
TIBBIYoT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI
Toshkent sh. 14 aprel 2023 yil
“Ota” kitobining taqdimoti!
2023 yil 14 aprel kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazida “Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash” fakultetining professor-o‘qituvchilari, kursant tinglovchilari, klinik ordinatorlari ishtirokida fakultet “Jamoat salomatligi va Sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi mudiri, Ustoz, professor Damin Abduraximovich Asadov hayot yo‘llariga bag‘ishlab yozilgan “OTA” romani taqvdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni “Uzluksiz ta’lim sifatini baxolash va monitoring qilish” bo‘limi boshlig‘i, dotsent R.K.Salixodjaeva kirish so‘zi bilan ochib berdi va Markaz “Jamoat salomatligi va Sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi mudiri, Ustoz, professor Damin Abduraximovich xaqida o‘z fikr mulohazalari, taassurotlarini bildirdi.
Markaz “Jamoat salomatligi va Sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi mudiri, “Ustoz, professor Damin Abduraximovich hayot yo‘llariga bir nazar” deb nomlangan videorolik namoyishi ishtirokchilar qalbidan chuqur joy egalladi.
Tadbirning asosiy qismi - iste’fodagi polkovnik Safarali Bekovning “OTA” romanining taqdimoti, undagi personajlarning barchasi Markazda uzoq yillardan beri fidokorona mehnat qilayotgan ustoz olimlarimiz ekanligi haqidagi qiziqarli faktlar tadbirga tashrif buyurganlar uchun yangilik bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni soxibi, ko‘plab hikoya va romanlar muallifi Shoyim Bo‘taev, Qashqadaryo viloyati vrachlar uyushmasi raisi, “Turon FA” akademigi Qodirov Xoliyor Xolmatovichlar so‘zga chiqib, “Ota” kitobini o‘qib olgan taassurotlari, ustoz D.A.Asadov shaxsiyati haqida iliq fikrlarini bildirib, o‘zining “Umr yo‘llarida topgan jonlarim” asaridan namunalar keltirib, kitobning birinchi nusxasini professor D.A.Asadovga taыdim qilgani tadbirga o‘zgacha bir shukuh bahsh etdi.
Shu bilan birga tibbiyot soxasi vakili, xavaskor shoir, SSV Farmasevtika sohasini tartibga solish va dori vositalari extiyojlarini aniqlash boshqarmasi boshlig‘i Otabek Normuminovich Choriev ijodidan namunalar o‘qib eshshitirildi.
Kechaning badiiy qismida Mudofaa vazirligi ashula va raqs ansambli solistlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona kayfiyat ulashdi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: Sh.R.Maksudova
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti: A.X.Xaydarova