Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Konstitutsiya meniki, seniki, barchamizniki!

07 Apr 2023

"O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi qonun loyixasi bo‘yicha 2023 yil 30 aprel kunida o‘tkaziladigan referendumga tayyorgarlik ko‘rishda ko‘maklashish, aholi salomatligini muxofaza qilish borasida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotlarni yetkazish xamda bu jarayonda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori, t.f.d., professor Xabibulla Ataullaevich Akilov, markaz filiallari direktorlari, kafedra professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyatining barcha xududlarida faol ishtirok etishmokda.

Hususan, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi "Gematologiya va transfuziologiya" kafedrasi mudiri xamda assistent o‘qituvchilar Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida, "Pulmonologiya" kafedrasi mudiri xamda assistent o‘qituvchilar Toshkent viloyati Toshkent tumanida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotlarni  soha vakillariga yetkazishdi.