedralar va tashabbuslar

1963 yili Zoirov Qayum Sobirovich tashabbusi bilan Umumiy gigiyena kafedrasi tashkil topdi.

1977 yil 18 avgust — Klinik pulmonologiya kafedrasi tashkil etildi.

1989 yil — Sobirov Djo‘raboy Marifbayevich tashabbusi bilan “Shoshilinch va tez tibbiy yordam” kafedrasi tashkil etildi.

1992 yil — Anesteziologiya va reanimatsiya hamda shoshilinch kafedralari birlashtirildi.

1991 yil — Mehmonxona tipidagi “Shifokor” yotoqxonasi foydalanishga topshirildi (703 o‘rin, 12 877 m²).

1997 yil aprel — Sobirov Djo‘raboy Marifbayevich rektor etib tayinlandi.

2017 yil mart — Akilov Xabibulla Ataullayevich rektor lavozimiga tayinlandi.

2015 yil — “Xirurgiya-1” va “Klinik farmakologiya” kafedralari tashkil etildi.

2017 yil — Menejment fakulteti, “Oliy ma’lumotli hamshiralar” va “Innovatsion texnologiyalar uchun tibbiy asbob-uskunalar” kafedralari ochildi.

2018 yil — Neyroxirurgiya kafedrasi tashkil etildi.

2020

Yangi nom va yangi tizim

7 aprel 2020 yil — Prezidentning PQ-4666-son qarori bilan institut “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi” etib qayta tashkil etildi.

1-son Respublika klinik shifoxonasi negizida Ko‘p tarmoqli klinika tashkil etildi – bu klinik fanlarni o‘qitishning asosiy bazasi bo‘lib xizmat qiladi.

Hozirgi kun

Bugungi zamonaviy markaz

Bugungi kunda Markazda 5 ta hududiy filial (Navoiy, Namangan, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari), 5 ta fakultet, 54 ta kafedra va 4 ta kurs mavjud.

435 nafar xodim: 4 akademik, 153 fan doktori/professor, 166 fan nomzodi/dotsent, ilmiy salohiyat 77,1%.

Masofaviy ta’lim (Moodle, tele-videokonferensiya), elektron dekanat, onlayn test, virtual kutubxona, simulyatsion markaz (12 xona, yuqori sifatli robot-simulyatorlar).

Uzluksiz kasbiy ta’lim portali 2023 yilda ishga tushirildi.

3 ta jurnal nashr etilmoqda: “Salomat bo‘ling”, “Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar”, “O‘zbek Tibbiyot Ilmi va Ta’limi Jurnali”[](https://ujmse.uz).

Xalqaro hamkorlik: Hindiston, Xitoy, Rossiya, Koreya, Turkiya, Germaniya, Fransiya, AQSh bilan 18 ta memorandum imzolandi.

Markaz ECAQA tomonidan xalqaro institutsional akkreditatsiyadan o‘tdi.

Simulyatsion markaz Jurnallar Xalqaro hamkorlik Ingliz tili kursi Akkreditatsiya sertifikati Hozirgi markaz